• Moliyaviy aktiv sifatida omonatning afzalligi nimada Muddatli va jamg‘arma omonatlar
  • Eslab qoling! Bankning litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda, davlat tomonidan fuqarolarning bankka qo‘ygan omonatlari ularning hajmi va valyutasidan qatiy nazar to‘liq hajmda
  • Omonat bo‘yicha foizlar nima degani
  • Pulni foizlar yoki ustamalar bilan yoxud bunday shartlarsiz qaytarish sharti




    Download 349,08 Kb.
    bet2/7
    Sana20.05.2024
    Hajmi349,08 Kb.
    #246101
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Depozit omonot tushunchasi

    jamg‘arma omonatlar – ushbu omonat turining o‘ziga xos tomoni pul mablag‘larini ma'lum maqsad uchun (o‘qish, mashina, kvartira sotib olish va h.k.) to‘plash va sarflashdir. Omonat ma'lum bir muddatga (odatda uzoq muddatga) qo‘yiladi va uni to‘ldirish imkoniyati mavjud bo‘ladi, bu esa hamma omonat turlarida ham mavjud emas.

    Moliyaviy aktiv sifatida omonatning afzalligi nimada?
    Muddatli va jamg‘arma omonatlar – nafaqat tejash, balki jamg‘armalarni ko‘paytirishning ishonchli usulidir. Siz bankka ma'lum miqdordagi pulni topshirasiz, bank esa Sizga mablag‘lar saqlangan muddati uchun foizlar to‘laydi.
    Masalan, agar yillik 14% inflyatsiya darajasi holatida mablag‘laringizni yillik 18% stavkasida bank omonatiga qo‘ysangiz, Siz o‘z pul mablag‘laringizni nafaqat inflyatsiyadan himoyalaysiz, balki 4% daromad olasiz. Yana bir muhim omil - bu omonatlarning davlat kafolati ostida himoyalanishi.
    Eslab qoling! Bankning litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda, davlat tomonidan fuqarolarning bankka qo‘ygan omonatlari ularning hajmi va valyutasidan qat'iy nazar to‘liq hajmda qaytarib berilishi kafolatlanadi.
    Omonatlar muddati (muddatlilik) nimani anglatadi?
    Omonat muddati – bu omonatchi va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomada Sizning pul mablag‘laringizni bankda saqlashning belgilangan muddati. Omonat muddati tugagandan so‘ng, bank pul mablag‘larni omonatchiga qaytarishi shart.
    Muhim!!! Omonatni muddatidan oldin olganda to‘langan foizlar qaytariladi. Har bir bankda omonatlarni muddatidan oldin olish bo‘yicha o‘z shartlari mavjud va ular bank va Sizning o‘rtangizda tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi
    Omonat bo‘yicha foizlar nima degani?
    Bu bank tomonidan Sizning mablag‘laringiz ishlatilganligi uchun to‘lanadigan pul miqdori. Hisob kitoblarni soddalashtirish uchun yillik foiz stavkasi tushunchasi qo‘llaniladi, ya'ni bank yil davomida omonatchining pulidan foydalanganligi uchun unga berishi lozim bo‘lgan foyda. Omonatingizning miqdori va oydagi kunlar soniga qarab hioblanadigan foizlar o‘zgaradi.



    Download 349,08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 349,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pulni foizlar yoki ustamalar bilan yoxud bunday shartlarsiz qaytarish sharti

    Download 349,08 Kb.