Informatika 13 – dars. Mavzu: Turbo Pascal 0 integrallashgan muhiti




Download 158 Kb.
Sana01.01.2020
Hajmi158 Kb.
#7681

Informatika-9. 13 – dars.

Mavzu: Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti


Maqsad:

1) ta’limiy: O`quvchilarga Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti haqida ma’lumot berish;

2) tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;

3) rivojlantiruvchi: Oquvchilarda Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhitida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.



DTS: Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhitida ishlash ko`nikmasiga ega bo`lish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

II. Takrorlash

  1. Dastur deb nimaga aytiladi ?

  2. Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz?

  3. Quyi va yuqori darajali tillar qanday xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi?

  4. Dasturlash tillari elektron hisoblash mashinalarining turlariga bog‘liq bo‘ladimi? Javobingizni asoslang.

  5. Yuqori darajadagi dasturlash tillaridan bir nechtasini ishlab chiqilgan yili bilan aytib bering.

III. Yangi mavzuni o`rganish

Paskal dasturlash tilining keng tarqalishi va qo‘llanilishiga asosiy sabab – dasturning soddaligi va undan foydalanishning qulayligidir. Dastavval Paskal tili universitetlarda qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik uning turli rusumli kompyuterlar uchun naqllari ishlab chiqildi.



1981 yilda Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Paskal tilining Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Turbo Pascal 7.0 naqlidan hozirgi davrda keng foydalaniladi. U foydalanuvchilar uchun juda qulay tizim – dasturlashning integrallashgan muhitiga ega.

Integrallashgan muhit – dasturlashga yordamlashuvchi dastur bo‘lib, u quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim:

  • avvalambor, u dastur matnini kiritish imkonini berishi;

  • vaqti-vaqti bilan kiritilayotgan dastur matnini tashqi xotirada saqlab turishi;

  • dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo‘lishi;

  • sintaktik xatoliklarni aniqlash vositasiga ega bo‘lishi kerak.

Turbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari yana ko’pgina vazifalarni ham amalga oshirish imkonini beradi.

Turbo Pascal 7.0” dasturlash tizimi tashqi xotiraning, odatda, “TP7” nomli katalogiga joylashtiriladi (umuman olganda boshqa katalogga joylashtirish ham mumkin). U yuzdan ortiq fayldan iborat bo‘lib, fayllar vazifalariga qarab bir nechta kataloglarga joylashtirilgan (1-rasm). Turbo Paskal integrallashgan muhitini ishga tushiruvchi Turbo.exe fayli “BIN” katalogida joylashgan. Qolgan kataloglarda asosan yordamchi fayllar hamda Turbo Paskalning imkoniyatlarini namoyish etuvchi dasturlar joylashgan. Masalan, “BGI” katalogida grafik holatda ishlash uchun zarur fayllar joylashgan.

Turbo Paskalning qolgan katalog va fayllari haqida darslikda keltirilgan qo‘shimcha adabiyotlar ro’yhatidagi qo‘llanmalardan yetarlicha ma’lumot olishingiz mumkin.

Turbo.exe fayli ishga tushirilgach ekranda Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi ochiladi. U menyular satri, oynalar sohasi va ma’lumot satridan iborat (2-rasm). Turbo Paskalda bir nechta turdagi oynalar bo’lib (3-rasm), ulardan bizga eng muhimi dastur matni muharriri oynasidir. Bu oynani hosil qilish uchun File menyusining New (Yangi) buyrug’ini tanlash yetarli.

Menyular satriga o‘tish uchun F10 klavishi bosiladi. So‘ngra chapga yoki o‘ngga yo‘nalish klavishalari yordamida kerakli menyuni tanlab ENTER klavishi bosiladi. Kerakli menyuni sichqoncha yordamida ham tanlash mumkin.

Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi matn muharririni interfeysiga o‘xshaydi. Unga dastur matni dastur muharriri oynasida matn muharriridagi kabi yoziladi. MS Worddagi kabi Turbo Paskalda ham bir nechta oyna ochib, ularning har biri bilan alohida ishlash imkoniyati mavjud. Bu bir vaqtda bir nechta dastur bilan ishlash imkonini beradi. Joriy vaqtda ishlanayotgan oyna faol oyna deyiladi (faol oyna 3-rasmda ikki qatlamli chegaraviy chizig’i bilan ajralib turibdi). Dastur matni muharririda matn nomi NONAME00.PAS kabi tavsiya etilayotgan bo’lib, matn nomi nomsiz00 va fayl kengaytmasi pas bo’lishini bildiradi.

File (Fayl) menyusi Open (Ochish - tashqi xotiradagi faylni tezkor xotiraga yuklash), Save (Saqlash), Save as (boshqa nom bilan saqlash), Exit (chiqish), Edit (Tahrir) menyusi Cut (qirqib olish), Copy (nusxa olish), Paste (joylashtirish), Run menyusi dasturni ishga tushirish, Compile menyusi dasturni kompilyatsiya qilish (dasturni “mashina tili”ga o‘girib “EXE” kengaytmali fayl ko‘rinishida saqlash) amallarini o‘z ichiga oladi.

Menyular tarkibidagi amallarni ma’lum (tezkor) klavishlarni bosish orqali ham bajarish mumkin. Quyida asosiy amallarni bajarishga mo‘ljallangan klavishlar ro’yxati keltirilgan:




F3

Ochish

Ctrl+F9

dasturni ishga tushirish

F2

Saqlash

Alt+F5

dastur natijasini ekranda ko‘rish

Alt+F3

Faol oynani yopish

Alt+F9

dasturni kompilyatsiya qilish

Alt + x

chiqish

F6

Bir oynadan ikkinchi oynaga o‘tish

Dastur matnini tahrir qilishda quyidagi klavishlardan foydalanish mumkin:



Yo‘nalish klavishalari (¬, ®, ­, ¯) – yurgichni kerakli yo‘nalishda siljitish;

Shift + (¬, ®, ­, ¯) – yurgich turgan joydan boshlab tanlangan yo‘nalishda dastur matnining qismini belgilash;

Ctrl+Insert – dastur matnining belgilangan qismi nusxasini bufer-xotiraga olish;

Shift+Insert – xotiraga olingan qismni dastur matnining yurgich turgan joyiga joylashtirish;

Shift+Delete – dastur matnining belgilangan qismini o‘chirish.

IV. Mustahkamlash ushun savol va topshiriqlar

  1. Turbo Paskalning ishga tushiruvchi fayl qaysi katalogda joylashgan?

  2. Dasturlashning integrallashgan muhiti nima?

  3. Turbo Paskal ishchi maydonidagi dasturni ishga tushirish uchun qaysi klavishalar bosiladi?

  4. Dastur matnini xotiraga yozish uchun qaysi klavishdan foydalaniladi?

  5. Turbo Paskal dasturidan chiqish uchun qaysi tugmalar majmuidan foydalaniladi?

Mashqlar

Paskal dastur matni muharririni ochib, quyidagi vazifalarni bajaring:

a) O‘zbekinton Respublikasi madhiyasining birinchi to‘rtligini kiriting;

e) 1-oynadagi matnni “Madhiya.txt” nomi bilan saqlang;



V. Uyga vazifa

Mavzuni o`rganish, kompyuterda mashq qilish.



ALOCHI.UZ


Download 158 Kb.




Download 158 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika 13 – dars. Mavzu: Turbo Pascal 0 integrallashgan muhiti

Download 158 Kb.