• O‘zgarmas tok ta’rifi, elementlari, iste’molchilarini turlari.
  • Elektrotexnika fanidan yakuniy nazorat savollari




    Download 59.04 Kb.
    bet1/22
    Sana07.04.2024
    Hajmi59.04 Kb.
    #190589
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    Elektrotexnika fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.org
    lab 3 (2)

    Elektrotexnika fanidan yakuniy nazorat savollari

    ELEKTROTEXNIKA FANIDAN YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI:


    1. Elektrotexnika fani tarixining predmeti va strukturasi.
      tayanch iboralar: (asosiy bo‘limlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar, elektr va megnetizm)


    Javob:Elektrotexnika (elektro... va texnika) — fan va texnikaning energiyani oʻzgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi sohasi.
    Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi E.ning yaratilishiga olib keldi. 17—18-asrlarda chex fizigi P. Divish, rus fizigi G.V. Rixman, M.V. Lomonosov, Sh.O. Kulon va boshqalar ning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bagʻishlandi. Birinchi uzluksiz tok manbai — volʼt ustuni, keyinchalik ancha mukammal galvanik elementlarning paydo boʻlishi E.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 19-asrning birinchi yarmida elektr tokiga bogʻliq boʻlgan kimyoviy, issiqlik, yorugʻlik va magnit hodisalariga doir koʻpgina tadqiqot ishlari oʻtkazildi. Shu davrda elektrodinamikaga asos solindi, elektr zanjirining muhim qonuni — Om konuni kashf qilindi.


    1. O‘zgarmas tok ta’rifi, elementlari, iste’molchilarini turlari. tayanch iboralar: (O‘zgarmas tok ta’rifi, elementlari, iste’molchilarini turlari, o‘zgarmas tok manbaalari)

    Javob:Oʻzgarmas tok— tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunidan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi.





    1. Download 59.04 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 59.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrotexnika fanidan yakuniy nazorat savollari

    Download 59.04 Kb.