• Piliklashning maqsadi
  • Piliklash mashinasining vazifalari
  • 8-mavzu. Piliklash jarayoni




    Download 1.44 Mb.
    bet1/8
    Sana05.11.2023
    Hajmi1.44 Mb.
    #94371
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    8-mavzu. Piliklash jarayoni
    КЛ АИЧТЖ МК.pdf (1), d93ea76b984543a636384fd534b94d51 MASHINA DETALLARI, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, ANALITIKA NIKEL HAQIDA, Cовременная классификация иридоидов, Mustaqil ish mavzulari, 1, 1, Top-1000 OTMlar ro\'yxati (2022-yil uchun)

    8-mavzu. Piliklash jarayoni.
    Reja:
    1.Pilik tayyorlashning o’rni va ahamiyati.
    2. Piliklashning mohiyati, maqsadi va vazifasi.
    3. Pilik mashinasini ta`minlash.
    4.Ta`minlash qurilmasi, ularning turlari va ularga qo’yilgan talablar. Pilik mashinasida cho’zish jarayoni.
    5. Cho’zish asboblari, ularning turlari va ishlashi.
    Adabiyotlar:
    1. G‘ofurov Q.G‘ va boshqalar. «Yigiruv korxonalari va jihozlari ». «Sharq» T. 2007y.
    2. «Truetzschler», «Rieter» va «Marzoli» firmalarining sayt materiallari.

    Yigirish sistemasining piliklash o‘timida piltalangan piltadan pilik tayyorlanadi. Pilik tayyorlashda cho‘zish, pishitish va o‘rash jarayonlari qo‘llaniladi.


    Piliklashning maqsadi ip yigirishga yaroqli piltaga nisbatan ingichka va ravon xomaki mahsulot – pilik olishdan iborat.
    Piliklashning mohiyati esa piltani kerakli miqdorda ingichkalashtirish, unga buramlar berib pishitish va g‘altakga o‘rashdan iboratdir.
    Piliklash mashinasining vazifalari
    Piliklash mashinasining vazifasi piltani belgilangan chiziqiy zichlikgacha ingichkalashtirish, mahsulotni pishitish va g‘altakka o‘rashdan iborat. Pilta cho‘zish asbobida ingichkalashtiriladi, uni tashkil etuvchi tolalarning uchlari to‘g‘rilanadi, tekislanib parallellashtiriladi va undan nozikroq pilik hosil qilinadi. Piltachaga pishitish mexanizmi yordamida buramlar berilib pishitiladi - pilik shakllantiriladi. Pilikni keyingi bosqichda ishlatishga qulay bo‘lishi uchun o‘rash mexanizmi vositasida g‘altakga o‘rab, undan pakovka hosil qilinadi.

    Piliklash mashinalarining turlari


    Piliklash mashinalari bir, ikki va uch o‘timda ishlatilib kelingan. Fan texnika taraqiyotining natijasida o‘rtacha chiziqiy zichlikdagi iplarni bir o‘timli, kichik chiziqiy zichlikdagi iplarni esa ikki o‘timli piliklash mashinalarida tayyorlash imkoni yaratildi.
    Piliklash mashinalari tayyorlanayotgan pilikning chiziqiy zichligiga qarab qo‘yidagi turlarga bo‘linadi:

    1. Yo‘g‘on pilik tayyorlovchi mashinalar

    2. Yo‘g‘onligi o‘rtacha pilik tayyorlovchi mashinalar

    3. Ingichka pilik tayyorlovchi mashinalar

    Bundan tashqari piliklash mashinalari tarkibiy qismlari – ta’minlash zonasi, cho‘zish asbobi va pishitish-o‘rash mexanizmining tuzilishi bilan ham farqlanadi.
    Hozir piliklash mashinalarida to‘la pakovkani ajratib olish va bo‘sh g‘altaklarni joylashtirish avtomatik mexanizmlar yordamida amalga oshirilmoqda.


    Download 1.44 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.44 Mb.