2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi




Download 54,64 Kb.
bet9/14
Sana13.01.2024
Hajmi54,64 Kb.
#136286
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-amaliy.Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida

300-mashq. O‘qing, majhul nisbatdagi fe’llarni topib, ko‘chring, yasalishi va o‘zlik nisbatdan farqini ayting.
1. “Voy shaytonlar, rosa o‘xshatibdi!”‒ dedi-da, jimgina tomoshaga berildi. (Oybek) 2. Bu qiy-chuv orqasidan mehmonlarga quyuq-suyuq berildi. (A. Qodiriy) 3. Hovlidagi katta jiyda shoxida yotgan kulankir xo‘roz uchinchi bor qichqirayotganda, Qutoyoq birdan vovullab, eshik­ka tashlandi. (A. Muhitdin) 4. Osti taxta pol bo‘lgani holda, polning ustiga qizil gilam tashlangan, ikki yon devorga ham qizil gilamchalar qoqilgan edi. (S. Ayniy) 5. Uch yuz gektarcha yerning g‘o‘zasi uchinchi marta ekildi. Ammo biz ham bo‘sh kelmadik: g‘o‘za quloq ko‘rsatdi de­guncha parvarishlab, yaganalayverdik. (Y. Shamsharov) 6. Yog‘och uyga yerdan bir qancha baland ko‘tarib taxta terilgan, uning ustiga qa­nor qoplardan palos to‘shalgan. (I. Rahim) 7. Sadaf xushbo‘y zira solin­gan shavlani cholga surib qo‘ydi. (Sh. Xolmirzayev) 8. Rosmana javhar­limu limon mevasini bijg‘itib olinadi. (K.Mahmudov) 9. Olaxo‘ja max­sum boshiga qo‘qqisdan to‘qmoq bilan urilganday, gangib qoldi. (P. Tur­sun) 10. Yigitali qorong‘ida timirskilanib, chapga burilganda, na’­matakning tikanli shoxlari bexosdan yuziga urildi. (D. Nuriy) 11. Xalq taomiliga ko‘ra, choyxonalar hashar yo‘li bilan quriladi. (O‘. Ho­­­­­­­­­shimov)
301-mashq. Quyidagi fe’llardan o‘zlik va majhul nisbat shaklini hosil qiling, ikki ustuncha shaklida yozing. Hosil bo‘lgan ikkala nisbat shakllarini qatnashtirib 4 ta gap tuzing.
Namuna: maqtamoq: maqtanmoq – maqtalmoq
Nosir mashinasi bilan maqtandi. Ilg‘or terimchilar maqtaldi.
Bezamoq, kiymoq, ko‘rmoq, surmoq, yopmoq, yashirmoq, bo‘ya­moq, o‘ramoq, yuvmoq, tortmoq, taramoq, surtmoq.
302-mashq. O‘qing. Birgalik nisbat shaklidagi fe’llarni aniqlab, yasalishi va ma’nosini tushun­tiring.
1. Askiyaga juda usta ekan, olamda dard nima, o‘lim nima ekanini butkul unu­tib, rosa kulishdik. (A. Qahhor) 2. Oldinda yo‘l boshlovchi, keyinda Nazirali bilan kam­­­­­pir balandlikka ko‘tarilishdi. (Oydin) 3. Shuh­rat oshpazga sabzi to‘g‘rashdi. 4. Ot­liqlar qor bosgan qirg‘oq bo‘ylab yarim soatcha kezishdi. (H. G‘ulom) 5. Yi­git yalt etib qo‘shni dalaga qaradi. U yerda xotin-xalaj, bola-chaqa chuvullashib, paxta teri­shayotgan edi. (M. Ismoiliy) 6. Ariqlar bo‘yida o‘tlar ko‘karib, chuch­­mo­malar gullabdi, qizchalar, ukam tengi bolalar to‘p-to‘p bo‘lib jag‘jag‘, otquloq uzishyapti, ko‘k beda terishyapti. (X. To‘xtaboev) 7.Tursunboy qanorni ko‘ta­rishib, mashi­nasining tumshug‘iga olishdi. So‘ngra himo bilan Alijonning orqasiga qo‘ydi. (H. Nu’mon) 8. Karvon ketidan kelayotgan ikki sarboz orqadan eshitilgan nogahoniy chin­qiriqdan baravar to‘xtashdi. (S. Karomatov) 9. Avaz o‘zib ket­moq­chi bo‘ldi. Gulsum undan qolishmadi, baravar, yonma-yon chopishdi. (P. Tur­sun) 10. Kutib turgan xotinlar, Kumushni ko‘rgan on, bir-birlariga qarashib, lablarini tishlash­di. (A. Qodiriy)
Qaysi gaplarda birgalik nisbat shakli “birgalik-ko‘plik”, qaysi gaplarda “bir­galik-yordam­la­shish” ma’nosini ifodalagan?


Download 54,64 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 54,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Fe’l va ravish so‘z turkumlari sifatida Mashgʻulot rejasi

Download 54,64 Kb.