Nazariy qism. Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish




Download 199,29 Kb.
bet2/7
Sana16.05.2024
Hajmi199,29 Kb.
#238952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Virtual ximoyalangan tarmok va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)

1.Nazariy qism. Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish.
1.1. Virtual himoyalangan tarmoqlar.
Internetning gurillab rivojlanishi natijasida dunyoda axborotni tarqatish va foydalanishda sifatiy o’zgarish sodir bo’ldi. Internet foydalanuvchilari arzon va qulay kommunikatsiyaga ega bo’ldilar. Korxonalar Internet kanallaridan jiddiy tijorat va boshqaruv axborotlarini uzatish imkoniyatlariga qiziqib qoldilar. Ammo Internetning qurilishi printsipi niyati buzuq odamlarga axborotni o’g’irlash yoki atayin buzish imkoniyatini yaratdi. Odatda TCP/IP protokollar va standart Internet-ilovalar.(e-mail,Web, FTP) asosida qurilgan korporativ va idoratarmoqlari suqilib kirishdan kafolatlanmaganlar. Internetning hamma yerda tarqalishidan manfaat ko’rish maqsadida tarmoq hujumlariga samarali qarshilik ko’rsatuvchi va biznesda ochiq tarmoqlardan faol va xavfsiz foydalanishga imkon beruvchi virtual xususiy tarmoq VPN yaratish ustida ishlar olib borildi. Natijada 1990-yilning boshida virtual xususiy tarmoq VPN kontseptsiyasi yaratildi. "Virtual" iborasi VPN atamasiga ikkita uzel o’rtasidagi ulanishni vaqtincha deb ko’rilishini ta’kidlash maqsadida kiritilgan. Haqiqatan, bu ulanish doimiy, qat’iy bo’lmay, faqat ochiq tarmoq bo’yicha trafik o’tganida mavjud bo’ladi.
Bu vazifalar bir biriga bog’liq bo’lib, ularni amalga oshirishda axborotni kriptografik himoyalash usullaridan foydalaniladi. Bunday himoyalashning samaradorligi simmetrik va asimmetrik kriptografik tizimlarning birgalikda ishlatilishi evaziga ta’minlanadi. VPN qurilmalari tomonidan shakllantiriluvchi VPN tunneli himoyalangan ajratilgan liniya xususiyatlariga ega bo’lib, bu himoyalangan ajratilgan liniyalar umumfoydalanuvchi tarmoq, masalan Internet doirasida, saflanadi. VPN qurilmalari virtual xususiy tarmoqlarda VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzivazifasini o’tashi mumkin.

VPN-mijoz odatda shaxsiy kompyuter asosidagi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksi bo’lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlashva autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi.
VPN-server server vazifasini o’tovchi, kompyuterga o’rnatiluvchi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydalanishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-mahsulotlari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. VPN-server VPN-mijozning server platformalari uchun funksional analog hisoblanadi. U avvalo VPN-mijozlar bilan ko’pgina ulanishlarni madadlovchi kengaytirilgan resurslari bilan ajralib turadi. VPN-server mobil foydalanuvchilar bilan ulanishlarni ham madadlashi mumkin.

Download 199,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 199,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazariy qism. Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish

Download 199,29 Kb.