Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi




Download 199,29 Kb.
bet4/7
Sana16.05.2024
Hajmi199,29 Kb.
#238952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Virtual ximoyalangan tarmok va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)

1.2.Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi.
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini taminlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini taminlaydi.
Bog’lanish taminlanadigan fizik hudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy kompyuterida yoki noutbukida malumotlarni simsiz sinxronlashni taminlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish taminlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bo’lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o’rnatilishi va keyingi, zaruriyat tugilganda, joyining o’zgartirilishi anchagina osonlashadi.
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini taminlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta ekranli PDAlarni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bola turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga oz vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi ananaviy simli lokal tarmoqlariga o’xshash.
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo’yicha shaharga teng bo’lgan hududga xizmat qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, bazida esa mobillik zarur bo’ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida malumotlarni uzatishni taminlaydi. Yoki energetik kompaniya bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini taminlaydi. Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to’playdi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o’rnatishga imkon beradi.
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo’lishini taminlaydi.
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki hatto kontinent masshtabida foydalanishni taminlash bilan ishlanishini taminlaydi. Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikatsiya kompaniyalari ko’pgina foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni taminlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning xarajati barcha foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlanadi, natijada abonent tolovi unchalik yuqori bo’lmaydi.
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, bazida 170 Kbit/s ni tashkil etadi.
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida bo’lganida korporativ ilovalardan foydalanishni taminlovchi ilovalardir. Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo’yicha sayr qilinayotganlarida ulanishni o’rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan foydalanuvchilar hududiy chegaralanmaganlar.
Simsiz tarmoq tuzilmasi. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan komponentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot havo muhiti (medium) orqali uzatishga yaroqli ko’rinishga o’zgartirilishi lozim.




Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababli, foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o’zi tugallaydi. Shu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o’zaro aloqani taminlash bilan bir qatorda, muayyan ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari (computer device) bilan ish ko’radi.
Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik xususiyatidan qandaydir bino bo’yicha xarakatlanuvchi va o’zining PDAsi yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo’natuvchi odam foydalanadi. Bu holda PDA simsiz tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni taminlashi lozim.
Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (bazida ularni mijozlar deb atashadi) ko’pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Bazi kompyuter qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo’lsa, boshqalari oxirgi tizim hisoblanadi.





Download 199,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 199,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi

Download 199,29 Kb.