• Kalit so’zlar
  • Annotatsiya: Ijtimoiylashuv jarayoni oddiy jarayon emas. U o’z ichiga ijtimoiylashuv omillari kabi tushunchani ham oladi. Ushbu maqolada bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni ular hayotida naqadar muhim ahamiyatga EGA ekanligi va bu jarayonga ta’sir etuvchi




    Download 23.72 Kb.
    Sana03.03.2024
    Hajmi23.72 Kb.
    #165971
    Bog'liq
    BOLANING IJTIMOIYLASHUV JARAYONIGA TA
    strategiya mustaqil ish, strategiya mustaqil ish, al.lab 2 muzaffarov, 4-амалий иш, Dak , Kriptografiya 2 Yakuniy nazorat ishi, AMALIY TOPSHIRIQ (13) Fizika, Оммалаштириш 2021 декабрь, Algoritm, gidravlika-16(ameliy), Differensial tenglamalar uslubiy ko\'rsatma(2020-2021), Bilimlaruz-Vatan-himoyachilari-kuni-tadbir-dasturi, Bolalar uchun art-terapiya, 1 Mоnоpоliya nima

    BOLANING IJTIMOIYLASHUV JARAYONIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
    Qo’yliyeva Nigina Toshtemir qizi
    Norqulova Gulimoh Baxtiyor qizi
    Sharof rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
    Psixologiya va ijtimoiy - siyosiy fanlar fakulteti talabalari
    Annotatsiya: Ijtimoiylashuv jarayoni oddiy jarayon emas. U o’z ichiga ijtimoiylashuv omillari kabi tushunchani ham oladi. Ushbu maqolada bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni ular hayotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi va bu jarayonga ta’sir etuvchi omillar, hamda ularning turlari haqida bayon qilingan.
    Kalit so’zlar: ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy agentlar,
    Ijtimoiylashuv shunday jarayonki, unda ojiz chaqaloq o’zi tug’ilgan madaniyatning mohiyatini tushunadigan, o’zizni-o’zi anglay oladigan aqlli mavjudotga aylanib boradi.1 Bu har bir odam ijtimoiy mavjudot hisoblanib, jamiyat bilangina rivojlanishini isbotlaydi. XX-XXI asr insoniyat tarixida eng ko‘p texnologiyalar ixtiro qilinga davr hisoblanib, bu texnologiyalar ham shaxs ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiylashuvning bosqichlari, unga ta’sir qiluvchi omillar, agentlar va muassasalarni o‘rganish doim muhim bo‘lib kelgan, bu ayniqsa yildan-yilga yangilanayotgan hozirgi jamiyatimiz uchun muhim. 
    Ijtimoiylashuv – bu individning ijtimoiy muhitga qo’shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o’ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib boorish jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib, bir tomondan shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o’z xulq-atvorlari va munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro’y beradi. Chunki, individda shaxs bo’lishga ehtiyoj va zaruriyat bordir. Shuning uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo’shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo’lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin.
    Bola tug’ilganidan boshlab atrof-muhitga moslasha boshlaydi. Bu muhitning qandayligiga qarab bolaning shaxsiyati shakllana boshlaydi. Bolaning jamiyat o’rnatgan ijtimoiy me’yorlariga moslashishida oila va boshqa ijtimoiy agentlar va vositalarning o’rni beqiyosdir.
    Ijtimoiylashuv agentlari deganda, ijtimoiylashuv jarayoni yuz beradigan ijtimoiy kontekstlar va guruhlar tushuniladi. Barcha madaniyatlarda oila bola uchun asosiy ijtimoiylashtiruvchi agent hisoblanadi. Keyinroq esa, ijtimoiylashuvning yana ko’plab agentlari paydo bo’ladi.
    Turli jamiyatlarda oila boshqa ijtimoiy institutlarga nisbatan turli o’rin egallaydi. An’anaviy jamiyatlarning ko’pchiligida oila tug’ilgan individning butun umri davomidagi ijtimoiy mavqeini to’laligicha belgilaydi. Hozirgi g’arb jamiyatlarida ijtimoiy mavqei tug’ilishda belgilanmaydi. Shunga qaramay, qanday hududda yashashi, oilaning muayyan sinfga mansubligi bola ijtimoiylashuvi xarakterini ancha qat’iy belgilab beradi. Bolalar ota - onalari va atrofidagi odamlarning o’zini tutish modellarini o’zlashtiradilar.
    Ijtimoiylashuvning yana bir agenti – bu tengdoshlar guruhi, ya’ni taxminan bir xil yoshdagi bolalarning do’stona guruhlari. Tengdoshlar bilan munosabatlar ko’pincha insonning butun umri davomida o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Bu ayniqsa individlar bitta norasmiy guruhga a’zo bo’ladigan yoki butun umrga aynan bir xil do’stlar guruhiga ega bo’ladigan kichik aholi yashash punktlari uchun xos. Bunday bo’lmagan taqdirda ham tengdoshlar bilan munosabatlar bolalik va o’smirlik davrlaridan keyin ham sezilarli ta’sir o’tkazadi. Shuningdek ish joyidagi tengdoshlar yoki boshqa vaziyatlarda bir xil yoshdagi insonlarning norasmiy guruhlari ham individning odatlari va pozitsiyasini shakllanishida juda muhim ahamiyatga ega.
    Maktab ta’limi – rasmiy jarayon, chunki o’rganiladigan predmetlarning majmui maxsus qayd etib qo’yiladi. Biroq maktablar ijtimoiylashuv agentlari sifatida biroz boshqacharoq yo’nalishda ham ta’sir o’tkazadilar. Tengdoshlar guruhlari ko’pincha maktabda shakllanadi va sinflarga bolalarning yoshiga qarab bo’lish bu guruhlarning ta’sirini kuchaytiradi. Maktab tufayli bolalar o’zlari mansub bo’lgan ijtimoiy muhitdagi cheklovlarni bartaraf qilishlari mumkin.
    Ommaviy axborot vositalari. Muayyan tipdagi teledasturlarning bolalar va kattalarning ijtimoiy muhitiga qanday ta’sir o’tkazishini tahlil qilishga juda ko’p tadqiqotlar o’tkazilgan. Biroq uzil - kesil javoblar olinmadi. Masalan, ekranda zo’ravonlikning ko’rsatilishi bolalar xulqida qay darajada agressivlik keltirib chiqarishi haqida bir xilfikr yo’q. Biroq ommaviy axborot vositalari odamlarning madaniyati va dunyoqashiga juda chuqur ta’sir o’tkazishi barchaga ayondir. Hozirgi globallashgan davrda virtual olam vositalari shunchalik ko’p axborot yetkazib beradiki, ularni boshqa usul bilan olish mumkin emas. Gazetalar, kitob, radio, televideniya, filmlar, musiqalar va suratli jurnallarning hammasi bir smartfonda joylandi va bu vosita biz tassavur qilishimiz qiyin bo’lgan ma‘lumotlarni ketma-ket chiqarib o’smirlar, bolalar ijtimoiylashuviga sezilarli ta‘sir qilmoqda. Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‗zlagan maqsadlaridan biri – o’zaro bir-birlariga ta‘sir ko’rsatish, ya‘ni fikr-g’oyalariga ko’ndirish, harakatga chorlash, maqsadlarini o’zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir.
    Ijtimoiylashuvning boshqa agentlari. Ijtimoiylashuv agentlari eslatib o’tilganlardan tashqari individlar umrining qandaydir qismini o’tkazadigan guruh va ijtimoiy kontekstlar qancha ko’p bo’lsa, ular ham shunchalik ko’pdir. Barcha madaniyatlarda ham ish ijtimoiylashuv jarayonlari o’tadigan eng muhim muhit hisoblanadi.
    Hozirgi jamiyatlarda mahalliy jamoa ijtimoiylashuv jarayoniga ijtimoiy tuzilishning boshqa tiplariga qaraganda ancha kam ta’sir o’tkazsa ham, uni butunlay hisobdan chiqarib yuborish mumkin emas. Hatto yirik shaharlarda ham turar joyda yashovchilarning rivojlangan guruh va tashkilotlari ( ko’ngillilar jamiyati, klublar, ibodatxonalar ) mavjud bo’lib, ular o’z faoliyatida ishtirok etadigan odamlarning fikr va harakatlariga juda katta o’tkazadi.
    Qayta ijtimoiylashuv. Ba’zi vaziyatlarda katta yoshli odamlar qayta ijtimoiylashuvni, ya’ni avval qabul qilingan qadriyatlar va xulq - atvor modellarining to’la yemirilishi va oldingilardan tubdan farq qiluvchi qadriyatlarni o’zlashtirishni boshdan kechiradilar. Anashunday vaziyatlardan biri – yopiq tashkilotlarda bo’lish: ruhiy bemorlar klinikasida, qamoqxonada, kazarmalarda va odamlar qat’iy tartib va talablar ta’siriga tushib qoladigan, tashqi dunyodan ajratilgan har qanday joylarda bo’lish.
    Bu yerda, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi ijtimoiylashuvga bo'linish mavjudligini aytish kerak. Bunday holatlarda agentlarning roli sezilarli darajada farq qiladi.

    1. Bolalikda, uch yilgacha, ijtimoiylashuv agentlari sifatida eng muhim rol alohida shaxslarga: ota-onalar, bobo-buvilar va chaqaloqning yaqin atrof-muhitiga beriladi. Ya'ni, u bilan tug'ilganidan va hayotning birinchi yillaridanoq u bilan aloqada bo'lgan odamlarga.

    2. 3 yoshdan 8 yoshgacha, boshqa agentlar ham, masalan, bolalar bog'chasi yoki boshqa ta'lim muassasalariga kiradilar. Bu erda bola tarbiyasiga bevosita atrof-muhitdan tashqari o'qituvchilar, enagalar, shifokorlar va boshqalar ta'sir qiladi.

    3. 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan davrda insonning shaxsiyatiga ommaviy axborot vositalari: televizor, Internet katta ta'sir ko'rsatadi.

    Agar agentlar ijtimoiy maqbul me'yorlarga rioya qilsalargina bolalarni muvaffaqiyatli ijtimoiylashishi mumkin. Bu erda ishlamaydigan oilalar muammosi paydo bo'ladi. Demak, bu hayotning turli sohalarida ijtimoiy mavqei pastligi bilan ajralib turadigan oilaning maxsus, tarkibiy va funktsional turi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday oila bir qator sabablarga ko'ra o'ziga yuklatilgan funktsiyalarni juda kamdan-kam hollarda bajaradi: birinchi navbatda iqtisodiy, shuningdek, pedagogik, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy, psixologik va boshqalar.

    ,,Birorta ham inson o’ziga boshqa insonlarning o’tkazadigan ta’sirisiz mavjud bo’la olmaydiva bu uning xulq-atvorida turli hayotiy davrlarda turlicha ifodalanadi.’’2 Albatta, muvaffaqiyatsiz ijtimoiylashuv, ommaviy axborot vositalari, televizor yoki virtual olam ko’rinishlari internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn video o’yinlar tomonidan bolaga juda kuchli salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. ,,Bir necha yil oldingi tadqiqot tatijasiga ko’ra britaniyalik bolalar bir yil davomida teleekran oldida maktabda o’tkazilgan yuz kunga teng vaqtlarini o’tkazar ekanlar. Kattalar ham bunga tahminan shuncha vaqt sarflaydilar.’’3
    Shaxsning muayyan bir jamiyatdagi ijtimoiy shart-sharoitlarga moslashuvi va o’zini alohida olingan shaxs sifatida tasavvur qilishi ijtimoiylashuv jarayonining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ijtimoiylashuv shaxsning butun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali jarayondir, u ayniqsa bolalik va o’smirlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi, chunki aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’ yorlar o’zlashtiriladi. Agar shu davrda maqbul me’yorlarga rioya qilinmasa, bolalarning muvafaqqiyatli ijtimoiylashuviga erishib bo’lmaydi. Har bir inson bolasi yashayotgan jamiyatiga moslashishi kerak. Aks holda u hayotda yashashga qiynaladi, hattoki vafot etishi ham mumkin. Shuning uchun ham ijtimoiylashuv jarayoni o’ta muhim jarayon hisoblanadi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    1. 1Entoni Giddens - Sotsioalogiy ,,Sharq’’ nashriyoti. Toshkent – 2002. 81- bet
    2. 2Smezler N. Sotsiologiya. –M., 1994. 215-b
    3. 3Fejos P. Ethnographi of Yagua.N.Y., 1979. 129-b.
    4. N.D.Qosimova O’smirlar ijtimoiylashuvida ibrat ijtimoiy psixologik xususiyatlarining ahamiyati. Diss..., T., 2010. 27-b
    Download 23.72 Kb.




    Download 23.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Annotatsiya: Ijtimoiylashuv jarayoni oddiy jarayon emas. U o’z ichiga ijtimoiylashuv omillari kabi tushunchani ham oladi. Ushbu maqolada bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni ular hayotida naqadar muhim ahamiyatga EGA ekanligi va bu jarayonga ta’sir etuvchi

    Download 23.72 Kb.