|
Oila maʼnaviyatining asosiy mazmuni
|
bet | 8/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)Oila maʼnaviyatining asosiy mazmuni. Milliy va sulolaviy qadriyatlar asosida er-xotin, ota-ona va farzandlar, qaynona-kelin oʻrtasida oʻzaro maʼnaviy-axloqiy munosabatlarga koʻra kundalik hayot tartib-qoidalariga rioya etish, oila anʼanalariga muhabbat, sadoqat; bir biriga nisbatan qadr-qimmatlilik, kamtarlik, sabr-toqatlilik; har qanday vaziyatda oʻzini maʼnaviyatini namoyon eta bilish;
muloqot madaniyati, ongli intizom, milliy odob doirasida soʻzlash, sermulohazalilik;
saranjom-sarishtalilik, orastalilik;
turli noaxloqiy illatlardan xolis boʻlish;
eʼtiqodlilik, milliy iftixor tuygʻusiga ega boʻlish, yurish-turish, hatti-harakat qoidalariga, sogʻlom turmush tarzi (kiyinish, ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, jismoniy salomatlikni saqlash) qoidalariga amal qilish;
roʻgʻorshunoslik madaniyatiga amal qilish, kattalarga izzatda va kichiklarga nisbatan eʼtiborda boʻlish;
adabiyot va sanʼatga muhabbatni namoyon etish;
turli millat urf-odatlari, anʼanalari, tili, dini va madaniyatiga hurmat, bagʻrikenglik;
mehnat madaniyati va b. q. iboratdir.
Bizning nazarimizda oilaviy qadriyatlarning maqsadi yuqoridagi komponentlarni oilaning har bir aʼzosi oʻz hatti-harakati, xulq-atvori, yurish-turishi, kiyinishi orqali kundalik faoliyatida ongli ravishda namoyon etishdan iboratdir.
Har bir oilaviy qadriyatning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlib, ularga amal qilish oila maʼnaviyatini shakllantirishning omili hisoblanadi. Masalan, har bir millatning, har bir xalqning oʻz milliy libos qadriyati mavjud boʻlib, u jamiyat, mamlakat, millat va shaxsning imijini belgilovchi mezonlardan biri hisoblanadi. Liboslarning milliy qadriyat sifatida shakllanishi uzoq tarixiy taraqqiyotga ega boʻlib, xalqning, millatning “Milliy qiyofasi” yaʼni, imijini namoyon etadi. Liboslarda har bir xalqning ruhiyati, maʼnaviy dunyosi, kayfiyati, turmush tarzi namoyon boʻladi. Milliy liboslar har bir hudud xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, psixologiyasi, maʼnaviy dunyosi, geografik va demografik holatidan kelib chiqqan holda bir-birlaridan farqli va betakror egaligini kuzatish mumkin.
Hatto oʻzbekning milliy bosh kiyimi boʻlgan doʻppilarda ham farq bor. Margʻilon, Andijon, Qoʻqon, Toshkent kabi koʻhna madaniy markazlar boʻlgan shaharlarimizda tayyorlanuvchi bu milliy bosh kiyimlar shu shaharlar nomi bilan bogʻlangan holda ataladi.
Milliy liboslar vositasida millatlar bir-birlari, Vatani, hududi haqida toʻliq tasovvurga ega boʻladilar. Milliy liboslar orqali xorijiy mamlakat fuqarolari Oʻzbekiston haqida toʻliq tasovvurga ega boʻladi. Xorijiy mamlakatlarda doʻppi, milliy kiyimlarimizda faxr bilan yurgan vatandoshlarimizni koʻrib ham bundan ibrat olish mumkin.
Kiyim kiyishda materiallarni, kiyim andozalarini tanlash ham kiyinish madaniyatining asosiy talablaridan hisoblanadi. Ayol yoki erkak kishi kiyim ranglari va turlarini tanlar ekan oʻzining boʻyi-basti, qaddi-qomati, yuz tuzulishi, teri rangi, yurish haraktlari, soch rangi, koʻz rangiga eʼtibor beriladi.
Ayniqsa, milliy va zamonaviy dizayn uygʻun boʻlgan liboslar qanchalik kishiga koʻrk bagʻishlaydi, har bir millat asl milliylik xususiyatlarini saqlab qoladi. Shuning uchun xotin-qizlar milliy qadriyatlarimiz, xususan, bugungi voqelikni inobatga olgan holda kiyinish madaniyatiga rioya etishlari maqsadga muvofiq.
Milliy liboslarda yurishning oʻz udumlari mavjud. Jumladan, milliy matolardan tikilgan uy kiyimlari, toʻy-maʼraka kiyimlari, ibodat kiyimlari, safar kiyimlari, dam olish kiyimlari, sport kiyimlari, ish kiyimlari urfga kirgan boʻlib, barcha fasllar, toʻy va oilaviy marosimlarda har biridan foydalishning oʻz vaqti, talablari va muddati mavjud.
|
| |