|
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar: 1-Mustaqil ta’lim: Berilgan mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash
|
bet | 1/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 134 Kb. | | #231769 |
Bog'liq Akademik yozuv mustaqil ta\'lim
1-2-3- Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar:
1-Mustaqil ta’lim: Berilgan mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash:
1-topshiriq.
Gulobod tongi — Xalq deputatlari Samarqand tuman kengashi va tuman hokimligi gazetasi. Gazeta 1957-yil noyabrdan „Samarqand haqiqati“ nomi bilan chiqa boshlagan. Keyinchalik 1962-yil avgust oyidan „Sharq tongi“, 2004-yil may oyidan „Gulobod tongi“ nomi bilan chop etila boshlagan.
Bulung‘ur hayoti — Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashi va tuman hokimligi gazetasi. Gazata 1931-yil 5-dekabran „Kolxozchilar bayrogʻi“ nashr etila boshlagan. 1933-yildan „Kolxoz haqiqati“, 1962-yildan „Kommunist“ nomi bilan chiqarilgan. 1991-yil oktabr oyidan Xalq deputatlari Bulungʻur tumani kengashi qaroriga koʻra, „Bulungʻur hayoti“ nomi bilan chop etiladi.
Xalq soʻzi- (ruscha: Народное слово) — ommaviy ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Bosh muharriri Oʻtkir Rahmatovich Rahmatov. Adadi 34000 (2004).
1991-yil 1-yanvardan chiqa boshlagan. Haftada 5 marta, oʻzbek va rus tillarida chop etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning organlari, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini, mamlakatimizda va xorijda roʻy berayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy jarayonlarni xolis va begʻaraz yoritish tahririyatning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ishonch — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi davriy nashri. Gazeta 1991-yil 21-mart kuni ilk bor nashr etilgan. 2018-yildan buyon barcha sahifalari rangli chop etib kelinmoqda. Birinchi muharriri — Toʻlqin Qozoqboyev. Ishonch 2019-yil 3-may „Oltin qalam“ milliy mukofoti matbuot yoʻnalishi gʻolibi. 2023-yil hisobida gazetaning 31576 nafar pullik obunachilari mavjud.
Gazeta mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va maʼrifiy hayotini yoritib boradi. Ishonch 2018-yilda Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra Oʻzbekistonda eng koʻp oʻqiladigan gazetalar 5 taligidan joy olgan. Shuningdek, shu kunga qadar gazetada chop etilgan tanqidiy maqolalar sababli koʻplab muommolarga yechim topilgan.
Osiyo — jadidlar gazetasi. 1908-yil 9-apreldan Toshkent shahrida A. Bektemirov muharrirligida nashr etilgan. "Xurshid", "Shuhrat" gazetalari ishini davom ettirib, maorif sohasidagi islohotlar, dunyoviy ilmlarni oʻrganish zarurligi, maʼnaviy va iqtisodiy masala-muammolar toʻgʻrisida yozilgan maqolalar va sheʼrlarga keng oʻrin ajratgan. A. Ibrohimov, Munavvarqori, A. Avloniy va boshqa jadid adiblarining makrlalari eʼlon qilingan. Jami 5 soni chiqqach, chor mustamlakachi maʼmurlari tomonidan yopilgan.
Bolajon- Bolalar uchun Aqlvoy telekanali tashkil etiladi
Hukumat qarori bilan ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy Aqlvoy telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi. Telekanal o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.
|
| |