• Tindiruvchi sentrafugani hisoblash.
  • Mavzu: Separator va sentrifugalarni hisoblash




    Download 9,59 Mb.
    Sana23.05.2024
    Hajmi9,59 Mb.
    #250839
    Bog'liq
    5-KSMJ amaliy

    Mavzu: Separator va sentrifugalarni hisoblash


    (4 soat)
    Nazariy ma’lumotlar.
    Emulsiyadagi suyuqlik tomchilarni va suspenziyadagi qattiq modda zarrachalarini markazdan qochma kuchlar maydonida ajratib olish jarayoni sentrifugalash deyiladi. Sentrifugalash jarayoni sentrifugalarda amalga oshiriladi.
    Sentrifugalash paytida hosil bo’lgan markazdan qochma kuchlar cho’ktirish jarayonidagi og’irlik kuchi va filtrlashdagi gidrostatik kuchlarga nisbatan ko’proq ta’sir qiladi. SHuning uchun turli jinsli sistemalarni ajratish uchun qo’llaniladigan cho’ktirish va filtrlash jarayonlariga nisbatan juda samarali hisoblanadi.
    Sentrifugalarning asosiy qismi gorizontal yoki vertikal o’qqa joylashgan katta tezlikda aylanuvchi baraban bo’lib, u elektr dvigatelp yordamida aylanma harakatga keltiriladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suspenziyadagi qattiq modda zarrachalari cho’kmaga tushib, suyuq fazadan ajraladi.Suyuq faza fugat deyiladi. Hosil bo’lgan cho’kma baraban ichida qolib, suyuq faza esa ajratib olinadi.
    Turli jinsli aralashmalarni ajratish prinsipiga ko’ra sentrafugalar ikki turga bo’linadi:
    1. Filtrlovchi sentrifugalar
    2. CHo’ktiruvchi sentrifugalar
    Filtrlovchi sentrifugalarning barabani g’ovaksimon turli metallardan ishlanib, uning yuzasiga material (mato) qoplanadi. Filtrlovchi sentrifugalarda suspenziya yoki emulsiya markazdan qochma kuch ta’sirida baraban devorlariga qarab otiladi, bunda qattiq modda zarrachalari filtr materiallarning yuza qismida qolib, suyuq faza (fugat) bu kuch ta’sirida cho’kma qatlami va filtr to’siqlardan o’tadi, hamda barabandan uzluksiz chiqarib turiladi.
    CHo’ktiruvchi sentrifugalarda baraban yaxlit metall plastinkalardan qilinadi. Bu sentrifugalarda bosimlar farqi markazdan qochma kuch ta’sirida hosil qilinadi. Barabanning aylanishi natijasida markazdan qochma kuch ta’sirida suspenziya yoki emulsiya baraban devorlari tomon harakat qiladi. Zichligi katta bo’lgan suyuqlik va qattiq fazalar baraban devorlari yaqinida, zichligi kamroq bo’lgan boshqa faza esa o’q atrofida yig’iladi.
    Tindiruvchi sentrafugani hisoblash. Soatiga 15 m3 suspenziyani uzlukli ishlaydigan tindiruvchi sentrfuga hisoblansin. Solishtirma og’irligi γ1=2700 kg/m3 va tarkibida qattiq faza miqdori Cc=25%. Suspensiya solishtirma og’irligi γ2=1000 kg/m3, qovushqoqlik koeffisiyenti μ=1·10-6 kg·s/m2, qattiq kristallar o’lchmi d=10 mkm. Katolog –spravochnikdan cho’kmani pichoq bilan kesib oladigan AOG – 800 rusumli avtomatik sentrafugani tanlaymiz.






    Download 9,59 Mb.




    Download 9,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Separator va sentrifugalarni hisoblash

    Download 9,59 Mb.