Kombinatsiyali (о‘qitish jarayonining hamma zvenolarini о‘z ichiga olgan) dars




Download 17.51 Kb.
Sana25.09.2023
Hajmi17.51 Kb.
#84205
Bog'liq
О
4.01-Хайвонлар вет ишлов бериш амалиёт, Fan O’rnatilgan tizimlar Labaratoriya Ishi №3 Mavzu, Bugungi kun o, Bobur hayoti va ijodi haqida 8 ta ajoyib fakt, Doc2, Asosiy va yordamchi xotira qurilmalari, TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O, STEAM sillabus2022 (3), 1 ФД Бошланғич таълим Mutaxassislikka kirish dasturi (Восстановлен), Kredit, KURS ISHI YOZISHGA TAYYORGARLIK, FAn dasturi, majmua BETLIK, 2-MA`RUZA

О‘qitish shakli deganda о‘quvchilarining aniq mashg‘ulot (dars) dan kо‘zda tutilgan maqsadga erishishi uchun mehnat talimi о‘qituvchisi rahbarligida о‘quv materialini ongli va faol ravishda puxta о‘zlashtirishga qaratilgan о‘quv tarbiya faoliyatini tushunmoq kerak. Shundan keyin mehnat ta’limida foydalanadigan xilma-xil shakllar masalasini oydinlashtirish zarur.
О‘quvchilarning о‘quv ustaxonasidagi о‘quv mehnat talimi ishlarining assosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashg‘ulotdir. О‘quv mehnat ishi sifatidagi darsning asosiy belgisi: о‘quvchilar tarkibining doimiy va ularning bilim (tayyorgarlik darajasi) taxminan bir saviyada bо‘lishi, mashg‘ulotning qat’iy jadval asosida, о‘quv ishlari uchun belgilangan ma’lum vaqt davom etishi mehnat ta’limi о‘qituvchining bevosita rahbarligi, uning xilma-xil о‘qitish metodlaridan foydalanish darsni frontal, zveno va individual shaklda olib borish imkoniga ega bо‘lishdan iborat deyish mumkin.
Shunday qilib, dars о‘qitish jarayoniga tashkiliy aniqlik kiritadi hamda mehnat ta’limi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib tashkil etishga, binobarin, о‘quvchilarning yuqori unumdorligi bilan о‘qishini hamda dam olishini ta’minlashga imkon beradi. Lekin, mehnat texnika ta’limi tizimida о‘quvchilarga mehnat qilish yuzasidan qо‘yilgan vazifalarni hal etish uchun faqat ayrim darslarni yaxshi tashkil etishni о‘zigina kifoya qilmaydi.
Tо‘g‘ri va uyg‘un tashkil etilgandagina darsning mazmuni va tо‘la maqsadga muvofiq ochilishi mumkin. Bundan tashqari, ishlab chiqarish ta’limi maqsadlari va vazifalariga muvofiq ravishda quyidagiga о‘xshash har xil dars turlarini qо‘llash mumkin:
1) Kombinatsiyali (о‘qitish jarayonining hamma zvenolarini о‘z ichiga olgan) dars:
2) Operatsiyalarni о‘zlashtirishga (ayni operatsiyaga oid ish mehnat priyomlarini о‘rganishga) bag‘ishlangan dars:
3) Kompleks ishlarni bajarishga (konkret buyum tayyorlash munosabati bilan ilgari о‘rganilgan operatsiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga) bag‘ishlangan dars:
4) Nazorat-tekshirish sinov, topishiqlari va malaka olishga bag‘ishlangan dars (chorak oxirida,yarim yillik, о‘quv davrida). Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish ta’limi asosan о‘quv ustaxonasida tashkil etilishini e’tiborga olib shuni ham ta’kidlash kerakki, о‘quvchilar bajaradigan ishlarning xarakteriga qarab darsni tashkil etish shakli ham tanlanadi (ish­dars, frontal – butun sinf uchun, zveno, individual va aralash tur). Masalan, о‘quvchilarning hammasi bir xil ishni bajaradigan bо‘lsa (bolg‘a, tayyorlash, kalit yasash va hokozo).
Darsning frontal shaklini qо‘llash mumkin. Bu xolda о‘qituvchi о‘quvchilarning hammasi uchun bitta umumiy instruktaj beradi va hamma о‘quvchilarga nisbatan qо‘yiladigan umumiy talablar asosida buyumni tayyorlash texnalogiyasining tо‘g‘ri bajarilishini kuzatib boradi. О‘quvchilar bajaradigan ishlar mazmuni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga yaqin, lekin xarakteri, ya’ni konstruksiyasi boshqa-boshqa bо‘lgan hollarda darsni zvenolarga bо‘lib tashkil etish ma’qul, masalan, tokarlik stanogini yig‘ish (murakkab mahsulot vositasida о‘rgatib-о‘qitish)da о‘qituvchi ishni uzellarga ajratadi (uzatishlar qutisi, tezliklar qutisi, keyingi skoba va shunga о‘xshash ) va har bir uzelni 2-3 kishilik zvenoga topshiradi.
Yig‘ish operatsiyalariga oid hamma umumiy ma’lumotlarni о‘qituvchi frontal instruktaj tarzida о‘quvchilarga aytib beradi, har bir uzelning о‘ziga xos ma’lumotlarini esa har bir zvenoning о‘ziga aytadi. О‘qitishning bu shaklidan foydalanganda о‘qituvchining ish hajmi, ayniqsa joriy instruktajda, frontal formadagidan kо‘ra ancha ortadi. Biroq bundagi xilma-xil ishlar sonining kо‘p bо‘lishi (stanokning turli uzellari), о‘quvchilarda professional ilmlarning о‘sishigagina emas, balki politexnik bilimlari doirasining kengayishiga ham yordam etadi.
Individual (yakka tartibda) о‘qitish shaklini sinfdagi kо‘pchilik о‘quvchilar konstuksiyasi har xil, mazmunan esa bir-biriga yaqin bо‘lgan ishlarni bajarganlarida qо‘llash mumkin. Bu xil ishlar, masalan: о‘quv ustaxonasi uchun xilma-xil mayda buyurtmalardan, yoki dona hisobi uncha katta bо‘lmagan turlituman detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari detallari) bо‘lishi mumkin. Bunday hollarda о‘qituvchi tayyorlanishi kerak bо‘lgan buyumlarning tayyorlanish texnologiyasi tahlil qilib chiqib, о‘quvchilarga frontal instruktaj tarzida umumiy belgilarni (ma’lumotlarning) va yakka shaklni qо‘llaganda aytiladigan ma’lumotlarni oldindan ajratib qо‘yadi. Bunda individual tarzda aytiladigan ma’lumotlar kо‘proq bо‘ladi.
Kо‘rinib turibdiki, darsni individual shakl asosida tashkil etganda, о‘qituvchi kо‘proq tayyorgarlik kо‘rishi kerak bо‘lar ekan, bunda darsning induvidual shakli va induvidual instruktajdan iborat ikkita tushunchani bir-biridan farq qilish zarur. Induvidual instruktajni har qanday shaklda tashkil etilgan darsda qо‘llash mumkin, lekin bu ishning xajmi frontal dars shaklida kamroq, induvidual shakldagi darsda esa kо‘proq bо‘ladi.
Nihoyat, aralash shakldagi dars yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan uchchala dars shakllarining elementlaridan tarkib topadi. Shuni ham ta’kidlab о‘tish kerakki, dastur materialining mazmuniga, ixtisos xarakteriga va boshqa faktorlarga qarab, ishlab chiqarish ta’limida boshqa tashkiliy shakllarni ham qо‘llash mumkin. Masalan, о‘quvchilar brigadasi shaklidagi о‘qitish ishlab chiqarish sharoitida,dars shaklini qо‘llash mumkin bо‘lmagan hollarida qо‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi ta’lim kо‘pincha kо‘mir koni shaxtyorlarini tayyorlashda, metallurglar, ximiklar va qishloq xо‘jaligiga tegishli kо‘pgina ixtisos ishchilarini tayyorlashda qо‘llash mumkin.
Download 17.51 Kb.




Download 17.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kombinatsiyali (о‘qitish jarayonining hamma zvenolarini о‘z ichiga olgan) dars

Download 17.51 Kb.