• 2.1.Aeroport bino va inshootlarining texnik foydalanish ishlari.
  • Aeroportning xizmat-texnik territoriyasini loyihalashtirish Reja: 1




    Download 1.76 Mb.
    bet1/3
    Sana20.05.2023
    Hajmi1.76 Mb.
    #62249
      1   2   3
    Bog'liq
    davron 1
    1-mavzu Tunnel effekti va uni tushuntirish Tunnel effekti, ‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslik, sevara, Geolgeografiya 2 Ingls tili, biofizika, Mikrobiologiya 2 kurs o\'zbek

    Aeroportning xizmat-texnik territoriyasini loyihalashtirish


    Reja:
    1.Aeroport bino va inshootlarining texnik foydalanish ishlari.
    2. Perron va samolyotlarni turar joyini loyihalashtirish.
    3. Aerodromning start maydonchalarini va boshqa maxsus vazifalarni


    2.1.Aeroport bino va inshootlarining texnik foydalanish ishlari.
    MTH ning bosh rejasini loyihalash alohida binolar va inshootlarni, ma’lum belgilarina ko‘ra, guruhlarga birlashtirishdan boshlanadi. Keyin yer uchastkasi guruhlar o‘rtasida taqsimlanadi, ya’ni zonalashtiriladi.
    Zonalash (tirish) – aeroport bosh rejasini tuzishning asosiy tamoyillaridan biri quyidagicha zonalash mavjud: ishlab chiqarishga munosabati (funksional yoki texnologik), zararlilik (sanitariya) darajasi, yong‘in va portlash xavfliligi, transport vazifalari. Bularning bari tekislik bo‘yicha gorizontal zonalashga kiradi. Vertikal zonalash (asosan, qavatlar soni, blokirovka qilish) va hammasidan qurama zonalash ham bo‘ladi.

    Ishlab chiqarishga munosabati yoki funksional zonalash binolar va inshootlarni ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlarning yagonaligi tamoyili asosida guruhlashtirishni ko‘zda tutadi. Bunda sanitariya va yong‘inga qarshi talablar ham hisobga olinadi. Qator hollarda, loyihalanadigan ob’ektlar soni ko‘paysa, zonalash ham murakkablashadi. Bunday holda yirik zona ichida qo‘shimcha guruhlar ajratiladi.
    Zararlilik (sanitariya) darajasi bo‘yicha guruhlashda hududdan aeroport atrofidagi aholi punktlariga etkaziladigan zararlarning soni, sifati va tavsiflari, shuningdek MTH dagi bir ob’ektning boshqa ob’ektga ta’sirlari hisobga olinadi.
    Aeroportning atrofga ko‘p zararliklar etkazadigan bino va inshootlari turar joylardan, passajirlar binosidan olisroqda, shamol yo‘nalishlari, joy relfi va boshqa omillarni hisobga olgan holda qurilishi kerak. Zarur bo‘lganda himoyalovchi sanitariya zonasi quriladi.
    Yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha zonalash o‘tga chidamsiz materiallar, YOMM va zaharli moddalar omborlarini shunday joylash kerakki, shamol ulardan chiqadigan zararli moddalarni passajir binolari va MTH ning ba’zi binolaridan boshqa tomonlarga uchirib ketsin va iloji boricha relfning (YOMM ombori) quyi sathidan o‘tsin. SHuningdek, bino va inshootlar oralig‘idagi masofalar me’yorlariga to‘g‘ri kelsin.
    Transport bo‘yicha zonalash xizmat ko‘rsatayotgan transportning bir xilligi tamoyili asosida, yuk oborotini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
    Funksional zonalash MTH ning bosh rejasini oqilona hal qilishda an’anaviy loyihalash usullarini qo‘llaganda ham, zamonaviy matematik usullar va kompyuterlarni qo‘llaganda ham zarur. Bunaqa zonalash MTH ning o‘zi, strukturasi, aloqalari va xususiyatlari haqida yaxlit tasavvur olish imkonini beradi, loyiha echimlarining tejamkorligini oshirish, tashish texnologiyalarini takomillashtirish imkonini beradi.
    MTH ning bino va inshootlarini funksional zonalashda quyidagi zonalarni ajratib ko‘rsatish mumkin: ma’muriy – jamoa, ishlab chiqarish va yordamchi. Bular 2.1 – rasmda batafsil ko‘rsatilgan.
    Ma’muriy jamoa zonaga aeroport boshqaruv binosi, axborot hisoblash markazi, profilaktoriy, o‘quv – texnik blok, tibsanqism, xodimlar oshxonasi, sport inshootlari, aeroport xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun turish joyi va boshqa ob’ektlar kiradi. Bu zonaning binolari va inshootlari aeroportga kirib keladigan avtomobil yo‘li yaqinida MTH ga kirish joyidan to‘planadi; ular aeroportning boshqa ob’ektlari bilan transport va piyoda orqali yaxshi bog‘langan bo‘lishi kerak. Sanitariya nuqtai nazaridan va odamlar bilan yuklar oqimi iloji boricha kamroq kesishib o‘tishi shartidan kelib chiqib, MTH ga kirish joyi YOMM ombori, yuk omborlari va aviatexnik bromlar omborlariga olib boradigan yo‘llar bilan kesishmasligi lozim.


    2.1. – rasm. Ma’muriy-texnik hududni zonalash.


    1 – ishlab chiqarish zonasi; 2 – yordamchi zona; 3 – ma’muriy-jamoa zona.

    Ishlab chiqarish zonasiga passajirlar, bagaj, yuklar, pochta va HK lari oqimiga xizmat ko‘rsatish, aviatsiya yonilg‘isini qabul qilish, saqlash va tarqatish bilan bog‘liq binolar va inshootlar kiradi. Ularning boshqalardan ajralib turadigan xususiyati shuki, aerodrom bilan funksional aloqador. SHuning uchun passajir va yuk komplekslari passajirlar va yuk perronlariga, aviatsiya-texnika bazasining bino va inshootlari–HK larini saqlash TJ lariga yaqin joylashtiriladi.


    Aytilgan oqimlarga xizmat ko‘rsatish texnologik jarayonlari turli tuman bo‘lishini hisobga olib, bino va inshootlarni yanada maydaroq guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq.

    Ishlab chiqarish zonasining bino va inshootlariga quyidagilar kiradi: HHB, radionavigatsiya qo‘ndirish ob’ektlari (DBP) start dispetcherlik va meteokuzatuv punkti (SDP), uzoqdagi va yaqindagi radiomarkerli radiostansiya (URMR va YARMR), kurs radiomayog‘i (KRM), glissada radiomayog‘i (GRM), antennalar maydoni va b.


    passajirlarga xizmat qiladigan binolar va inshootlar (aerovokzal, mehmonxona, passajirlar va bagaj paviloni, bortda oziqlantirish sexi, vokzaloldi maydon va b);
    yuklar va pochta tashishi binolari va inshootlari (ombor, hovli, yuk aerovokzali, radioaktiv va maxsus yuklar, portlovchi moddalar omborlari, maxsus pochta tashuvlari va b.);
    texnik xizmat ko‘rsatadigan binolar va inshootlar (angarlar korpusi, bosh mexanik sexining korpusi, issiq va zararli ishlab chiqarish sexi, texnik brigadalar binosi, maxsus avtotransport maydonchasi va b.);
    aviayonilg‘i bilan ta’minlovchi ob’ektlar (YOMM ni sarflash omborlari, markaziy quyish stansiyasi, avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalari).
    Bino va inshootlarni bunday guruhlarga ajratish MTH ning bosh rejasini oqilona ishlab chiqarish imkonini beradi, ayni paytda sanitariya, texnologik va yong‘inga qarshi talablar hisobga olinadi.



    Download 1.76 Mb.
      1   2   3




    Download 1.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aeroportning xizmat-texnik territoriyasini loyihalashtirish Reja: 1

    Download 1.76 Mb.