• MATN PROTSESSORLARI HAQIDA Matn protsessorlari
  • Microsoft Office Word 2003
  • Matn protsessorlari haqida hujjatga oid dastlabki atamalar ms wordni ishga tushirish va unda ishni tugallash




    Download 0.82 Mb.
    bet1/6
    Sana25.09.2023
    Hajmi0.82 Mb.
    #84270
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-MA`RUZA
    4.01-Хайвонлар вет ишлов бериш амалиёт, Fan O’rnatilgan tizimlar Labaratoriya Ishi №3 Mavzu, Bugungi kun o, Bobur hayoti va ijodi haqida 8 ta ajoyib fakt, Doc2, Asosiy va yordamchi xotira qurilmalari, TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O, О, STEAM sillabus2022 (3), 1 ФД Бошланғич таълим Mutaxassislikka kirish dasturi (Восстановлен), Kredit, KURS ISHI YOZISHGA TAYYORGARLIK, FAn dasturi, majmua BETLIK

    2-MA`RUZA.  MS WORD MATN PROTSESSORI INTERFEYSI
    Reja

    1. MATN PROTSESSORLARI HAQIDA

    2. HUJJATGA OID DASTLABKI ATAMALAR

    3. MS WORDNI ISHGA TUSHIRISH VA UNDA ISHNI TUGALLASH

    4. WORD INTERFEYSI

    5. WORDDA MATN YOZISH QOIDALARI


    Ona tili darsidan ma’lumki, harflardan so‘zlar, so‘zlardan jumlalar, jumlalardan abzaslar, abzaslardan esa matn hosil qilinadi. So‘zlar o‘zaro bo‘sh joy bilan ajratiladi, jumlalar nuqta, so‘roq yoki undov belgisi bilan tugaydi. Jumlaning davomi sahifa kengligiga sig‘masa yangi satr boshiga bo‘g‘in ko‘chirib o‘tkaziladi. Abzaslar doimo yangi satrdan ma’lum bo‘sh joy qoldirib boshlanadi.
    MATN PROTSESSORLARI HAQIDA
    Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko‘rinishi ham katta ahamiyatga ega bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, matnga turli rasm va jadvallarni joylashtirish, belgilarning o‘lchami, rangi va ko‘rinishlarini o‘zgartirish va hokazo.
    Matn protsessorlari, odatda, rasmiy hujjatlarni tayyorlashda ko‘p qo‘llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.
    Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko‘rinishi haqidagi (shrift turi, o‘lchami, rangi va hokazo) axborotni ham o‘zida saqlaydi.
    Turli matn protsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo‘llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o‘tishga har doim ham erishib bo‘lmaydi.
    Yuqorida aytilganlarni hisobga olib matn ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash usullari va yo‘l-yo‘riqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo‘lgan Microsoft Office 2003 dasturlar majmuasiga kiritilgan Microsoft Office Word 2003 (qisqacha Word) matn protsessori misolida ko‘rib chiqamiz. U juda ko‘p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protsessorlaridan ajralib turadi. Wordda aksariyat buyruq va amallarning bajarilishi «sichqoncha» yordamida amalga oshiriladi.
    Word bir vaqtda bir necha oynadagi hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat sizga tanish bo‘lgan oynaning maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o‘lchami va joylashish tartibini foydalanuvchining o‘zi belgilaydi.
    Microsoft Word matn protsessorining hozircha o‘zbek tilidagi varianti mavjud emas. Shu bois uning ba’zi buyruq va ko‘rsatmalarining o‘zbek tilidagi ifodasi bilan birga qavs ichida rus tilidagi ifodasini berib boramiz.

    Download 0.82 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matn protsessorlari haqida hujjatga oid dastlabki atamalar ms wordni ishga tushirish va unda ishni tugallash

    Download 0.82 Mb.