|
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar: 1-Mustaqil ta’lim: Berilgan mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash
|
bet | 7/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 134 Kb. | | #231769 |
Bog'liq Akademik yozuv mustaqil ta\'lim7.Web saytlarni buzish.
Misol uchun, kutubxona saytlarini ishdan chiqarish.
Asosiy faktni unitmasligimiz kerak- buzib bo‘lmaydigan tizimning o‘zi yo‘q. Gap qancha vaqt ketishiga bog‘liq, xolos. Shuning uchun biz himoyani shunday tashkil etishimiz kerakki, uni chetlab o‘tish juda uzoq vaqtni egallasin. Ushbu tashkiliy ishlar esa bizning saytimizga hujum qilish shunchaki foydasiz ekanligini anglatadi.Qo`shincha ravishda sayt tizimi aynan bir vaqtta emas balki tez-tez turli vqatlarda o`z himoya tizimini yangilash va kodlarni humoyalashga etibor berishimiz kerak.
Odatda buzish algoritmi quydagi ko‘rinishlarga ega:
1) buzg‘unchilikni barcha ma‘lum usullarini qo‘llash;
2) qo‘pol kuch ishlatish;
3) o‘z instrumentini ishlab chiqish;
Saytlarni buzishdan asosiy maqsad shundaki: deylik, xaker istalgan foydalanuvchinig akkauntidan saytga kirish huquqiga ega bo‘lmoqchi.
Shu vaziyatda o‘rinli savol tug‘iladi. Biz kiber hujumlarning nima ekanligi haqida tanishdik va ma‘lumotga ega bo‘ldik. Endilikda shu manbalarga rioya qilmasak nima bo‘ladi?
Javob: Agarda rioya qilmasak quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘tarilaveradi.
a)bank zararli ta‘minot dasturlari hujumiga uchragan foydalanuvchilar:
Ekvador — 0,03 %; Boliviya — 0,05 %; Daniya, Irlandiya va Panama — 0,10 %.
b)internet orqali kamida bitta zararli dastur hujumiga uchragan foydalanuvchilar:
Gaiti — 0,48 %; Daniya — 1,33 %; Irlandiya — 1,35 %.
d)veb-manbalar orqali hujumga uchragan mobil foydalanuvchilar:
Gaiti va Tojikiston — 0,03 %; Rossiya va Xitoy — 0,04 %; Armaniston — 0,05 %.
e)zararli pochta jo ‘natmalari nishonga olingan mamlakatlar:
Tojikiston, Norvegiya va Finlyandiya — 0,01 %; Gaiti va Qirg‘iziston — 0,02 %; Gruziya — 0,04 %.
Saytlar soni borgan sari ortib bormoqda, har bir inson o‘z saytiga ega bo‘lish uchun harakat qilmoqda, ammo, sifatli saytlar soni juda sekinlik bilan ortib boryapti. Ha sekinlik bilan, chunki hozirgi kunda sayt yaratilib, keyinchalik saytni tashlab ketish odat tusiga kirdi(domen va xost vaqti tugaydi, qarabsizki sayt yopildi).
Misol tariqasida 2017-yil 7-fevral kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Cyber Security forumida kiber jinoyatlar olamida bugun eng ko‘p tarqalgan uchta hujum qayd etildi. Ekspertlarning fikricha, fishing orqali ma‘lumotlarni o‘g‘irlash, maxfiy maqsadga ega mobil ilovalar orqali elektron qurilmalarga kirib borish va aloqaning himoya qilinmagan kanallarini tomosha qilish orqali bugun ko‘pchilik internet foydalanuvchilari kiber jinoyatchilarning qurboniga aylanmoqda.
Global kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha 194 mamlakatni o‘z ichiga olgan 2020-yil reytingida O‘zbekiston 70-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston mazkur yo‘nalishlar ichida huquqiy choralar bo‘yicha 19.27 ball, hamkorlik bo‘yicha 13.56 ball, salohiyatni rivojlantirishda 15.68 ball, tashkiliy choralar bo‘yicha 10.05 ball hamda texnik choralar bo‘yicha 12.56 balni qo‘lga kiritgan. Shu tariqa mamlakat jami 71.11 ball olgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida kiberxavfsizlik bo‘yicha Qozog‘iston 31-o‘rin, Qirg‘iziston 92-o‘rin, Tojikiston 138-o‘rin, Turkmaniston 144-o‘rinni qayd etgan.
Ko‘pincha biz ijtimoiy tarmoqlarda duch keladigan “Necha yil umr ko‘rasiz”, “AQSh prezidenti siz haqingizda nima deydi” va “Qaysi Gollivud aktyoriga o‘xshaysiz” kabi xizmatlar aslida fishing bo‘lib, siz ulardan foydalanish chog‘ida ularning shartiga rozi bo‘lib qolasiz va o‘zingiz istamagan holda shaxsiy ma‘lumotlarni ularga hadya qilib qolyapsiz. Biz o‘rgangan manbaalardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, agar har bir internet foydalanuvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar kiber olamda ham hayotdagi kabi ehtiyotkorlikni unutmasalar, aksariyat kiber jinoyatlarning oldi olingan bo‘lar edi.
|
| |