• Jinsiy tarbiyaning asosiy maqsadi
  • Jinsiy tarbiya
  • Oila va xotin-qizlar




    Download 2,57 Mb.
    bet16/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    Jinsiy tarbiyani oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash kontekstida koʻrib chiqadigan boʻlsak, u oʻsmirlarni jinsiy hayot, munosabatlar, gender rollari va reproduktiv salomatlik sohalarida tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. U jinsiy hayotning fiziologiyasi va hissiy jihatlari haqida maʼlumot berish, qaror qabul qilish va munosabatlarda chegaralarni belgilash koʻnikmalarini rivojlantirish, erta jinsiy aloqa va uning oldini olish usullari haqida maʼlumot berishni oʻz ichiga oladi.
    Jinsiy tarbiyaning asosiy maqsadi – yaqin munosabatlarda yuksak axloqiy fazilatlarga, bilimlarga, jinsiy aloqaning anatomik, fiziologik va psixologik tomonlariga ega boʻlgan xususiyatlarni bilish, hayot yoʻlidagi juftiga jiddiy munosabatda boʻlish, fiziologik ehtiyojlar va funksional oʻzgarishlarni hurmat qiladigan kelajak oilani shakllantirishdan iborat.
    Jinsiy tarbiya – bu berilgan vazifalarni hal qilishga imkon beradigan bilim va oʻziga xos koʻnikmalar tizimi.
    Jinsiy tarbiyaning vazifalari:
    1. Mustahkam, sogʻlom, doʻstona, ahil oila boʻlish istagini uygʻotish, farzandlar tarbiyasiga ongli munosabatda boʻlish, mustahkam nikoh va oila qurish koʻnikmalarini shakllantirish.
    2. Ota-onalarning bolalarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash koʻnikmalarini va jinsiy tarbiya tushunchasi va jinsiy tarbiyaning ahamiyati haqidagi eʼtiqodlarini yoshligidan rivojlantirish.
    3. Boʻlgʻusi mustaxkam oila asoschilari sifatida ayollar va erkaklarning yaxlit shaxsini tarbiyalash, hayotning barcha jabhalarida oilaviy munosabatlarda turmush oʻrtogʻining fiziologik va psixologik xususiyatlarini yetarli darajada his qila oladigan shaxslarni shakllantirish.
    4. Oʻzining va oʻzgalarning salomatligiga masʼuliyat bilan munosabatda boʻlish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash va saqlash, turli yuqumli kasalliklar, OITS va boshqa jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʻladigan jinsiy aloqaning salbiy oqibatlari haqida bilimlarni shakllantirish.
    5. Erta turmush qurish va jinsiy aloqaning xavfliligi hamda boshqa jins vakillari bilan munosabatlarda masʼuliyatsizlik va beparvolikka yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisidagi eʼtiqodlarni shakllantirish.
    6. Yosh avlodning barkamol rivojlanishiga koʻmaklashish, jinsiy xulq-atvorda axloq meʼyorlarga rioya qilish, ularda har bir harakat uchun ijtimoiy masʼuliyat hissini shakllantirish, “ulgʻayish” tushunchasining mohiyatini, seksologik bilim va jinsiy ongni oshirish.

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




    Download 2,57 Mb.