• . Кому
  • Elektron pochta xizmati Reja: Elektron pochtadan foydalanish e mail adres formati Elektron pochta programmasi bilan ishlash Xat yozish va junatish tartibi




    Download 0.92 Mb.
    Sana20.11.2023
    Hajmi0.92 Mb.
    #101698
    Bog'liq
    58-mavzu elektron-pochta-xizmati-1
    SHAXBOZ, Чорвачиликни моделлаштириш, dars ishlanma Bahora 2, Excel dasturidagi 201 mohirlik Tayyori 36- bet, 36-mavzu, 37-mavzu, 2-mavzu Ta\'lim texnologiyasi, 2-mavzu, 30-mavzu, 31-mavzu, 39-mavzu ta\'lim texnologiyasi, 40-Mavzu Konturlarni hosil qilish va tahrirlas, 02, 3.84.01.10-Ot ochiruvchi-qutqaruvchi csqyYnj, 37-mavzu glossariy

    Elektron pochta xizmati Reja: 1.Elektron pochtadan foydalanish 2.E - mail adres formati 3.Elektron pochta programmasi bilan ishlash 4.Xat yozish va junatish tartibi

    Internet elektron pochta xizmatiga ega. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus dastur bulib, uning yordamida Siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga turli xat, xujjat, va umuman ixtiyoriy faylni junatishingiz va olishingiz mumkin. Eng asosiysi ma'lumot bir necha dakikada etib boradi. Lekin undan foydalanish uchun Siz maxsus pochta tarmogi yoki Internet tarmogiga boglangan bulishingiz zarur va elektron adresga ega bulishingiz kerak. Elektron adresni provayder ochadi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ulardan foydalanib, uzingizga elektron adres ochishingiz mumkin. Bu - www.hotmail.com, www.usa.net, www.yahoo.com. Bu saxifalarga kirib anketa savollariga javob berib, adres ochishingiz mumkin. Elektron adres odatda e-mail deb ko’rsatiladi. Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni yuborayotganday, uning kimga, qaerga va o’zingizning elektron adresingizni yozib yuborasiz. Siz xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so’ng u elektron pochta kutisiga tushadi, xat kursatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi. Ya'ni har bir foydalanuvchi o’zining pochta qutisiga ega. Umumiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo’natiladi.

    3. Elektron pochta dastursi bilan ishlash Outlook Express dastursi bilan tanishamiz. Bu dastur bilan ishlash juda oson va kulay. Dasturni ishga tushirish uchun dastur. belgisida sichqoncha tugmachasini 2 marta chertasiz va ekranda quyidagi darcha hosil bo’ladi Darchaning yuqori qismida menyu komandalari keltiriladi. Keyingi satrda asboblar paneli tugmachalari joylashgan. Elektron pochta bilan ishlashda asboblar paneli tugmachalaridan foydalanish juda qulay. Shuning uchun quyida asosiy tugmachalarning tafsifini keltiramiz.

    Do’stingizga xat yozish uchun Создат сообщение tugmachada sichqonchani cherting. Natijada ekranda quyidagi darcha рosil bo’ladi. Кому maydonida do’stingiz elektron adresi yoziladi. Masalan, saida@hotmail.com. Копия maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslari keltiriladi. Тема maydonida xatning mavzusini ko’rsating. Masalan, "taklif". Pastki darchada xat yoziladi.

    "Hurmatli Saidaxon, Sizni institutimizda 5 yanvar soat 15.00 da o’tkaziladigan konferensiyaga taklif etamiz. Manzil.: Mustaqillik ko’chasi,225. Ehtirom ila AT va MM kafedrasi". Xatni tugri yozganingizni quyidagi rasm yordamida tekshirib ko’ring:

    Endi xatni egasiga yuborish uchun quyidagilarni bajaring. 1. Отправить tugmachasini sichkoncha yordamida cherting. 2. Xatning Исходящие jildiga tushganligini tekshiring. 3. Доставить pochtu tugmachasini bosing. 4. Xatning Исходящие jildidan Отправленные jildiga tushganligini tekshiring.

    5. Xatlarni o’qish Sizga kelgan xatlarni ko’rish va o’qish uchun quyidagilarni bajaring. 1. Доставить почту tugmachasini bosing. 2. Входящие jildini oching. 3. O’qilmagan xatlar ro’yxatda tim qora rangda ko’rsatiladi. 4. Xatni tanlab, sichqoncha tugmachasini chertsanigiz, xat mazmuni darchada hosil bo’ladi. 5. Agar muallifga javob yubormoqchi bo’lsangiz, Ответить автору tugmachasini bosish kerak. 6. Ekranda muallif manzili ko’rsatilgan darcha hosil bo’ladi. 7. Javobni yozing va xatni odatdagidek yuboring.

    6. Xujjatlarni jo’natish tartibi Biror xujjatni yoki grafik, audio va videoli faylni xatga ilova qilishingiz mumkin. Odatda hisobotlar, turli xujjatlar, rasm, yoki shunga o’xshash ma'lumotlar ilova yordamida jo’natiladi. Xujjatlarni tayyorlangan formatida jo’natgan ma'qul. Masalan, Word yoki Excelda ishlangan. Rasm, multimedia, audio yoki videoni ham o’z formatida yuborish zarur. Lekin bu fayllarning xajmi kattaligini hisobga olib ularni jo’natishdan avval arxivator dasturlar yordamida kichraytirish zарур.

    Buning uchun quyidagilarni bajaring. 1. Xatda ilovaga izoh keltirishingiz mumkin. 2. So’ng tugmachasini bosing. 3. Ekrandagi darchadan xujjat joylashgan fayl nomini tanlang va Вложить tugmachasini bosing. 4. Xatni odatdagidek jo’nating. 5. Отправленные jildini ochsangiz, yuborgan xatingiz yonida ilova belgisini ko’rasiz. 7. Ilovali xatni o’qish Ilovali xatni ochish tartibi quyidagicha. 1. Xatni odatdagidek oching. 2. Xatning o’ng yuqori qismida ilova belgisini sichqoncha tugmachasi bilan cherting. 3. Natijada ilova qilingan fayl ekranda hosil bo’ladi.

    Adabiyotlar ro’yxati: Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. “Ўзбекистон”, 1992 Каримов И.А. Ислоҳотларни амалга оширишда қатъиятли бўлайлик. “Ўзбекистон”, 1996 «Иқтисодий информатика» С.С.Ғуломов ва бошқалар С.С.Ғуломовнинг умумий тахрири остида.-Т.: «Шарқ», 1999.- 546 б “Ахборот тизимлари ва технологиялари”: Олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик//Муаллифлар жамоаси: С.С.Ғуломов, Р.Х.Алимов, Х.С.Лутфуллаев ва бошк./; С.С.Ғуломовнинг умумий тахрири остида.-Т.: «Шарқ», 2000.- 592 б. Аюпов Р.Х., Исмоилов С.И., Аюпов Х.Р. Хусусий компьютерларда ишлаш. “Microsoft Word 2000 матн муҳаррири”. – Т.: ТМИ, 2002. 124 бет Марахимов А.Р., Раҳмонқулова С.И. “Интернет ва ундан фойдаланиш асослари.“ Ўқув қўлланма.-Т.:Тошкент давлат техника университети нашриёти, 2001.–176 б. Ғуломов С.С. ва бошқалар. Ахборот тизимлари ва технологиялари – Т.: «Шарқ», 2000 Арипов М.М, Мухаммадиев Ж..У “Информатика ва информацион технологиялар”. Ўқув қулланма. Тошкент шахри, 2005 йил. Макарова “ Информатика “ Тошкент ш 2005 йил. Эрматов Ш “Шахсий компьютерларнинг операцион тизимлари,курилмалари ва воситалари”. Тошкент 2007 йил.


    Download 0.92 Mb.




    Download 0.92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron pochta xizmati Reja: Elektron pochtadan foydalanish e mail adres formati Elektron pochta programmasi bilan ishlash Xat yozish va junatish tartibi

    Download 0.92 Mb.