1. Ayollar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash




Download 48,27 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi48,27 Kb.
#101718
Bog'liq
ayollar


AYOLLAR KIYIMLARI UCHUN FASON VA GAZLAMA TANLASH ANDOZA TAYORLASH ANDOZA FASON CHIZIQLARINI KIRITISH ANDOZANI GAZLAMAGA JOYLASHTIRISH BICHISH VA TIKISH TEXNOLOGIK XARITA YARATISH

REJA:
1. Ayollar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash


2. Andoza tayorlash andoza fason chiziqlarini kiritish
3. Andozani gazlamaga joylashtirish bichish va tikish texnologik xarita yaratish
Kiyim inson tanasini atrof muhitning har xil ta’sirlaridan asrash vositasi sifatida paydo bo’lgan.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kiyim deb, o’simlik, hayvonot va sun’iy materiallardan tayyorlanadigan va odamni atrof-muhitning nomaqbul ta’sirlaridan asraydigan, organizmning normal sog’lom holatini saqlaydigan va bezak vazifasini o’taydigan har xil narsalar aytiladi.


Kiyim insoniyat moddiy madaniyatining elementlaridan biri hisoblanadi.
Kiyimni konstruktsiyalash-bu murakkab jarayon. Bu tikuvchilik buyumlarini loyihalash umumiy jarayonning tarkibiy qismi bo’lib, bu ishda model’er-rassomlar, konstruktsiyalar, materialshunoslar, texnologlar singari ko’plab mutaxassislar mehnat qiladi.
Konstruktsiya asosining chizmasini hisoblash va tuzish metodini tanlash ishlab chiqarish spetsifikatsiyasiga bog’liq.
Kiyimning yakka buyurtma yo’li bilan bilan tikishda o’lchab-hisoblab konstruktsiyalash metodi juda mos keladi, chunki bu metod aniq o’lchangan tufayli gavdaning oziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. Hozirgi vaqtdagi hamma o’lchab-hisoblab va proportsional-hisoblab tuzishmetodlari kiyim bo’laklarini chizmasini tuzishning tarkibiy usulidir. Yangi modelning manekenda yoki gavdada yaxshi turishiga kiyimni kiydirib ko’rish yo’li bilan erishiladi.
164-96-100 razmerining qomatdan olingan o’lchamlari
Ayollar kiyimlari kiyimlari uchun texnologik xarita yaratishBugungi kunda jahon bozorida tabiiy mahsulotlarga talab juda katta. Shu bois Respublikamizda mahalliy tabiiy xomashyodan ishlab chiqariladigan tikuvchilik mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, kiyim strukturasini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash, raqobatbardosh va xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bugungi kunda dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Respublikamizning tikuvchilik korxonalarida yangi texnika va ilg‘or texnologiyani joriy etish, yangi majmua mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni qo‘llash, yangi materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda yangi kichik korxonalar barpo etish ishlarini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. Tayyor kiyim yuqori sifatli va ishlab chiqarish jihatidan samarali bo‘lishi uchun unga loyihalash bosqichidayoq zamin yaratish lozim. Kiyimni konstruksiyalash loyihalashning eng muhim qismi bo‘lib, u badiiy konstruktorlik va texnik vazifalarining yechimini o‘z ichiga qamrab oladi. Yetakchi tarmqolar tajribasidan ma’lum avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini yaratish va amaliyotda qo‘llash loyihalash jarayonini takomillashtirishning taraqqiyoti va perspektiv asosi hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining asosiy maqsadi — sifatni yaxshilash, moddiy harajatlarni kamaytirish va loyihalash muddatlarini qisqartirishdir. Modaning almashib turishi, kiyimning eng muhim fazilatlaridan biridir. Har bir yangi tavsiya etilgan kiyim modeli uchun baza asosi konstruksiyasini yaratish birmuncha murakkab vazifa hisoblanadi. Ishni yengillashtirishda har xil va baza konstruksiyalardan foydalaniladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma, kiyim haqida umumiy ma’lumot, uning tasnifi, kiyimga qo‘yiladigan talablar, kiyimni konstruksiyalash, kiyimning tashqi ko‘rinishi, tuzilishiga doir badiiy va texnik masalalar yechimini o‘z ichiga olgan. Kiyimning shakli. Shakl buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydi. Zamonaviy kiyim yumshoq va egiluvchan bo‘lgani sababli o‘z shakliga ega emas. Shu bois kiyimning shakli deganda, uning odam tanasida hosil qilgan konfiguratsiya tushuniladi. Shaklni, asosan, uning tuzilishi konfiguratsiya yuzasining ko‘rinishi tavsiflaydi. Bu xususiyatlarning parametrlari o‘zgarib turadi. Ular modaga, yil fasli, yoshga, tana o‘lchamlari, shaklga, kiyim turi va materialiga hamda estetik talablarga bog‘liqdir. Shakllar tuzilish bo‘yicha oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy shakl bir bo‘lakdan iborat. Masalan: yubka yoki ko‘ylak. Murakkab shakl yagona yaxlitlikni tashkil etgan 6 obrazli solishtiriladi. Shakl konfiguratsiya, rasm, surat, skulptura shaklidagi tasvirlar orqali grafik tarzda ifodalanadi. Siluet hajmiy shaklning soddalashtirilgan ramziy ifodasi. Kiyimning asosiy siluetlari gavdaga nisbatan (tanaga yaqinlik darajasi) va geometrik shakliga ko‘ra tasniflanadi. Tanaga yaqinlik darajasi bo‘yicha siluetlar quyidagicha farqlanadi: — yopishgan; — belga yopishgan (lif va yubka turli hajmiylikka ega); — sal yopishgan; — to‘g‘ri; — kengaygan; — toraygan. Geometrik shakl ko‘rinishi bo‘icha: — to‘g‘ri to‘rtburchakli; — trapetsiyasimon; — sal yopishgan; X — iks shaklida; — ovalsimon. Yopishgan siluet tana shaklini yaqqol ko‘rsatish bilan tavsiflanadi. Belga yopishgan siluetli kiyimning belga zich yopishganligi bilan tavsiflanadi, shu bilan bir paytda, lifning shakli, yopishgan holatdan juda kengaytirilgan holatgacha o‘zgarishi mumkin. Yubkada ham katta o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin: etak tomoni toraytirilgan yoki belga burma berib juda kengaytirilgan. Ushbu siluetga bel chizig‘ining holati aniq belgilanishi lozim. Sal yopishgan siluet ko‘krakka ravonlik, belga bo‘shroq o‘tirishi va etakning me’yor bilan kengayganligi orqali tavsiflanadi. Belga yopishganlik darajasi gavdaning xususiyatiga ham bog‘liq. Maslan, beli bilinmaydigan gavdalar uchun konstruksiyada bel chizig‘iga beriladigan to‘kislik qo‘- shimchasi, yopishgan siluet qo‘shimchasiga teng bo‘lishi 7 mumkin. Bu holda kiyim shakli sal yopishgan siluetday ko‘rinadi. Chunki, bel chizig‘iga eng ko‘p yopishgan muayyan nuqta sezilmaydi. Yon chiziqlar va bo‘rtma choklar chiziqlarining konfiguratsiyasi moda yo‘nalishiga bog‘liq holda farqlansa ham bel qismida doim ravon shaklga ega bo‘ladi. Sal yopishgan siluet gavdaning konturini takrorlasa ham uni bo‘rttirib ko‘rsatmaydi. To‘g‘ri siluet shaklan to‘g‘ri to‘rtburchakka juda yaqin. Bu guruhga hajmi katta kiyimlar ham kirishi mumkin. Kengaygan siluetga doir kiyimlarning tepa qismi hajman katta bo‘lmaydi, lekin etakning pastki qismi kengaytiriladi. Ba’zan ushbu siluet trapetsiyasimon deyiladi. Siluetning barcha turlarida ko‘krak chizig‘idan pastroqda ma’lum darajada to‘kislik nazarda tutiladi. Moda yo‘nalishiga bog‘liq holda siluetning kengayish darajasi hamda kengayishning boshlanish nuqtasi yelkadan, o‘mizning o‘rtasidan, ko‘krak chizig‘idan va undan pastroqda bo‘lishi mumkin. Konstruksiya — biror narsaning qurilishi yoki tuzilishini anglatadi. Kiyimning tuzilishiga bog‘liq holda bichilgan va bichilmagan kiyim konstruksiyalari mavjud. Bichilgan kiyim konstruksiyalari bir-biri bilan berilgan tartibda ulanib, kerakli shakl hosil qiluvchi muayyan konfiguratsiya va o‘lchamga ega bo‘lgan detallardan tuziladi. Tekis material konstruktiv chiziqlar yordamida asosiy detallarga bo‘lib olinadi. Konstruktiv chiziqlar kiyimning shaklini hosil qiluvchi va ko‘pincha dekorativ ko‘rinish bermaydigan kiyim detallarining kontur chiziqlaridir. Odamning anatomik tuzilishi va tanasining hajmi kiyimni konstruktiv chiziqlar yordamida asosiy detallarga bo‘lishni taqozo etadi. Shu bois konstruktiv chiziqlar, ko‘pincha tananing chiqqan yoki botiq joylariga yaqin yon satxi bo‘ylab yoki unga ko‘ndalang holda o‘tadi. Yelkali kiyimlarning asosiy detallariga orqa, old bo‘lak, yeng va yoqa kiradi. Kiyim — odam tanasiga kiyiladigan buyumlar majmuasi (ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyim va hokazo). Odamning zamonaviy kiyimi ko‘p vazifali bo‘lib, ular quyidagi struktura bilan ifodalanadi (1-rasm). Rasmdan ko‘rinib turibdiki, birinchi pog‘onada kiyim vazifalari ikkiga bo‘linadi: utilitar va axborot — estetik. Utilitar vazifalar muhofaza va fiziologik-gigiyenik vazifalarga, axborot-estetik vazifalar esa alohida-alohida axborot va estetik vazifalarga bo‘linadi. Muhofaza vazifalariga noqulay iqlimiy shart-sharoitlardan muhofaza, mexanik ta’sirlardan muhofaza, ishlabchiqarishning zararli ta’sirilaridan muhofazalar kiradi. 1-rasm. Kiyim vazifalari. 9 Fiziologik-gigiyenik vazifalarga kiyimning statika ham dinamikada qulayligi va kiyim ostidagi mikroiqlimning mukammalligi kiradi. Axborot vazifalari odam haqida axborot va kiyim haqida axborotni o‘z ichiga oladi. Kiyimning odam tashqi ko‘rinishiga mosligi, kiyim kompozitsiyasining ko‘rkamligi va kiyimning tovar ko‘rinishi estetik vazifalarni tashkil etadi.Kiyim
razmerlarini belgilash. Tikuvchilik sanoati chiqaradigan
barcha ayollar ust kiyimlari 61 razmerda, erkaklar kiyimlari esa 57 xil
razmerda belgilangan.
Kattalar kiyimida razmer ko‘rsatkichlari yetakchi o‘lchamlaming
to‘la qiymatlari orqali belgilanadi: bo‘y, ko‘krak aylanasi uchinchi,
bo‘ksa aylanasi — ayollar kiyimi uchun; bo‘y, ko‘krak aylanasi uchinchi
va bel aylanasi — erkaklar kiyimi uchun..Gazlamaning ikkala tomonini yaxshilab qarab, nuqsonlari: tugunchalari,
teshikchalari, dog'lari, gulidagi uzilishlar va boshqa nuqsonlar bo'r yoki qaviq bilan
belgilanadi. Bichayotganda bu nuqsonlar chiqarib yuboriladi yoki sezilmaydigan
joylarga ishlatilib yuboriladi.
Modellar tanlashda moda yo'nalishiga, gazlama rangiga, qalin-yupqaligiga,
tolaviy tarkibiga, naqshiga, sidirg'a gazlamalar uchun qo'shimcha
ishlatiladigan bezaklarga, munchoqlarga e'tibor berishimiz kerak.ANDAZA (forscha — o’lchov, qolip) — namuna, nusxa. Qog’oz, karton va hokazolardan maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl ko’chirish uchun ishlatiladi. Andazaning turlari ko’p. Chunonchi: a) libos da old Andaza, orqa Andaza, eng Andaza, yoqa Andaza, ko’krak Andaza; 6) poyabzalda qo’nj Andaza, sog’ Andaza, betlik (bosh) Andaza, gulchin Andaza, tagcharm Andaza, poshna Andaza va hokazolar. Andaza olish, tayyorlash yoki Andazalash — kiyim bichiladigan gazlamaning ustiga Andaza shaklini tushirish; Andaza qirqish — belgilangan chiziqlar ustidan qaychi bilan qirqish. Kashtachilikda qog’oz yoki kartondan chizmakash, rassom chizgan naqshga muvofiq qirqib tayyorlangan gul ham Andaza deb ataladi.
Download 48,27 Kb.




Download 48,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ayollar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash

Download 48,27 Kb.