|
Fan/modul kodi fiz1210 O’quv yili
|
bet | 1/10 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #124235 |
Bog'liq 60712300 FAN DASTURI (5)
Fan/modul kodi
FIZ1210
|
O’quv yili
2023-2024
|
Semestr
1,2
|
Kreditlar
10
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
10
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Fizika
|
150
|
150
|
300
|
2.
|
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – Fizik hodisalar va g’oyalarni o’rganish, hozirgi zamon va klassik fizikaning fundamental tushunchalari, qonunlari va nazariyalarini o’zlashtirish: talabalarning ilmiy dunyoqarashini va fizikaviy fikrlashini shakllantirish: hozirgi zamon fizikaviy asbob va qurilmalar bilan tanishtirish va fizikaviy tajribalar o’tkazish ko’nikmalarini shakllantirish; fizikaning texnologik mashinalar va jihozlar ishlab chiqarishdagi qo’llanilishi bilan tanishtirish, fizikaviy hodisalar va ularni vujudga kelish sabablarini tahlil eta olish mohiyatini tushunishda zarur bo’lgan bilimlar beriladi.
Fanning vazifasi – klassik mexanikada holat tushunchasi, harakat qonunlari, saqlanish qonunlarini, vakuumda va moddada elektrostatika va magnitostatikani, garmonik va nogarmonik ostsillyator tushunchalarini, spektral yoyilmaning fizikaviy ma`nosini, tebranish qonuniyatlari, korpuskulyar-to’lqin dualizmi, noaniqlik tamoili, kvant holatlarini, gidrodinamika, akustikaning fizikaviy asoslari, tovushning tabiatini, termodinamikaning uch qonuni, holatning termodinamik funktsiyalarini, issiqlik-massa almashinuvi jarayonlarida o’xshashlik nazariyasini qo’llanishi, yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini, atom tuzilishi, atom nurlanish spektridagi qonuniyatlarni, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishida fotosintez jarayonining ahamiyati haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1- Mavzu. “Fizika” fani to’grida tushuncha. Kinematika asoslari.
Fizika fanining tarixi, fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, fizika fanning texnika tarraqiyotiga qo’shgan xissasi. Kinematika elementlari. Xarakat. O’rtacha tezlik. Oniy tezlik.Tekis tezlanuvchan xarakat. Vertical harakat, yuqoriga tik otilgan jismlarning maksimal ko’tarulish balandligi, gorizontal va gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jism harakati. Tekis va notekis aylanma xarakat.
2-Mavzu. Dinamikaning asosiy qonunlari. Massa va kuch. N’yuton qonunlari va uning tadbig’i. Ishqalanish kuchlari. Gorizontga qiya otilgan jismning holati.
Kuch. Massa, zichlik, xarakat miqdorlari xaqida tushuncha. Nyuton qonunlari va ularning tadbiqi. Aylanma xarakat dinamikasi.
3-Mavzu. Butun olam tortishish qonunlari. Markazka intilma kuchlar. Jismning og‘irligi. Og‘irlik kuchining tezlanishi. Vaznsizlik. Jismning og‘irlik markazi. Jismning muvozanat turlari. Kosmik tezliklar.
Kepler qonunlari. Butun olam tortishish qonuni. Sun’iy yo’ldoshlar va vaznsizlik. Kosmik tezliklar.
|
|
| |