|
Oila va xotin-qizlar
|
bet | 23/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)12 yoshdan 14 yoshgacha
Psixologik jihatdan bu bosqichda qizlar “3 oʻlcham”da boʻlishadi: birlari xayolparast, ikkinchilari jizzaki va uchinchilari qoʻpol.
Psixologik jihatdan qizlarning oʻzini tutishida bir muncha oʻzgarishlar kuzatiladi, bular oʻzining tashqi koʻrinishiga boʻlgan eʼtibor, tengdoshlaridan “ajralib turish”ga boʻlgan ehtiyoj, oʻgʻillar jamoasiga boʻlgan qiziqishlar. Xayolparastlik, kayfiyatning oʻzgaruvchanligi, beqarorlik va asabiylik xam ularga xos boʻladi.
18 yoshdan 22 yoshgacha
Psixologik va fiziologik jixatdan toʻla shakllangan yosh organizm oʻz sogʻligiga va kelajak avlodga zarar yetkazmasdan oila qurishi mumkin. Jinsiy hayotning keyingi davrida jinsiy yetilish sodir boʻlmaydi.
Nikoxga jismoniy-gigiyenik va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik koʻrish baxtli oilaviy turmush garovidir.
|
Shunday qilib, oʻgʻil bolalar va qizlarning rivojlanishidagi psixologik va fiziologik xususiyatlarni oʻrganish oʻz vaqtida reproduktiv salomatlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish muhimligini koʻrsatadi.
Reproduktiv salomatlik – bu inson hayotining barcha bosqichlarida reproduktiv tizimga taalluqli boʻlgan jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir. Reproduktiv salomatlik umumiy sogʻliqning muhim qismi boʻlib, hayotning shaxsiy jihatlariga tegishli masala.
Jahon Sogʻliqni Saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, reproduktiv salomatlik – bu reproduktiv soxadagi kasalliklarning kechishi emas balki toʻlaligicha jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati xisoblanadi.
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza
qilish nimani oʻz ichiga oladi?
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
• fuqarolarning reproduktiv salomatligi toʻgʻrisida ishonchli va toʻliq maʼlumot olish;
• homiladorlik, tugʻruq va tugʻruqdan keyingi davrda homiladorlik va tugʻishni asoratlarsiz va buzilishlarsiz taʼminlash boʻyicha faoliyat, protseduralar va xizmatlar;
• reproduktiv tizim kasalliklarining oldini olish va davolash;
• jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarning oldini olish va davolash;
• reproduktiv tizim disfunksiyasining yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlari va oqibatlarini oldini olishga yordam beradigan homiladorlikni sunʼiy ravishda xavfsiz tugatish;
• kontrasepsiya usullari haqida maʼlumot olish va ulardan foydalanish imkoniyati.
“Ayollarning reproduktiv salomatligi” yoki “erkaklar reproduktiv salomatligi” atamasi homilador boʻlish va farzand koʻrish imkoniyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan reproduktiv tizimning har qanday patologiyasi yoʻqligini anglatadi.
|
| |