Dasturlash texnologiyalari




Download 16,29 Kb.
Sana17.01.2024
Hajmi16,29 Kb.
#139242
Bog'liq
37-38


Dasturlash texnologiyalari
Dasturlash — predmet va texnikaning nisbatan yosh va tez гivojlanayotgan sohasi. Mavjud dasturiy va texnik vositalarni real ishlab chiqish va tarmoqlashtirishni olib borish tajribasi doimo qayta izlanishni talab etadi. Natijada yangi usullar, uslublar va texnologiyalar paydo bo‘ladi, ular o‘z navbatida, dasturiy ta’minlashni ishlab chiqishning yanada zamonaviy vositalari uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Yangi texnologiyalarni yaratish jarayonlarini tekshirish va ularning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, bu texnologiyalarni dasturlashning rivojlanish darajasi hamda dasturchilar ixtiyoridagi dasturiy va apparat vositalarining xususiyatlari bilan solishtirish maqsadga muvofiqdir.
Dasturiy ta’minotining ishlab chiqish jarayonida foydalaniladigan usullar va vositalar yig‘indisi dasturlash texnologiyalari deb ataladi. Har qanday boshqa texnologiya kabi, dasturlash texnologiyasi o‘z ichiga quyidagi texnologik yo‘riqnomalar to‘plamini olgan:
• texnologik operatsiyalarni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatish;
• u yoki boshqa operatsiya bajariladigan shartlarni sanab o‘tish;
• har bir operatsiya uchun dastlabki ma’lumotlar, natijalar, shuningdek, yo‘riqnomalar, normativlar, standartlar, baholash mezonlari va usullari belgilangan operatsiyalarining ta’riflari.
Operatsiyalar (amallar) to‘plami va ular ketma-ketligidan tashqari, texnologiya, shuningdek ishlab chiqarishning muayyan bosqichida foydalaniladigan loyihalashtirilayotgan tizimni, aniqrog‘i, modelni ta’riflash usulini belgilaydi.
Ishlab chiqishning muayyan bosqichlarida yoki bu bosqichning alohida masalalarini hal etish uchun foydalaniladigan texnologiyalar yoki ishlab chiqish jarayonini qam rab oluvchi texnologiyalar farqlanadi. Birinchisi asosida, qoidaga ko‘ra, aniq (vazipredmeti) hal etish imkonini beradigan cheklangan darajada qollaniladigan usul mavjud. Ikkinchisi asosida tayanch (bazaviy) usul yoki ishlab chiqishning turli bosqichlarida foydalaniladigan usullar birligini yoki uslubiyatini belgilovchi yondashish mavjud.
Assemblerning paydo bo‘lishi ikkilik yoki o‘n oltilik kodlar o'rniga ma’lum otlarning ramziy nomlari va operatsiyalar kodlarining mnemonikasidan foydalanish imkonini berdi. Natijada dasturlar yanada «o‘qitiladigan» bo‘ldi.
FORTRAN va ALGOL kabi yuqori darajali dasturlash tillarining yaratilish operatsiyalarini detallashtirish darajasini pasaytirib, hisoblashlarni dasturlashni ancha soddalashtiradi. Bu, o‘z navbatida, dasturlarning murakkabligini oshirishga yordam beradi.
0‘sha davrning namunaviy dasturi barcha ma’lumotlar yoki ularning qismiga ishlov beruvchi asosiy dastur, global ma’lumotlar sohasi va kichik dasturlar to‘plami (asosan kutubxonaga tegishli) dan iborat edi. Bunday arxitekturaning zaif tomoni shundan iborat ediki, kichik dasturlar miqdori ko‘payishi bilan global ma’lumotlar qismining qandaydir kichik dastur tomonidan buzib ko‘rsatish ehtimoli ortar edi. Masalan, kesmani o‘rtasidan bo’lish usuli bo‘yicha berilgan intervalda tenglama ildizlarini qidirishning kichik dasturi interval kattaligini o'zgartiradi. Agar kichik dasturdan chiqishda boshlang'ich intervalning tiklanishi ko‘zda tutilmasa, u holda global sohada intervalning noto‘g‘ri qiymati hosil bo‘ladi. Bunday xatolar miqdorini kamaytirish uchun kichik dasturlarda lokal ma’lumotlarni joylashtirish taklif etiladi.
Download 16,29 Kb.




Download 16,29 Kb.