|
Oila va xotin-qizlar
|
bet | 2/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)Mas’ul muharrir: O. Yakubov
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy Kengashining 2023-yil... gi...-son majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya qilingan.
M U N D A R I J A
18.Akіmova L. N. Psixologіya seksualnostі. – Odesa: SMIL, 2005. – 198 s. 122
21.Isayev D. N., Kagan V. Ye. Polovoye vospitaniye detey. – L.: “Meditsina”, 1988g – 162 s. 122
KIRISH
Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab boʻlishiga qaramay, ayniqsa, XIX va XX asrlarda roʻy bergan buyuk oʻzgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan oʻz tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtayi nazaridan sogʻ-omon saqlanib qolgan tuzilmadir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan boʻlsak, uni sof psixologik jarayonlar maskani ham deb atash mumkin.
Jamiyatimiz tayanchi boʻlmish oilani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash zamirida yoshlarni Vatanga muhabbat va milliy urf-odatlarimizga xurmat ruhida tarbiyalash, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish kabi ulugʻvor maqsadlar mujassamdir.
Bu borada ayniqsa jamiyatda oila mustahkamligiga erishish uchun nima qilish kerak degan savolga javob berishimiz lozim.
Borliqning erkasi hisoblanmish odamzotning hayotdagi eng katta kashfiyotlardan biri oilaviy turmush desak bu mubolagʻa boʻlmas. Insoniyat hayotini, turmushni ayni vaqtda jamiyatni oilasiz tasavvur qilish amri-mahol. Tabiatning ulugʻ birliklaridan sanalgan oilada sir-sinoat moʻl. Oilani mustahkamlash, asrab – avaylash hayotday zarurdir. Oilani mustahkamlaydigan tomonlardan biri mehr-muhabbat, oʻzaro xurmat va sadoqatlilikdir. Oiladagi er – xotin muhabbati, ular oʻrtasidagi sadoqatda xislat katta, karomat moʻldir.
“Oilalar mustaxkamligini taʼminlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustaxkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan oʻrnini koʻrsatish xamda oila institutining mavqeini oshirish”1 kabi muhim vazifalarni bajarishda oʻzbek xalqining bola tarbiyasiga doir anʼanalari va oila jamoa tarbiyasi jarayonida yuz berayotgan oʻzgarishlarni tatqiq etish muhim axamiyatga ega.
Respublikamizda barcha toifalardagi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarni ijtimoiy-psixologik barqarorligini taʼminlash, oilada sogʻlom ijtimoiy muhitni yaratish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin yosh oilalar ajrimining oshib borishi, yoshlarning oilaga talab darajasida tayyor emasligi, taʼlim muassasalari tarbiyachi-oʻqituvchilari, ota-onalar, yoshlar, mahalla xotin-qizlar faollari va mutasaddi vazirlik va idoralar xodimlarining bu boradagi faoliyatlarini takomillashtirishni taqoza etmoqda.
Institutning tadqiqot natijalariga koʻra nikohdan ajralishlarning asosiy qismi (60,5%) nikohning dastlabki 10 yiligacha boʻlgan davrda qayd etilgan. Nikohdan ajralganlarning har uchtadan bittasini yosh oilalar, yaʼni 1 yilgacha, 1-4 yil oldin tuzilgan er-xotinlik ittifoqi tashkil etadi.
tugallanmagan oliy va umumiy oʻrta maʼlumotlilar oʻrtasida nikohdan ajralishlar soni yuqori surʼatda oʻsmoqda. Soʻnggi uch yilda (2020–2022-yillar) nikohdan ajralishlar soni tugallanmagan oliy maʼlumotli erkaklarda 98,9 foizga, ayollarda esa 2,6-martaga, umumiy oʻrta maʼlumotlilarda esa mos ravishda 52,0 foiz va 2,3-martaga ortgan. Shuningdek, bu davrda oliy maʼlumotlilarda nikohdan ajralishlar soni mos ravishda 23,8 va 62,5 foizga, oʻrta maxsus maʼlumotlilarda 45,9 va 74,5 foizga koʻpaygan.
nikohdan ajrashganlarning qariyb uchdan ikki qismida (65,8%) voyaga yetmagan farzandi boʻlgan. Jumladan, 41,9 foizi bir nafar, 18,1 foizi ikki nafar, 5,9 foizi uch va undan ortiq 16 yoshgacha farzandi bilan ajrashgan;
farzandsiz nikohdan ajrashganlarning asosiy qismi (78%) nikohning dastlabki 10 yiligacha boʻlgan davrida qayd qilingan. Shuningdek, soʻnggi besh yilda 1 yilgacha yashab farzandsiz nikohdan ajrashganlar soni 17,0 foizga, 1-4 yil yashab ajrashganlar 10,3 foizga, 5-9 yil yashab ajrashganlar esa 4,7 foizga oʻsgan.
Ushbu salbiy holatlarning oldini olish yoshlarni ayniqsa, professional taʼlim muassasalarida yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlansa oʻzining ijobiy natijasini berishi tabiiydir. Buning uchun professional taʼlim muassasalarida yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda:
zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila – muqaddas”, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” konseptual gʻoyalarini ularning ongiga singdirib borish;
professional taʼlim muassasalarida yigit va qizlarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash;
professional taʼlim muassasalarida yigit va qizlarda oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5938-son, 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” PF-60-son, 2022-yil
1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-81-son, 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmonlari, 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori, Oʻzbekiston Respublikasmi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 820-son qarori qabul qilindi.
|
| |