• O’smirlik yoshining psixologik xususiyatlari
  • Texnologiyalar universiteti pedagogika va psixologiya yo




    Download 72.25 Kb.
    bet1/4
    Sana24.04.2024
    Hajmi72.25 Kb.
    #206189
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Xarakter va shaxs
    Mavzu korxonani boshqarish-azkurs.org, MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR TIZIMIDAGI BOSHQA DAROMAD KO’RSATKICHLARI, O ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI., ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLANI SAMARALI INLYUZIYASI UCHUN TASHQI SHAROITLAR.SHODMONOVA SHOHIDA, Yo\'lda urib o\'tish, (@articles in english), Topic The significane of educational technologies in the develo, 1664180821, QADIMGI MIDIYA, Qadimgi Eron, 1. About modal verbs and how can we use them in oral and written form. Describe multimedia devices, Borliq falsafasi va uning mazmuni, BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI, Arxeologik ekspeditsiyasi va uning faoliyati, Bakteriyalarning faoliyatini jadalashtrish usullari va texnologiyasi

    TOSHKENT XALQARO MOLIYAVIY BOSHQARUV VA
    TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
    PEDAGOGIKA VA
    PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
    (23-10) GURUH TALABASI
    ABDIRAIMOVA AZIZNING UMUMUY PSIXOLOGIYA
    FANIDAN

    MUSTAQIL ISHI


    Toshkent 2024

    Xarakter va shaxs

    Reja:



    1. O’smirlik yoshining psixologik xususiyatlari.

    2. O’smirlarning intelektual rivojlanishi.

    3. O’smirlik davrida shaxsning shakllanishi.

    4. O’smirlik davrida yangi xislatlarning paydo bo’lishi.



    O’smirlik yoshining psixologik xususiyatlari
    O’smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish, asosan, 5-sinlardan boshlanadi. «Endi o’smir bola emas, biroq katga ham emas» - ayni shu ta’rif o’smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o’smir rivojlanishda keskin o’zgarigalar ro’y bera boshlaydi. Bu o’zgarishlar fiziologik hamda psixologik o’zgarishlardir. Fiziologik o’zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bog’liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o’sishi, xo’jayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o’zgarishlar bevosita o’smir endokrin sistemasiniig o’zgarishlari bilan bog’liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipoez bezining funktsiyasi faollashadi. O’smirning faoliyati organizm to’qimalarining o’sishi va muxim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak o’sishi va jinsiy bezlar) ishlashini ko’chaytaradi. Natijada bo’y o’sishi tezlashadi, jinsiy balogatga yetish (jinsiy organlarnint rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo’lishi) amalga oshadi.
    O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o’zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlari va o’qituvchilariga ko’rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo’li bilan ham osongina ko’rish mumkin, o’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib, o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Bu davrda o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar taraqiyotida hali o’z o’rnini topa olmagan holatda bo’ladi.
    O’smirlik davri «O’tish davri», “Krizis davr”, «Qiyin dayar» kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o’smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o’z o’rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O’z davrida L.S, Vigotskky bunday holatni «Stenik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. O’smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo’lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo’lmaydi. Jinsiy yetilish o’smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil siatida ta’sir ko’rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko’proq bilvositadir o’smirlik davriga ko’pincha so’zga kirmaslik, o’jarlik, tajanglik, o’z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi xususiyatlar xos.
    Kattalarga nisbatan yovuz munosabatning paydo bo’lishi, noxush xulq-atvor alomatlari jinsiy yetilish tufayli paydo bo’ladigan belgilar bo’lmay, balki ular bilvosita ta’sir kursatadigan, o’smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi orqali uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o’zgartirish yo’li bilan o’smirlarning xulq-atvoriga to’gridan-to’gri ta’sir ko’rsatash mumkin. O’smirlar nihoyatda taqlidchan bo’lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo’ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo’ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tanglik ham xosdir.
    Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o’smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga. sabab bo’ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo’ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrodagi kattalarning, shuningdek, ustozlarning to’g’ri yo’lni ko’rsatishlariga qarama, o’z fikrlarini o’tkazishga harakat qiladilar. Juda ko’p o’smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qoladilar. Katta odam, shuningdek chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o’zini qulay his qiladi. Bunday holatlarga tushgan o’smir juda tashvishga tushadi va unda krizis holati yuzaga keladi. Bu krizis o’smirning ma’naviy o’sishi, shuningdek psixikasidagi o’zgarishlar bilan ham bogliqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o’zgaradi, O’zining yaqinlari, do’stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o’zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko’pgina o’smirlarda o’zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o’zi haqidaga mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga to’g’ri kelmayotganligi o’smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o’smirda o’zi haqida salbiy fikr va qo’rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o’smirlarni nima uchun atrofdagilar kattalar shuningdek ota-onasiga qarshi chiqayotynligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo’ladi va o’smirlik davri krizisi deyiladi.
    O’smirlik davrida yetakchi faoliyat - bu o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. o’smirlik davri muloqotining asosiy vaziasi - bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. o’smirlar mo’loqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to’la o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi.
    O’smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti ularning katta bo’lganlik hissi asosida tuzilgan bo’ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan haq-huquqlarini cheklashlariga, qarshilik va e’tirozlariga qattiq qayguradilar. Lekin shunga qaramasdan u muloqotda kattalarning qo’llab-quvvatlashlariga ehtayoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o’smirga kattalarni yaxshiroq tujunishlari uchun yordam beradi. O’smir o’zida bo’layotgan o’zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan bo’lishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo’lib o’zi boshlamaydi. O’smir o’ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosabatiga qattiq norozilik bildiradi. O’smirlar mo’loqoti nihoyatda o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. O’smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko’pincha ular o’zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlidchanlik qiladilar.
    Qayd etib o’tilgan yo’nalganlik, albatta, kattalarning ham muloqot va munosabatida mavjud, lekin ular kattalarnikidan o’z emotsionalligi bilan farqlanadi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari guruxida o’smir o’zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo’ladi. O’smir o’z guruhiga bogliq va qaram bo’lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo’shilishiga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo’ladi. Guruh ko’pincha o’smirda «Biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. O’smir yoshidagi bola uchun do’st tanlash juda katta ahamiyatga ega. O’smirlik davrida do’st juda qadrli hisoblanadi. Do’stlar doimiy ravishda ruhan qalban yaqin bo’lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o’smir do’stlarning hol-ahvol so’rashishi va ko’rishishlarida (qo’l berib, quchoq ochib ko’rishish) birga o’tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko’rinadi. Ko’pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o’smirlarning shaxs bo’lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining o’zi inson qalbida va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
    O’smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o’smir yoshdagilarga ta’sir ko’rsatishi, Ta’lim berishi uchun eng qulay sharoit — bu umumiy mehnat bilan shug’ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo’lish rollaridan qoniqsalar, o’smirlar, ayniqsa o’smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko’rsatayotganlaridan lozim bo’lganda ularning o’rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Kattalar o’smirlar bilan do’stona, uni to’la tushunadigan va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o’smirlar ijobiy qaraydilar, Lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday holda ular to’la qarshilik ko’rsatadilar. Bu qarshlik ko’pincha salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatni ham yuzaga keltirishi mumkin, Bu holat ko’pincha ota-onasi avtoritar munosabatda bo’luvchi oilalarda uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o’smirlar hayotida mustaqil holda harakat qilnshlari, o’z rejalarini amalga oshirishlari qiyin mas’uliyat tuyishga o’z zimmalariga olishlari birmuncha qiyinroq. Ular ko’pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar.
    O’smirlik davrida bolalarning atrodagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo’ladigan munosabatlaridagi mavqei o’zgaradi. Endi o’smirlar o’yin xamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko’proq jiddiy ishlar bilan shug’ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. O’qish o’smirlar hayogida katta o’rinni egallaydi. o’smirlar o’qishidaga asosiy motiv: bu ularning ulg’ayayotganliklarini his ettiradigan, anglatadigan o’qish turlariga tayyorlanayotganlaridir. Ular uchun mashg’ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o’smirlargshig fanlarni muvaaqiyatli o’zlashtirishlari, qiziqishlarining ortirishlari o’qituvchining o’quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog’liq.
    Bilim o’rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o’quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o’qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o’smirning hayotay rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bogliq bo’ladi. Aynan o’smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga aloxida ehtiyoj sezadilar va bunga xarakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo’ladi. Bilim o’smirlarga alohida bir quvonch bag’ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
    O’smirlarning o’quv materiallarini faqat mexanik xotiraga asoslanishlari xalaqit berishlari mumkin. Bu davrda o’quvchilarga beriladigan o’quv materialining hajmi katta bo’lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo’li bilan o’zlashtarishi qiyin. Buning uchun o’quvchi o’quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muxim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari o’zgaradi, lekin bu o’zgarish bolaning o’ziga va atrodagilarga sezilmagan xolda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o’zgarishlar atrodagalarga sezilarli darajada bo’ladi.
    O’smirlik davrida bolani anglashi va o’z-o’zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. O’yin faoliyati asta-sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O’smirlik davrida o’z faoliyatini nazorat etash rivojlana boshlaydi va o’zini-o’zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so’z bilan aytganda, o’smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri xisoblanadi.
    O‘smirlik Yoshidagi o‘quvchilarning xulq-atvor xususiyatlari
    O‘smirlik 10-11 Yoshlardan 14-15 Yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy etilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmokda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik Yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu Yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga karab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi.
    Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘prok darajada sodir bo‘ladi. O‘g‘il bolalarning tovushi vazminrok bo‘lib qoladi, do‘rillaydi.
    Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o‘ssa ham, mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish sur’ati orqada qoladi. O‘smirlarda bu xususiyat ularning beso‘naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo‘pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bo‘ladi.
    Fiziologik o‘zgarish jinsiy etilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga etish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘lishi) amalga oshadi. Ko‘krak qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o‘smirlarning elkasi, ko‘kragi tor bo‘lib qoladi, bu esa o‘z navbatida kislorod etishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod etishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur etadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba’zi qon bosimining ortishi ro‘y beradi.
    Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. O‘smirlik Yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy etilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy etilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir.
    O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. CHunki, bu Yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik Yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi.
    Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta Yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining Yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar.
    O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu davrga kelib uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdoshlariga bog‘liq bo‘lmay qoladi. O‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni majbur qilmoqchi bo‘lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va o‘z fikrida qat’iy turib himoya qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning elementlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o‘smirlar hayotiga xos xususiyatlardir. O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonliklarini, atrofdagilar orasidagi obro‘larini ko‘radilar hamda havas qiladilar.O‘smirda katta Yoshli odam bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta Yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo bo‘ladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib ko‘rinadi. O‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va boshqa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi.
    O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta Yoshli odamlar ega bo‘lgan ham­ma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga inti­ladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo‘lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga kel­tiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» fakat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kerak» bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo‘lgan munosabat haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
    O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.
    O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O‘smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, Shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, Shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’­sir qiladimi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq.
    O‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik bag‘ishlasa, bunday hollarda uning ba’zi bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bo‘lgan tasodifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqga, undan keyin ehtiros yoki odatga aylanishi mumkin. Ana shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan, matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, bezorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib qolishlarn mumkin.
    «O‘smirlik Yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir birmuncha faolroq ijtimoiy muhitga etilgan bo‘lib, bolalik chog‘ida vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun kurasha boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan tevarak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi.


    Download 72.25 Kb.
      1   2   3   4




    Download 72.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalar universiteti pedagogika va psixologiya yo

    Download 72.25 Kb.