-MAVZU. YOSHLARNI FIZIOLOGIK VA JINSIY TARBIYALASHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI




Download 2,57 Mb.
bet14/74
Sana29.01.2024
Hajmi2,57 Mb.
#148139
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Bog'liq
------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

5-MAVZU. YOSHLARNI FIZIOLOGIK VA JINSIY TARBIYALASHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Gender masalasi va jinsiy tarbiya – bu nafaqat fiziologiya, balki insoniy munosabatlar: muhabbat, oila, sadoqat masalasi hamdir. Nihoyat, gender qizlardan ham, oʻgʻil bolalardan ham maqbul xulq-atvorli boʻlishni talab qiladi.3

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy muhitini va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash4 Oʻzbekiston Ryespublikasining eng ustuvor vazifasi deb belgilangan.


Mustaxkam va sogʻlom oila davlat rivojlanishining va sogʻlom jamiyat barpo etishning garovi hisoblanadi. Shuning uchun, oila siyosatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri bu barkamol va sogʻlom shaxsni shakllantirishdan iborat boʻlib, ijtimoiy va jamiyatdagi farovonlikning belgilari ushbu yosh avlodning maʼnaviy, axloqiy, ijtimoiy, intellektual, jismoniy va ruhiy salomatligi mazkur siyosatning muhim vazifalardan biri boʻlib xizmat qiladi.
2022–2026-yillarga moʻljallangan Harakatlar Milliy Strategiyasining ustovor vazifalari etib oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, ularni oilaviy hayotga tayyorlash va ular oʻrtasida oʻzaro doʻstona munosabat va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish etib belgilangan. Jumladan, Harakatlar Milliy Strategiyasining 70-maqsadi etib “Yoshlarning hayoti va sogʻligini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar oʻrtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sogʻlom turmush tarzini mustaxkamlash. Yoshlarning maʼnaviy, intelektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashish” – deb belgilangan.
Yoshlarning jinsiy tarbiyasi va reproduktiv salomatligini muhofaza qilish muammosi ayni damda davlatimiz tomonidan belgilangan dolzarb vazifalardan biriga aylangan boʻlib, ushbu ahamiyatli masala mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining tadqiqot obyekti sifatida tan olinmoqda.

Download 2,57 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Download 2,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU. YOSHLARNI FIZIOLOGIK VA JINSIY TARBIYALASHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Download 2,57 Mb.