|
Yetuklik davri psixologiyasi
|
bet | 1/4 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 53,5 Kb. | | #134106 |
Bog'liq 58 YETUKLIK DAVRI
YETUKLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI.
Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlar.
Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
8.1Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari
Yoshlik davri 23—28 Yoshlarda bo‘lib, bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalt oishrishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidash uchta muhim belshsi bilan boshqa Yosh davrlaridan farkdanadi: 1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chikrrish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikish) — mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o‘z o‘rnini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) mutaxassis sifatida o‘zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi — 3 yildan 8 yilgacha — ish staji nazarda tutiladi) yoki kasbkorlik mahoratini egallash; 3) mahorat sirlaridan foyda- lanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy etuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko‘rsatish.
YUqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo‘lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroqva kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida Yosh jihatdan tafovut mavjud bo‘ladi. Masalan, kasb-hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar o‘z mehnat faoliyatini oliy ma’lumotli Yoshlardan oldin boshlaydilar, biroqular ham mazkur bosqichlarni bosib o‘tishlari shart.
Hozirgi mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra uch xildir; ular: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakger xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va hokazo; b) bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlardagi uzilishlar, saviyaningcheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning etishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog‘liq o‘ziga xos qiyinchilik- lar; ishlab chikdrishning mohiyash, xususiyash, texnologiya, quriyamalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shliga yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbningiqgasodiy negazini to‘la anglab etmaslik, xavfsizlik texnikasi, mahsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik ifodasini taqqoslash murakkabligi, muammolar oldida esankirab qolish. Bu qiyinchiliklarni enshsh davrida insonning ruhiy holatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqsor hamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi.
Psixofiziolog P.PLazarevning fikricha, eshitish, ko‘rish, periferik va kinestetik sezgirlikning o‘zgarishi 20 Yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Fulds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib, aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 Yosh deb hisobladilar. B.G.Anan’ev o‘zining ilmiy- tadqiqotlarida Yoshlik davrida yigit va qizlardagi o‘zgarishlarni murakkab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik funkdiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmda issiklik paydo bo‘lishidan metobolizm — modda almashinuvgacha), hatgo shaxsningxususiyatigacha bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali ko‘rsatib o‘tadi.
Ko‘zlarning farqlashdagi sezgirlish inson Yoshiga qarab o‘zgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov sezgirlikning ortishi 25 Yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 Yoshdan keyin ham davom qiliishni ta’kidlaydi. B.G.Ananev laboratoriyasida olingan natijalar inson funksional darajasining oshishi 23—27 Yoshdaga yigit va qizlarda
|
| |