|
–Jadval. Oʻgʻil bolalar va qiz bolalarning psixologik xususiyatlari
|
bet | 22/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)2–Jadval. Oʻgʻil bolalar va qiz bolalarning psixologik xususiyatlari
Oʻgʻil bolalar
|
Qizlar
|
0 dan 9 yoshgacha
Bu yoshdagi bolalarning ruxiyatida jinsiy mansubligidan qatʼiy nazar bir-biri va kattalar bilan muloqotga intilish istagi kuzatiladi.
|
0 dan 8 yoshgacha
Qiz bolalarning ruhiyati ham oʻgʻil bolalarniki kabi boʻlib, turli oʻyinlar oʻynashga (argʻimchoq, qoʻgʻirchoqlar) xamda jinsiy mansubligidan qatʼiy nazar bir-biri va kattalar bilan muloqot qilishga intilish istagi kuzatiladi.
|
10 yoshdan 12 yoshgacha
Kichik yoshdagi bolalardan farqli ravishda bu yoshdagi bolalar qizlardan sezilarli darajada uzoqlasha boshlaydi. Ular xuddi “erkak”lar kabi qiziquvchan va ishqibozlikni, (sportga, sanʼatga) mardlik va jasurlikni namoyon etishga intilishdi.
|
9 yoshdan 11 yoshgacha
Qiz bolalar esa ancha oʻzini tutib olgan, tashkilochilik qobiliyatlarini namoyon etgan va oʻz uyidan uzoqda boʻlishga intiluvchanlikni namoyon etishadi. Shaxslararo munosabatlarda moslashuvchan va jamoaga tez qoʻshila oladigan boʻlishadi. Ular oʻziga xos boʻlgan kuchli hissiyotlarga beriluvchan, maqtovni yaxshi koʻradigan, qatʼiy, masxaraomuz soʻzlashuv uslublariga taʼsirchan boʻlishadi. Oʻquvchi qizlar oʻqituvchilari yoxud tengdoshlarini boʻlmagʻur sabablar bilan tanqid qilishadi. Hech qanday sabablarsiz yigʻlashadi, oʻzlariga nisbatan eʼtiborsizlikni yoqtirishmaydi. Bexosdan aytilgan qoʻpol soʻzlarni uzoq muddat qabul qila olishmaydi.
|
13 yoshdan 16 yoshgacha
Psixologik jixatdan ularning ruhiyatida beqarorlik, xatti-xarakatlariga javob bera olmaydigan darajada asabiylik, betoqatlik, qaysarlik kabi xislatlar mazkur yoshda bolalar uchun xarakterlidir. Qizlarni hurmat qilish va ularga eʼtibor berish zamirida ularga intilish alomatlari koʻrinadi.
Oʻz “MEN”ligini namoyon qilish maqsadida goʻyoki erkaklargagina xos boʻlgan mentalitetni – chekish, spirtli ichimlik ichish, erotizm va jinsiy aloqalar xamda seks bilan bogʻlik adabiyotlar va kinofilmlarni koʻrishga xarakat qiladi. Koʻpincha yoshlar jinsiy istaklari bilan ajralib turadilar.
Xarakterlarida buzilishlar sodir boʻladi. Bu davrda yosh yigitlar qulay omillar (sport, sanʼat, doʻstlar bilan uchrashuvlar) taʼsiri ostida ijtimoiy jixatdan yaxshi qirgʻoqqa “bogʻlanadi” va aksincha, turli kompaniyalarning taʼsiri ostida qoladi. Natijada giyoxvandlik, spirtli ichimlikka qaramlik va undan ham yomoni – axloqi buzuq hamroh yoki oʻzidan yoshi katta “oʻrtogʻi” bilan uchrashishlar natijasi sifatida salbiy odatlar va jinsiy hayot toʻgʻrisidagi notoʻgʻri turmush tarzining shakllanishiga sabab boʻladi.
Anatomik-fiziologik jixatdan toʻliq shakllanishga ulgurmagan yigitdan nuqsonli homilaning vujudga kelishiga sabab boʻladi.
|
|
|
| |