Matnni qayta ishlash dasturlari Matn protsessorlari yordamida rasmiy hujjatlar tayyorlash Microsoft Word




Download 493 Kb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi493 Kb.
#102856
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu


7-MAVZU. MATNNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI VA UNING DASTURIY VOSITALARI
Reja:

  1. Matnni qayta ishlash dasturlari

  2. Matn protsessorlari yordamida rasmiy hujjatlar tayyorlash

  3. Microsoft Word matn muxarriri.

M atnlar bilan ishlovchi 2 xil dasturlar bor: matn redaktorlari va matn protsessorlari (muharrirlari). Matn redaktorlarida kiritilgan matnni shakllash imkoni mavjud emas. Matn muharrirlari matnni shakllash imkonini beradi. Matn redaktoriga Bloknot standart matn redaktori kiradi. Matn taxrirlagichlari programma matnlarini kiritish, o’zgartirish, ko`chirish, nushasini qog`ozga ko`chirish kabi imkoniyatlarga ega.Ular prog-rammalash sistemalari tarkibida bo’ladi. Bunga Turbo S, Turbo Pascal kabilar misol bo’la oladi.


Xujjat taxrirlagichlari xujjatlarni taxrirlash, turli shriftlardan foydalanish, satrlar orasidagi intervalni o’rnatish,saxifalash, formulalarni yozish, jadval, diagrammalarni tashkil kilish va xokazo im koniyatlarga ega. Bu taxrirlagichlarga yukorida aytilgan Microsoft Word va eng oxirgi yillarda ishlab chikilgan kompьyuterlar uchun mo’ljallangan kuydagilar Chiwriter, WD, Microsoft Word 2000 va xokazolar misol bo’la oladi.


Ayniqsa matbuot sistemalari nashriyotchilar mexnatini mashakatli, zararli jarayonlaridan xalos kilish bilan birga nashriyot maxsulotlari sifatini oshirdi. Bu sistemalar asosida jurnallar, kitoblar,turli prospektlarning yukori sifatli maketlarini tayyorlash mumkin.
Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g‘orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o‘zgarmadi.
Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o‘yib yozilgan bo‘lsa, keyinchalik turli bo‘yoqlar yordamida yozildi. Xayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo‘lga qo‘yildi.
Qog‘oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo‘yqalam, qamish-perolar, g‘oz patlaridan foydalanildi. Patlar o‘rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o‘rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon - matnga o‘zgartirish kerak bo‘lsa uni qaytadan yozish zarurligi o‘zgarmadi.
Bu juda ko‘p kuch va mehnat talab qiladi. Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar asosan ikki turga bo‘linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko‘rinishiga bog‘liq.
Matn muharriri kompyuterda eng ko‘p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Xatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o‘nlab matn muharrirlarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlarida "RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida "WD", "Foton", "Leksikon" va xokazo.

Download 493 Kb.
  1   2   3




Download 493 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matnni qayta ishlash dasturlari Matn protsessorlari yordamida rasmiy hujjatlar tayyorlash Microsoft Word

Download 493 Kb.