Mustaqil ish mavzu: Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki Expressvpn misolida) Guruh




Download 199,29 Kb.
bet3/7
Sana16.05.2024
Hajmi199,29 Kb.
#238952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Virtual ximoyalangan tarmok va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)

VPN xavfsizlik shlyuzi. (Security gateway) ikkita tarmoqqa ulanuvchi tarmoq qurilmasi bo’lib, o’zidan keyin joylashgan ko’p sonli xostlar uchun shifrlash va autentifikatsiyalash vazifalarini bajaradi. VPN xavfsizligi shlyuzi shunday joylashtiriladiki, ichki korporativ tarmoqqa atalgan barcha trafik u orqali o’tadi. VPN xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi tunnellanuvchi paketning tashqi adresi sifatida ko’rsatiladi, paketning ichki adresi esa shlyuz orqasidagi muayyan xost adresi hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida dasturiy yechim, alohida apparat qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to’ldirilgan marshrutizatorlar yoki tarmoqlararo ekran ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin.Axborot uzatishning ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor kanallarini (Internet muhiti) va aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini (masalan, telefon tarmog’i kanallarini) o’z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq VPN ning samaradorligi aloqaning ochiq kanallari bo’yicha aylanuvchi axborotning himoyalanish darajasiga bog’liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun inkapsulyatsiyalash va tunnellash keng ishlatiladi. T
unnellash usuli bo’yicha ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi tarmoq orqali xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish bo’yicha uzatilganidek uzatiladi. Har bir "jo’natuvchi-qabul qiluvchi" juftligi orasiga bir protokol ma’lumotlarini boshqasining paketiga inkapsulyatsiyalashga imkon beruvchi o’ziga xos tunnel-mantiqiy ulanish o’rnatiladi.Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar portsiyasi xizmatchi hoshiyalar bilan birga yangi "konvert"ga "joylash" amalga oshiriladi. Bunda pastroq sath protokoli paketi yuqoriroq yoki xuddi shunday sath protokoli paketi ma’lumotlari maydoniga joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o’zi ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan yoki buzishdan himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli inkapsulyatsiyalanuvchi dastlabki paketlarni to’la kriptografik himoyalash imkoniyati paydo bo’ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar konfidentsialligini ta’minlash maqsadida jo’natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni, yangi IP- sarlavha bilan tashqi paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo’yicha jo’natadi.



Download 199,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 199,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ish mavzu: Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki Expressvpn misolida) Guruh

Download 199,29 Kb.