271
9-BOB. ALGORITMLASHTIRISH VA DASTURLASH
ASOSLARI
9.1. Algoritm tushunchasi va uning xususiyatlari.
Muayyan muammoni hal qilish algoritmlarini ishlab chiqish va
shakllantirish eng muhim va hal qiluvchi bosqichdir,
chunki bu
bosqichda kelajakda kompyuter bajarishi kerak bo‘lgan harakatlar
ketma-ketligi oldindan to‘liq aniqlanadi. Algoritmda qilingan xatolar
hisoblash jarayonining noto‘g‘riligiga va natijada noto‘g‘ri natijaga
olib keladi.
Algoritm - bu muammoni hal qilish
usulining tavsifi yoki
boshqacha qilib aytganda, hisoblash jarayoni bosqichlari ketma-
ketligi bo‘lib, kerakli natijani olish
uchun kompyuter tomonidan
amalga oshiriladi.
Algoritm quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Aniqligi. Algoritmlarning nazarga olingan barcha bosqichlari
aniq harakatda bo‘lishi kerak, amalga oshirilayotgan bosqichlari
tushunarsiz bo‘lishi mumkin emas.
2. Natijaviyligi, ya’ni ma’lum bir
oddiy bosqichlarni bosib
o‘tgandan so‘ng kutilayotgan natijani olishga erishishdan iborat.
3. Ommaviyligi, ya’ni bitta masalani еchish uchun emas balki
shunga o‘xshash turdosh masalalar sinfini
hal etish uchun xizmat
qiladi.
4. Diskrеtlilik, ya’ni algoritmni bir nеchta elеmеntar
bosqichlarga ajratish imkonini mavjudiligi.
Algoritmni ishlab chiqish quyidagi
bosqichlarni bajarishdan
iborat:
1) ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichlarini ajratib ko‘rsatish;
2) ular o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatish asosida
ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichlari tartibini aniqlash;
3) har bir bosqich mazmunining tavsifi.
272
9.2. Hisoblash jarayonlarni grafik aks ettirish.
Hisoblash jarayonlarini tasvirlashning turli usullari mavjud. Bu
og‘zaki, operator, blok-sxema shakli.
Algoritm qoidalari to‘plamining tabiiy tili yordamida aniq tavsifi
algoritmni og‘zaki tasvirlash shakli deb ataladi.
Operator sxemasi - bu hisoblash
jarayonining ayrim avtonom
bosqichlarining mazmunini tavsiflovchi operatorlar yordamida
algoritmni aks ettirish. Operator - bu dasturni amalga oshirish
jarayonida ma’lum bir harakatlarning bajarilishining ko‘rsatkichidir.
Algoritmdagi qadamlar ketma-ketligining
grafik tasviri blok-
sxema deb ataladi.
Blok-sxemaning har bir qismi ma’lum bir shaklga ega bo‘lgan
geometrik figuralar bilan tasvirlangan. Har bir shakl bitta bosqichni
anglatadi va blok deb nomlanadi.
Blok-sxema chiziqlarining normal yo‘nalishi yuqoridan pastga va
chapdan o‘ngga qarab hisoblanadi va o‘qlar bilan ko‘rsatilmaydi.
Boshqa barcha holatlarda o‘qlar talab qilinadi.
Blok raqamlari yuqori chap burchakda joylashtirilgan bo‘lib,
bloklar harflar bilan yoki harflar va raqamlar birikmasi bilan
belgilanishi mumkin.
Agar blokning mazmuni uning ichiga sig‘masa, unda “izoh”
ishlatiladi. Izoh blok-sxemaning bo‘sh
joyiga joylashtiriladi va
tushuntirilayotgan blokga yoki chiziq chizig‘i bilan blok chizig‘iga
ulanadi. Izoh sarlavha blokiga parallel ravishda yuqori va pastki
chegara chiziqlari ichida yoziladi.