• Oʻsmir.
  • –Jadval. Qiz va oʻgʻil bolalarning jinsiy rivojlanishi oʻziga xos fiziologik xususiyatlari




    Download 2,57 Mb.
    bet20/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    1–Jadval. Qiz va oʻgʻil bolalarning jinsiy rivojlanishi oʻziga xos fiziologik xususiyatlari

    • Qizlar

    • Oʻgʻil bolalar

    Qiz bolalar oʻgʻil bolalarga qaraganda ancha ilgariroq yetila boshlaydilar, bu esa quyidagicha namoyon boʻladi:

    • 8-10 yoshda tana tuzilishi oʻzgara boshlaydi. Beli va dumba qismi sezilarli toʻlishadi;

    • 9-10 yoshda koʻkraklar rivojlana boshlaydi;

    • 10-11 yoshda qoʻltiq ostida tuklar paydo boʻladi, koʻkraklar oʻsishi davom etadi;

    • 11-12 yoshda birinchi xayz koʻrish sodir boʻlishi mumkin (koʻpincha 13-14 yoshda);

    • 15-16 yoshda hayz koʻrish jarayoni doimiy kechadi.

    Jinsiy rivojlanish bilan bir vaqtda boʻyning oʻsishi kuzatiladi. Boʻy oʻsishining tezligi choʻqqisi 12 yoshga toʻgʻri keladi, ushbu jarayonda yiliga 9 smga boʻy oʻsishi kuzatiladi. 16-18 yoshga kelib boʻyning oʻsishi sekinlashib toʻxtaydi.

    Oʻgʻil bolalarda jinsiy yetilish davri anchagina muddatni oʻz ichiga oladi... Jinsiy yetilish davri 12-14 yoshga toʻgʻri keladi.
    Fiziologik oʻzgarishlar esa quyidagicha kechadi:

    • 10-13 yosh: oʻgʻil bolada shaxs shakllana boshlaydi , xarakteri oʻzgara boshlaydi, ota-onasi va oʻrtoqlaridan uyalish paydoboʻladi;

    • 13-14 yoshda ovozi dagʻallashadi, qoʻltiq ostida tuklar paydo boʻladi, moʻylovi sabza uradi, mushaklar rivojlanadi. Ushbu davrda boʻyi 17-18% oʻsadi, vazni oshadi va boshqa oʻzgarishlar boʻladi.

    Aynan shu yosh davrida oʻgʻil bolalarda sezilarli darajada jinsiy xoxish va seksual energiya oshadi.


    Oʻsmir. 13-15 yoshda bola fiziologik jihatdan ota boʻla oladi. Bola nafaqat biologik, balki ijtimoiy jihatdan ham balogʻat davrini katta voqea ekanligini tushunishi kerak, chunki endi u oʻzining jinsiy xatti-harakatlari uchun javob berishi lozim.
    Xuddi shu yoshdagi qiz bola ham maʼnan va moddiy jihatdan tayyor boʻlmasada ona boʻlishi mumkin.

    • Oʻsmirlik davrida ichki organlarda, ayniqsa yurak-qon tomir tizimida ham oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bu vaqtda quyidagilar paydo boʻlishi mumkin: “oʻsmirlik yurak sindromi”, yaʼni tez yurak urishi, yurak faoliyatida uzilishlar, koʻkrak qafasida ogʻriq hissi, yurak shovqinlari, tebranishlar qon bosimi (balogʻatga yetmagan bolalar gipertoniyasi), toʻsatdan bosh aylanishi, hushidan ketish va boshqalar. Bu hodisalarning aksariyati balogʻat yoshining oxiri bilan izsiz yoʻqoladi, lekin baʼzilari davom etishi va hatto rivojlanishi mumkin.

    • Jinsiy balogʻat davrida bodomsimon bezlarda, burun boʻshligʻida, bronxopulmoner tizimda, buyraklarda va hokazolarda surunkali infeksiya oʻchoqlarining kuchayishi mumkin, chunki organizmdagi chuqur oʻzgarishlar uning himoya kuchlarini zaiflashtiradi. Ammo baʼzi hollarda bu oʻsmirlarning kiyim va poybzalga notoʻgʻri munosabati tufayli kelib chiqishi kuzatiladi. Koʻpgina yoshlar, ayniqsa qizlar ob-havoga mos kiyinmasdan kalta yubka, tor shim, baland poshnali tufli yoxud sovuq havoda bosh kiyimisiz chiqadilar. Bularning bari ular sogʻligiga zarar ekanligini tushunishni istashmaydi.


    • Download 2,57 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    –Jadval. Qiz va oʻgʻil bolalarning jinsiy rivojlanishi oʻziga xos fiziologik xususiyatlari

    Download 2,57 Mb.