“OILA VA XOTIN-QIZLAR” ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan JHBL-11-sonli “Professional taʼlim muassasalarida yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy loyiha asosida yaratilgan
“YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH”
(maxsus dasturning oʻquv uslubiy majmuasi)
TOSHKENT-2023
Mazkur uslubiy majmua Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yana rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 820-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” yoʻnalishida ishlab chiqilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son, 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son, 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan boʻlib, u zamonaviy talablar asosida nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy hayotning maʼnaviy-axloqiy, huquqiy, psixologik, tibbiy, iqtisodiy, pedagogik aspektlariga doir bilim va kompetensiyalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Uslubiy majmua professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashda o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma sifatida moʻljallangan.
Tuzuvchilar:
O. Musurmonova “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor.
S. Sanaqulov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va ijtimoiy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻlimi boshligʻi.
D. Solixoʻjayeva Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
N. Isroilova Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining ijtimoiy va huquqiy xatar guruhiga kiradigan bolalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi, falsafa fanlar nomzodi
|