• Jinsiy tarbiya
  • Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi 528-sonli qonunining




    Download 2,57 Mb.
    bet15/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi 528-sonli qonunining qabul qilinishi shunining dalilidir. Mazkur qonunning 13-moddasida “Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash” masalasiga bagʻishlangan boʻlib, unda yosh avlodning reproduktiv salomatligini saqlash borasidagi vazifalar alohida belgilab berilgan. Jumladan “Tibbiy – profilatika tadbirlarini, shu jumladan reproduktiv aʼzolar patologiyasini, shuningdek irsiy kasalliklarni aniqlashga qaratilgan tibbiy-profilaktika tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish” zaruriyati belgilangan. Shuningdek ushbu moddada “Voyaga yetmagan shaxslarni reproduktiv salomatlikni saqlash masalalari boʻyicha tarbiyalash, oʻqitish hamda ularga axborot berish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash tegishincha oilada, taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarida amalga oshiriladi” – deb taʼkidlangan. Shu sababdan reproduktiv salomatlik, jumladan jinsiy tarbiya masalalari boʻyicha oʻqitish taʼlimni va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari bilan birgalikda voyaga yetmagan shaxslarning yoshi, psixologik va jismoniy oʻziga xosliklarini hisobga olgan holda, ularning oilalari bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan, maxsus tasdiqlangan dasturlarga koʻra amalga oshiriladi.
    Yuqorida qayd etib oʻtilgan normativ-huquqiy hujjatlar oʻsib kelayotgan yosh avlodning reproduktiv salomatligini saqlash, gender masalalariga toʻgʻri yondashishlariga, ota-onalar, pedagoglar va tibbiy xodimlarning jinsiy tarbiya masalasidagi masʼuliyatini oshirishga hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
    Nikoh va oilaning barqaror mavjudligini yaratish uchun jinsiy tarbiyaning asosiy sharti yoshlarning axloqiy saviyasini oshirish va ularning axloq meʼyorlaridan xabardorligini taʼminlashdan iborat. Yoshlar axloqiy ongining, shu jumladan jinsiy munosabatlardagi ongining rivojlanishi darajasi uning hayotiy faolligini va oilaviy munosabatlar sohasidagi xatti-harakatlarida aks etadi. Shuning uchun jinsiy tarbiyaga axloqiy tarbiyaning muhim boʻlimi sifatida qaraladi.
    Jinsiy tarbiya keng maʼnoda – bu gender munosabatlarining mohiyatini toʻgʻri tushunishni shakllantirish va xulq-atvor normalarini tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan pedagogik, tibbiy, psixologik, huquqiy va axborot-maʼrifiy tadbirlar tizimi.

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi 528-sonli qonunining

    Download 2,57 Mb.