• 3-Mustaqil ta’lim. Ilmiy maqola tayyorlash. INFORMATSION TAHDID-KIBER HUJUM VA HIMOYA Akramov Shoxruxbek Yorqinjon o‘g‘li
  • Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar: 1-Mustaqil ta’lim: Berilgan mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash




    Download 134 Kb.
    bet5/8
    Sana14.05.2024
    Hajmi134 Kb.
    #231769
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Akademik yozuv mustaqil ta\'lim

    2-Mustaqil ta’lim: Taqriz yozish.
    Amir Temurning “Temur Tuzuklari “ asariga
    taqriz.

    mur


    Ushbu asarda sohibqiron Amir Temurning butun hayoti davomidagi bilimlari, g`alabalari, yurutgan siyosati, jang uslublari ,strategiyalari va shunga o`xshashlari haqida yozilgan .Asar Amir Temur tomonidan yozilgan bo`lib bu asarni butun umri davomidan yozib borilgan.Asarning boshida” O'zga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g'anim lashkarlarini sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni (ko'nglini ovlab) do'stga aylantirish, do'st- dushman orasida muomala, murosayu madora qilish xususida ushbu kengash va tadbirlarni qoʻlladim.” Deb yozilgan.Bu asar kitoblarni sevib o`quvchilar uchun juda mos hisoblanadi . Asar umumiy 2 ta kitobdan iborat


    3-Mustaqil ta’lim. Ilmiy maqola tayyorlash.


    INFORMATSION TAHDID-KIBER HUJUM VA HIMOYA
    Akramov Shoxruxbek Yorqinjon o‘g‘li
    Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Farg‘ona filiali axborot xavfsizligi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.
    Annotatsiya: Kiber jinoyat va kiber hujumlar, ommaviy axborot vositalaridan foydalanuvchi jamiyatga xavf solayotgan muommolardan biridir. Ushbu maqola kiber hujumlarga asoslangan ma’lumotlarning bir necha qismlarini o‘z ichiga oladi. Kiber hujum nimaligi va uning qanday turlari borlig kabi savollar keng miqyosda yoritib berilgan.Kiber xavfsizlikni ta’aminlash usulari haqida ham ma’lumot beradi. Maqola ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar, kiber hujumlar va qanday himoyalanish haqida ma’lumot olmoqchi bo‘lganlar uchun.
    Kalit so‘zlar: Kiber hujum, kiber jinoyat, zararli dasturlar, ijtimoiy tarmoq, romsomware, firibgarlik, ma‘lumotlarga tahdid, saytlar,bot,kodlar.
    Sun’iy intellektga asoslangan g‘oyalar ilgari surilayotgan ayni globallashuv davrida, butun jahon hamjamiyatida kiber jinoiy huquqbuzarliklar yetakchi muammolardan biriga aylanmoqda. Xalqaro miqyosdagi hukumatlar ham, nodavlat subyektlar ham kiber jinoyatlar, jumladan, josuslik, moliyaviy o‘g‘irlik va boshqa tarmoq fishinglari bilan shug‘ullanishlari bejizga emas. Aslida kiber jinoyat bu- kompyuter tarmoqlarining birgalikdagi aloqasi ostida sodir etiluvchi hujum. Kompyuter jinoyat paytida maqsadli yo‘naltirilgan qurol vazifasini bajarib beradi. Kiber jinoyat kimningdir xavfsizligi va moliyaviy saviyasiga zarar yetkazish maqsadida sodir etiladi. Tanganing ikki tarafi bo‘lgani kabi hamisha yaxshi va yomon jihatlari bor. Har birimiz ishlatayotgan kompyuter, telefon va boshqalardan foydalanish bilan birga ularning xavfsizligini ta’minlashimiz kerak. Chunki hozirgi vaqtda tajovuzkorlar ijtimoiy muhandislik usullaridan faol foydalanadilar. Yangi texnologiyalar olamida yangicha atamalar bilan ham tanish bo‘lishimiz zarur. Ulardan biri “kiberhujum” va “kiberterrorizm”. Kiberhujum ko‘p hollarda siyosiy sabablarga ko‘ra bo‘ladi. Kiberterrorizm esa qo‘rquvni keltirib chiqarish uchun elektron tizimlarni buzishga qaratilgan, ya’ni kiber jinoyatlarni ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda, hatto har bir odamning telefon raqamlariga sms yuborilib ham sodir etilayotganini guvohi bo‘layapmiz. Biz aslida nimalardan ogoh bo‘lishimiz kerak? Biz ogoh bo‘lishimiz kerak bo‘lgan kiber tahdidlardan biri bu zararli dastur. Zararli dastur bu- kiberjinoyatchi yoki hakerlarning qonuniy foydalanuvchilar kompyuterini buzish yoki shikastlash uchun yaratilgan dasturiy ta’minotdir.
    Dunyo mamlakatlari bilan teng qatorda insonlarni kiber hujumlardan himoya va bir qancha samarali qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Yangi O‘zbekistonning 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida O‘zbekistonda 2023-2026 yillarga mo‘ljallanilgan O‘zbekiston Respublikasining kiber xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqishi nazarda tutilgan. Strategiyaga ko‘ra axborot maydonidagi kiber hujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Misol uchun 1994-yil 22-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida ham shaxsga nisbatan jinoyat sodir etilgani u moddiy, ma’naviy ko‘rinishda yetkazilgan zarari yoki shaxsga nisbatan xavfli harakatlarni vujudga keltirgan shaxslarga jinoyat kodeksi bo‘yicha jazo tayinlanadi.
    Kiber jinoyatlarning turli xil ko‘rinishlarini ko‘rib chiqamiz:

    Download 134 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 134 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar: 1-Mustaqil ta’lim: Berilgan mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash

    Download 134 Kb.