276
1. Tsiklning takrorlanish soni noma’lum (noma’lum takrorlanish
soni bo‘lgan tsikl). Tsikldan chiqish qo‘shimcha shart bilan amalga
oshiriladi.
2. Arifmetik progressiya turi (ma’lum takrorlanishlar soni bo‘lgan
tsikl). Ushbu tsikllarda parametr (tsikl o‘zgaruvchisi) berilgan
boshlang‘ich qiymatdan ma’lum bir yakuniy qiymatga o‘zgarib, tsikl
bajarilganda har safar doimiy o‘sishni oladi, bu tsikl parametri
pog‘onasi deb ataladi (9.4-rasm).