• 4. Oila aʼzolari oʻrtasida oilaviy majburiyatlar taqsimoti va tomonlar huquqlari
  • Oiladagi jinslararo munosabatlar




    Download 2,57 Mb.
    bet11/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    2. Oiladagi jinslararo munosabatlar: jinsiy tarbiya asoslari, jinslar psixologiyasi va salomatligi boʻyicha bilimlarni egallash, nikohni ulugʻlash, nikohdagi halollik va sadoqat, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni anʼanaga aylantirish, ona salomatligiga muqaddas munosabat, farzand tugʻilishi va uning salomatligi, oʻzini va oila aʼzolarini zararli koʻnikmalardan asrash, maʼnaviy barkamollik, sogʻlom turmush tarzi asosidagi axloq normalari, inson psixologiyasi boʻyicha bilimlarga ega boʻlish; psixologik turlarni ajrata bilish, psixologik taʼsir oʻtkazish omillarini egallash, psixologik muvozanat sirlarini egallash.
    3. Oila axloqi va estetikasi: oilada oʻzaro munosabatlar va muloqot madaniyati, tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, tibbiy va maʼnaviy sogʻlomik, jismoniy va ruhiy barkamollik, yetakchilik va tadbirkorlik, oʻzaro muhabbat, adolat, insonparvarlik, insoniylik, toʻgʻrilik, kamtarlik, samimiylik, ota-onaga hurmat, mehr-muruvvat, sahovat, bagʻrikenglik, sadoqat, vafodorlik, gunoh ishlardan qochish, sabr-toqat, oʻz vaʼdasi ustidan chiqish, ilmli boʻlish, ayollarni qadrlash, iffat, rostgoʻylik, pokizalik, halollik, himmat va bardoshlilik, xushxulqlilik, shukr, hayo, tejamkorlik, halimlik, viqor, rahm-shafqat, onalik mehri, maʼnaviy barkamollik, axloqiy poklik va vafodorlik, mehr va muruvvatga asoslangan oilaviy muloqot madaniyati, jamaot ishlari va oila taraqqiyotida tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, maʼnaviy-mafkuraviy sogʻlomlik, inson erkini hurmatlash, har bir insonning takrorlanmasligini tan olish va eʼzozlash.
    4. Oila aʼzolari oʻrtasida oilaviy majburiyatlar taqsimoti va tomonlar huquqlari: oila va oilaviy majburiyatlar, ayol va erkak majburiyatlariga doir zamonaviy steriotiplar, zamonaviy oila va oila aʼzolari majburiyatlari, oilada kim pul topishi kerakligi, oila mablagʻlarini qanday taqsimlash zarur, oila va ovqatlanishtalablari, oila aʼzolarining huquq va majburiyatlarini toʻgʻri anglash, er va xotin huquqlari kafolatlarini bilish, oila huquqi boʻyicha qonunchilik tizimi bergan imtiyozlardan toʻgʻri foydalana olish, din, oila va inson huquqlari masalasi, turmush qurayotgan yoshlarning oilalari oʻzaro muvofiq boʻlishiga erishish, oila qurishda tomonlar erkinligi huquqini toʻgʻri anglash, ayolning mehnat, dam olish, onalik va bolalik muhofazasi, erkak va ayol mehnat muhofazasi, ayolning xomiladorlik boʻyicha muhofazasi, oila qurish tartibi, shuningdek ajrim huquqi, ajrim holatidagi tomonlar huquqlari boʻyicha qonun hujjatlarini bilish va amalda qoʻllay olish, oilada gender tenglik, jinslar oʻrtasidagi farqlarni anglash, gender tarbiya masalalarini bilish, gender muhofaza qonunlarini tadbiq eta bilish.

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




    Download 2,57 Mb.