• Kalit so`zlar
  • Ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llashning ta’lim sifatiga ta’siri sh. Asqarova – Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi




    Download 25.63 Kb.
    Sana25.09.2023
    Hajmi25.63 Kb.
    #84195
    Bog'liq
    Bugungi kun o
    4.01-Хайвонлар вет ишлов бериш амалиёт, Fan O’rnatilgan tizimlar Labaratoriya Ishi №3 Mavzu, Bobur hayoti va ijodi haqida 8 ta ajoyib fakt, Doc2, Asosiy va yordamchi xotira qurilmalari, TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O, О, STEAM sillabus2022 (3), 1 ФД Бошланғич таълим Mutaxassislikka kirish dasturi (Восстановлен), Kredit, KURS ISHI YOZISHGA TAYYORGARLIK, FAn dasturi, majmua BETLIK, 2-MA`RUZA

    TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI
    SH.Asqarova – Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi
    Anotatsiya: Boshlang'ich maktabda o'quv jarayonini axborotlashtirishni kompleks ravishda amalga oshirish nazariyasi va amaliyotidagi qiyinchiliklar ob'ektiv mavjud bo'lgan qarama-qarshiliklar bilan birga keladi.
    Kalit so`zlar: ijtimoiylashuv, kompyuter, texnologik tayyorlash, didaktik
    Bugungi kun o‘qituvchisiga barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek mas’uliyatli vazifa yuklangan bo’lib, ta’lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas bo‘lib, ta’limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda o‘quvchilarda o‘z faniga qiziqish uyg’otishlari, xurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirib borishlari talab etiladi.
    O'quv materiallarini avtomatik tahlil qilish, tanlash va samaradorligini bashorat qilish kompyuterdan o'qituvchi faoliyatini axborot bilan ta'minlash vositasi sifatida foydalanishning muhim yo'nalishlari hisoblanadi. O'qituvchi nafaqat mashg'ulot uchun materiallarni tanlashi (leksik va grammatik minimumlarni tuzish, matnlar va mashqlarni tanlash), balki matnlarni va butun o'quv qo'llanmalarini tahlil qilishi mumkin.1
    Ta’limda ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o‘rgatish, ularda dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan belgilanadi. Bu borada ta’lim-tarbiya jarayoniga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilmoqda, yangicha yondoshuvlar tadbiq etilmoqda. Shulardan birisi, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga erishish hisoblanadi.
    Ta’lim sohasida ijobiy natijalarga erishish, birinchi navbatda, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda dunyoqarash va tafakkur ko‘lamini kengaytirish, axloqiy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan belgilanadi. . Shu munosabat bilan o'quv jarayoniga ko'plab o'zgarishlar kiritilmoqda, yangi o'rtoqlar kiritilmoqda. Shulardan biri axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kursga o‘tishda o‘qitish samaradorligini oshirishga erishishdir.2
    Dars jarayonining muhim yutuqlaridan biri kompyuter texnologiyalari komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quv jarayonining tashkil qilishda bu dasturiy vositalar alohida ahamiyatga ega. Elektron qo‘llanmalarning “Macromedia Flash”, “GIF Animation”, “Microsoft Front Page”, “Abobe Fotoshop”, “3D Max”, “Microsоft Power Point” kabi dasturiy vositalardan foydalanib yaratilganligi qulaylik tug‘dirmoqda. Chunki ular harakatli, rangli, ovozli tasvirlar yaratish imkonini beradi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzuni tez tushunib olishga, o‘zlashtirish sifatini oshishiga yordam beradi.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va taqdimotlardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. O‘qish, ona tili, matematika va tabiatshunoslik fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalari yordamida turli xil ko’rgazmali slaydlardan dars jarayonlarida foydalanish mumkin. Masalan: o‘qish va ona tili fanlarida katta ekranda harflarni, so‘zlarni bir-biriga qo‘shib o‘qish, so‘ngra kichik ertak va hikoyalarni o’qish, harflarni to‘g‘ri va chiroyli yozish; matematika fanida oddiy amallardan foydalanib, slaydlar yordamida masalalar yechish, turli xil hisob-kitobli o‘yinlar tashkil qilish; tabiatshunoslik fanidan tabiatdagi hodisalar haqidagi sodda slaydlar yordamida tushunchalar berish mumkin. Ushbu usullardan foydalanish yosh va bilimga chanqoq o‘quvchining og‘zaki nutqini rivojlanishiga, og‘zaki hisoblash malakasini oshishiga, ijodkorlik, izlanish va fikrlash qobilyatini rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
    Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida foydalanish o‘qituvchiga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Bunga misol qilib, 4-sinf ona tili darslarida foydalanish uchun yaratilgan “Kelishiklar” mavzusidagi elektron taqdimotni aytish mumkin. Elektron darslikdan mustaqil ta’lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli foydalaniladi. Kitob. uz saytida 1-4 sinf o’quvchilari uchun deyarli barcha fanlarning elektron darsliklari mavjud. Ammo ular matn va ovoz shaklida taqdim etilmagan. Elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida, slayd-shou ko‘rinishda berish maqsadga muvofiq. Audio va video axborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini keskin yuksaltiradi.
    Axborot - barcha ijtimoiy ahamiyatga ega ma'lumotlarni elektron vositalar yordamida saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun ochiq shaklda ajratish va taqdim etish.3
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun RTM tomonidan yaratilgan “Sanashni o‘rganamiz”, “Alifbo saboqlari”, “Aljabr”, “5x5” , kabi elektron dasturlar o’zining qiziqarliligi, o‘quvchilar yoshiga mosligi, foydalanish uchun soddaligi, intellektual salohiyatni rivojlantirish, mantiqiy mushohada yuritishga chorlashi bilan ahamiyatlidir.
    “Sanashni o‘rganamiz” – boshlang‘ich sinf o’quvchilari uchun matematika fanidan elektron o’quv vositasi. Mazkur elektron dars ishlanma orqali boshlang‘ich sinf o’quvchilari 4 amalni bajarish ko‘nikmasini hosil qilish bilan birgalikda kompyuterning “sichqoncha” qurilmasidan foydalanish ko‘nikmasi shakllantiriladi.
    “Alifbo saboqlari” - 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Alifbeni o‘rgatuvchi dastur hisoblanadi. Dasturning afzallik tomoni shundaki, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish (harfni talaffuz qilish va yozish, o‘sha harf bilan boshlanuvchi narsalarning nomlarini o‘rganish)ga yordam beradi. Shuningdek, harflar o‘rganilgandan so‘ng, mustahkamlash maqsadida rasm beriladi. Berilgan katakchaga rasmdagi narsaning nomini to’ib yozish to’shiriladi. Shu yerda o‘quvchining kompyuter orqali yozuv malakalari shakllantirilib boriladi, test bilan ishlashga ham o‘rgatiladi.
    “Aljabr” - 1-sinf matematika darslarida foydalanish uchun mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. Dastur orqali o‘quvchilar 10 ichida raqamlashni, tartiblashni, qo‘shish va ayirish amallarini bajarishni, taqqoslashni o‘rganadilar. Dastur o‘quvchiga og‘zaki misol yechishning avtomatik darajada o‘zlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
    “5x5” - 2-sinf matematika darslarida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, karrali jadvalni o‘rgatuvchi dastur hisoblanadi. Dasturning takrorlash qismida kompyuterning o‘zi tartib bilan 2 dan boshlab 9 gacha karrali jadvalni o‘rgatadi. Imtihon qismida esa o‘quvchi mustaqil ravishda jadvalni ishlab chiqadi. Shunisi e’tiborliki, bir xonani bajarmasdan turib, ikkinchisiga o‘tmasligi o‘quvchini o‘z ustida ishlashiga majbur etadi. Dasturni o‘qituvchi uchun haqiqiy yordamchi desak bo‘ladi. Chunki, sinfning 30-40% o‘quvchisi karrali jadvalni o‘rganishida qiyinchilikka duch keladi. Dastur o‘sha o‘quvchilarga karrali jadvalning avtomatik darajada o‘rganishlarini kafolatlaydi.
    Bugungi kun o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan talab, dars jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llay olishi, o‘quvchilarni komyuterdan erkin foydalanishga, zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, ma’nan yetuk shaxs bo‘lib yetishiga o‘rgatishdan iborat.
    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. И.Алдашев Использовать специфические свойства компьютера, позволяющие индивидуализировать учебный процесс и обратиться к принципиально новым познавательным средствам "Экономика и социум" №6(73) 2020 www.iupr.ru

    2. SH.Asqarova. In the educational process, multimedia is a guarantee of the quality of education "Экономика и социум" №12(91) 2021 www.iupr.ru

    3. Якубов М, Аскарова Ш Особенности использования информационных ресурсов интернета. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities Volume 4, March, 2022



    1 И.Алдашев Использовать специфические свойства компьютера, позволяющие индивидуализировать учебный процесс и обратиться к принципиально новым познавательным средствам "Экономика и социум" №6(73) 2020 www.iupr.ru

    2 SH.Asqarova. In the educational process, multimedia is a guarantee of the quality of education "Экономика и социум" №12(91) 2021 www.iupr.ru

    3 Якубов М, Аскарова Ш Особенности использования информационных ресурсов интернета

    Download 25.63 Kb.




    Download 25.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llashning ta’lim sifatiga ta’siri sh. Asqarova – Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi

    Download 25.63 Kb.