Mustaqil ish mavzu: Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki Expressvpn misolida) Guruh




Download 199,29 Kb.
bet1/7
Sana16.05.2024
Hajmi199,29 Kb.
#238952
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Virtual ximoyalangan tarmok va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)


O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti





MUSTAQIL ISH

Mavzu: Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)


Guruh: 048-22
Bajardi: ISMOILOV AZIZBEK RAFAIL O‘G‘LI

Toshkent 2023
MAVZU: Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)
Kirish
1.Nazariy qism. Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish.
1.1. Virtual himoyalangan tarmoqlar.
1.2. Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi.
1.3. Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari.
2.Asosiy qism. VPN (Virtual Private Network).
2.1. VPN nima?
2.2. CyberGhost.
2.3. ExpressVPN.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Internetning kashf etilishi insoniyat hayotida katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Dunyo aholisining soni hozir yetti milliarddan oshgan bo’lsa, shundan uch milliarddan ziyodi internet tarmog’iga ulangan. 2014-yilgi statistikaga ko’ra, O’zbekistonda ham aholining 40 foizdan ortig’i internetdan foydalanadi va bu raqam yildan yilga o’sib bormoqda. Shunday ekan, internetning foyda va salbiy tomonlari haqida batafsilroq ma’lumot olishga ehtiyoj bor. Ayniqsa, o’zbek tilida bu mavzuda manbalar juda kam. Shu bois “Sahar” maktabi orqali sizlarga internetdan xavfsiz foydalanish mavzusida amaliy mashg’ulot o’tishni niyat qildik.
Internet nima uchun kerak va uning qanday foydalari bor?
Ko’pchilik internetdan yangiliklar o’qish, musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish kabi, asosan, ko’ngilochar maqsadlarda foydalanadi. Ammo internet insonlarga taqdim etadigan qulaylik va foydalar faqat bulardan iborat emas.
Oddiy elektron pochta (email ) xizmatini olib ko’raylik. Bir necha soniya ichida maktub yozib, uni komputer yoki telefoningizdagi bitta tugmani bosish orqali dunyoning istalgan joyiga bir soniyada jo’natishingiz mumkin. Internetdan oldin bu mumkinmidi? Albatta, yo’q. Buning uchun ilgari an’anaviy pochta yoki telegraf xizmatlaridan foydalanish lozim bo’lgan. Hozir esa bunga hojat yo’q. Yoki internet orqali savdo qilishni olib ko’ring. Hozir uyingizda o’tirib, internet orqali istagan narsangizni sotib olishingiz va uyingizgacha olib kelib berishlarini buyurtma qilishingiz mumkin. O’zbekistonda ham internet orqali savdo asta-sekin rivojlangib boryapti. Asaxiy.uz, Udobno.uz kabi saytlarni shu yo’lda boshlangan dastlabki qadamlar deb aytish mumkin.
Internet nafaqat siz bilan biz kabi oddiy foydalanuvchilar tomonidan, balki xususiy va davlat kompaniyalari tomonidan ham keng qo’llanilmoqda. Hozir deyarli barcha yirik kompaniyalar o’z xodimlari va mijozlari bilan aloqalarni to’liq internet orqali olib boradi. Yangi mahsulotlarini internet orqali ommaga taqdim etadi, sotadi va boshqa turli xizmatlar ko’rsatadi. Internet hukumatlar ishlarini ham osonlashtirgan. Fuqarolarning deyarli barcha murojaatlari ko’p davlatlarda hozir elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Bu qog’ozbozlik, fuqarolarning idoraga borib rasmiylar bilan yuzma-yuz ko’rishishi, navbat kutib uzoq o’tirishi kabi noqulayliklarni kamaytiradi. O’zbekistonda ham xuddi shu maqsadda my.gov.uz loyihasining boshlanganini ijobiy va quvonarli hol, deb aytishimiz mumkin.
Internetning qanday salbiy jihatlari bor?
Bu ommaviy kommunikatsiya turi dastlab paydo bo’lganda, aksariyat ishlarning elektron shaklga o’tishi oqibatida ko’plab ish o’rinlari boy beriladi, degan xavotirlar bo’lgan. Chunki internetdan oldin bu ishlar qog’ozlar orqali yoki ofis-idoralarda ishchi-xodimlar qo’li bilan amalga oshirilardi. Ammo internetning iqtisodiyot uchun, kompaniyalar uchun keltirgan ulkan foydasi bu xavotirlarni yo’qqa chiqardi. Endigi asosiy xavotir va tahdid internetda shaxsiy va biznes ma’lumotlarini almashishning qanchalik xavfsiz ekani haqida bo’lmoqda. Xavotirlar shu darajada oshdiki, hatto hukumatlar internet tahdidlarining oldini olish uchun ko’proq e’tibor va resurslar ajratmoqda. Kiber xuruj va kiber urush degan atamalar paydo bo’ldi. Bugungi muloqotimizda biz shu keng mavzuning oddiy internet foydalanuvchilariga tegishli bo’lgan qismiga, ya’ni internetda shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash yo’llariga e’tibor qaratamiz.


Download 199,29 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 199,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ish mavzu: Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki Expressvpn misolida) Guruh

Download 199,29 Kb.