Elektron jadval elementlari Katakdan so‘ng maydon (diapazon) tushunchasi kiritiladi. Maydon Excelda
kataklar guruhidagi ma’lumotlarga funksiyalarni qo‘llashda ishlatiladi.
10
Maydon deb, yonma-yon joylashgan kataklar guruhiga aytiladi. Maydonning
adresini ko‘rsatish uchun uning yuqori chap va pastki o‘ng kataklarining nomini
ikki nuqta bilan ajratib yozish yetarli.
Maydonga misollar:
A1:B1 – A1 va B1 kataklardan tashkil topgan maydon,
A1:A100 - A ustundagi birinchi 100 ta katak,
A1:E6 - A dan E gacha bo‘lgan 5 ta ustun va 1 dan 6 gacha bo‘lgan 6 ta
satrlarda joylashgan 30 ta katak.
Ishchi varaq yaratish va uni o‘chirish. Ishchi kitob bir necha Ishchi varaqlardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular Лист1, Лист2, Лист3 va hk. nomlar bilan nomlangan. Yangi ishchi varaq hosil qilish
uchun Вставкаmenyusining Лист buyrug‘i bosiladi. Ishchi varaqni yo‘qotish
uchun esaПравкаmenyusining Удалить листbuyrug‘i tanlanadi.
Ishchi varaq nomini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun Формат menyusining Лист, Переименовать buyrug‘i, yoki Ishchi varaq yorlig‘i ustida
o‘ng tugma bosilib, hosil bo‘lgan kontekst menyudan Переименовать buyrug‘i
bosiladi. Yangi nom kiritilib, Enter tugmasi bosiladi.
Ishchi varaqlarni bir-biridan farq qilishi uchun ranglardan foydalanish
mumkin. Buning uchun Лист1, Лист2, Лист3 va hk. Nomlaridan birining ustiga
o’ng tugma bosilib, hosil bo’lgan kontekst menyudan цвет ярлычка buyrug’i
tanlanadi.
Yacheyka formati – Chegaralar 1-usul: Формат Ячейка Граница varaqda yacheyka chegaralari
o’rnatiladi. Yacheyka atrofidagi kulrang chiziqlar kataklar chegara to’rlarini
anglatadi xolos, lekin ular yacheyka chegara chiziqlarini belgilamaydi. Ular chop
11
qilinganda qog’ozga chiqmaydi. O’rnatilgan yacheyka chegarasi esa doim
qog’ozga chiqadi.