• VII. Korrupsion holatlar 7.1.
  • VI. Shartnomaning bajarilishi, o‘zgartirilishi va bekor qilinishi




    Download 24,28 Kb.
    bet6/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi24,28 Kb.
    #233734
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Oddiy korxonalarga

    VI. Shartnomaning bajarilishi, o‘zgartirilishi va bekor qilinishi


    6.1. Shartnomaning shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilishi kerak. Tomonlar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlagan taqdirda, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
    6.2. Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki mazkur shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
    Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
    a) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
    b) Fuqarolik Kodeksi, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda.
    Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
    Bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi.
    6.3. Shartnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar faqat yozma ravishda tuzilgan va Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.
    6.4. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomaga kiritilgan barcha o‘zgarish va qo‘shimchalar ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
    6.5. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish sanasi hisob-fakturani taqdim etish sanasi va yetkazib berilgan pochta jo‘natmalarning haqiqiy hajmlari to‘g‘risidagi tegishli oylik solishtirish dalolatnomalarini imzolash sanasi hisoblanadi.


    VII. Korrupsion holatlar


    7.1. “Buyurtmachi” ham, uning xodimlari yoki vakillari ham “Bajaruvchi”ning biron bir xodimi yoki vakiliga sovg‘alar va boshqa ko‘ngilochar narsalar, mukofotlar yoki chegirmalar bermaydi (qabul

    qilmaydi). Bundan tashqari, na “Buyurtmachi”, na uning xodimlari, vakili ushbu Shartnoma bo‘yicha “Bajaruvchi”ning vakili bo‘lish vakolatiga ega bo‘lmagan har qanday xodimi


    bilan, “Bajaruvchi” ham “Byurtmachi”ning vakili bo‘lish vakolatiga ega bo‘lmagan har qanday
    xodimi bilan taraflar bir-birini oldindan yozma ravishda xabardor qilmasdan hech qanday Mazkur shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuzmaydilar.



    Download 24,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 24,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VI. Shartnomaning bajarilishi, o‘zgartirilishi va bekor qilinishi

    Download 24,28 Kb.