284
Kamaytirish operatori (-). U o‘zgaruvchining qiymatini 1 ga
kamaytiradi.
Cout identifikatori - C++ da oldindan belgilangan obyekt, u
standart chiqish oqimiga mos keladi.
Cin identifikatori C++ da oldindan belgilangan obyekt, u standart
kirish oqimiga mos keladi.
Kiritish operatori >> chiqarib olish nomi bilan tanilgan. Chiqarish
operatori chap tomonidagi oqim obyektidan qiymat oladi va uni o‘ng
tomonidagi o‘zgaruvchiga
taqdim etadi, u asosiy xotirada saqlanadi.
Chiqish
operatori << qo‘yish sifatida tanilgan. U o‘zgaruvchining
tarkibini uning o‘ng tomonidan chap qismidagi obyektga taqdim etadi.
9.6. Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonini dasturlash
If operatori
U holatni tekshiradi. If bilan bog‘langan operator(lar) faqat shart
to‘g‘ri bo‘lganda
bajariladi, aks holda operator(lar) umuman
bajarilmaydi. If iborasi sintaksisi quyida keltirilgan:
if (shart) operator
Bu
erda operator bittadan, qo‘shma operatordan yoki hech
narsadan iborat bo‘lishi mumkin (bo‘sh operatorda).
Shartni
tekshirgandan so‘ng vergul (;) shart emasligini unutmang. Agar
shunday qilsangiz, ushbu satrdan keyingi blok yoki operatorlar if-ning
bir qismi sifatida qabul qilinmaydi
93
.