|
Pulni foizlar yoki ustamalar bilan yoxud bunday shartlarsiz qaytarish sharti
|
bet | 1/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 349,08 Kb. | | #246101 |
Bog'liq Depozit omonot tushunchasi
Depozit omonot tushunchasi
Bank omonati (depozit) – milliy yoki xorijiy valyutadagi pul summasi bo‘lib, bank va mijoz o‘rtasida kelishilgan muddatlarda pulni foizlar yoki ustamalar bilan yoxud bunday shartlarsiz qaytarish sharti bilan beriladi.
Bank omonati ochish uchun bankka faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
Bank omonati shartnomasi bank va mijozlar o‘rtasida yozma shaklda tuzilib, bir nusxasi omonatchida qoladi.
Har qanday muomalaga layoqatli shaxs o‘z nomiga yoki boshqa shaxs nomiga omonat ochishi mumkin.
Omonatning eng kam va eng ko‘p miqdorlari har bir bank tomonidan mustaqil o‘rnatiladi.
Omonat qoldig‘i, kirim-chiqim operatsiyalari, omonat muddati tugashi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek boshqa zarur ma’lumotni omonatchi mobilь ilovadan foydalangan holda yoki o‘rnatilgan infokiosklar yordamida yoxud Internet tarmog‘ida bankning veb-saytida ochilgan shaxsiy kabinetiga kirib olishi mumkin.
Omonat – bu pul mablag‘larini bankka ma'lum bir muddatga foizlarga yoki foizsiz joylashtirish.
Omonatning qanday turlari mavjud?
O‘zbekistonda omonatlarning eng keng tarqalgan turlari quyidagilardir:
talab qilib olinguncha omonatlar. Ularda pul mablag‘lari uchun qat'iy bir cheklangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o‘z mablag‘larini olishi mumkin. Amaliyotda, talab qilib olinguncha omonatlarning foiz stavkalari boshqa omonat turlarining foiz stavkalariga qaraganda pastroq yoki bo‘lmasa foizsiz bo‘ladi;
muddatli omonat (ma'lum bir muddat uchun omonatlar - 3, 6, 9 oylik, yillik yoki undan ko‘p). Bunday holda, omonat summasi bank va Siz o‘rtangizda tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng qaytariladi. Hisoblangan foizlar omonat muddati davrida (har oyda, har chorakda va h.k.) yoki muddat tugagandan so‘ng ham to‘lanishi mumkin;
|
| |