O’zbekistonda metallurgiya sanoati. Reja




Download 32.55 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi32.55 Kb.
#93053
Bog'liq
O’zbekistonda metallurgiya sanoati. Reja
ШАХСИЙ ВАРАКА Кундузги (4), 2-Хафта Мебель o\'rta gururh faoliyat ishlanma, Дастур прокуратура (2), Yong`in havfsizligi, Elektr dvigatellarining releli himoyasi

O’zbekistonda metallurgiya sanoati.
Reja:
1. Metallurgik ishlab chiqarishning vazifasi va metallurgik jarayonlarning
sinflanishi.
2. Metallurgik jarayondagi o’zgaradigan fizik-kimyoviy o’zgarishlar.
3. Pirometallurgik jarayonlarning bosqichma – bosqich borishi.

Metallurgik ishlab chiqarishning asosiy yakuniy vazifasi, metallarni toza


metall yoki kimyoviy birikma ko‘rinishda, qayta ishlanayotgan xomashyodan
olishdir. Amaliyotida bu vazifa xomashyo tarkibidagi qimmatbaho moddani bo‘sh
porodadan, mahsus jarayon va usullarni qo‘llab, ajratib olish yo‘li bilan echiladi.
Mahsus jarayonlar va usullar metallurgik ajarayonlar deb nomlanadi.
Murakkab polimetallik xomashyodan yuqori tozalikdagi metallarni olish
uchun bitta metallurgik jarayon yoki bitta metallurgik dastgohni qo‘llash etarli
emas. Bu vazifani echish uchun, ketma-ket bir nechta jarayonlarni qo‘llab, qayta
ishlanadigan xomashyodan komponentlarni bosqichma-bosqich bir – biridan,
ajratib olish talab etiladi.
Barcha qo‘llanildigan metallurgik jarayonlarning kompleksi (tayyorlovchi,
yordamchi va asosiy jarayonlar) uchastka, bo‘lim, sex yoki umumiy korxonaning
texnologik sxemasini shakillantiradi. Masalan, rangli metallurgiyaning barcha korxonalari ko‘p bosqichli texnologik sxemalar bilan tavsiflanadi.
Metallurgik jarayonlarning asosida, qayta ishlanayotgan xomashyoni bir-
biridan tarkibi va fizikaviy xossalari bo‘yicha farqlanadigan, ikki, uch ayrim
holatlarda undan ko‘p fazalardan tashkil topgan, geterogen sistemaga o‘tqazish
yotadi. Hosil bo‘lgan fazalardan bittasi, ajratib olinadigan qimmatbaho modda
(metall) bilan boytilishi va unsur elementlar bo‘yicha qambag‘allashishi lozim,
qolgan fazalar esa aksi qimmatbaho modda bo‘yicha kambag‘allashishadi. Hosil
bo‘ladigan fazalarning fizikaviy hossalarini (agregat holati, zichligi, o‘zaro namlanuvchanligi, uchuvchanligi va h.) farqi, komponentlarni bir-biridan soda usullar bilan (tindirish, filtrlash va h.) ajratib olishni ta’minlashi kerak.
Metallurgik ishlab chiqarishning amaliyotida quyidagi fazalar
kombinatsiyasi keng tarqalgan: G+S; G+Q; S+S; S+Q; G+S+S; G+S+Q, bu erda
“G”, “S”, “Q” harflari bilan gaz, suyuq va qattiq fazalar belgilangan.
G+S va G+Q fazalarda gaz, suyuq va qattiq fazalarning zichliklari farq
qilishi sababli, ularni bir birida oddiy tindirish usuli bilan ajratib olish mumkin.
Agar gazlrada gaz fazasida qattiq faza juda mayin dispers ko‘rinishda bo‘lsa,
tindirish usuli bilan fazalarni ajratib olishi juda sekin boradi, bu holda mahsus
usullardan fodylaniladi, masalan chang tutish.
S+S fazalar bir-biridan tindirish yoki sentrifugirlash (sentrifugirovanie)
usulida ajratib olinishi mumkin. S+Q tizmi uchun, fazalarni bir-biridan ajratib
olish uchun tindirish yoki filtrlash jarayonlarni qo‘llash mumkin. G+G fazalar
kimyoviy texnolgiya usullaridan foydalanib ajratiladi, Q+Q fazalar esa boyitish
usullari bilan ajratib olinishi mumkin.
3.2. Metallurgik jarayonlarning sinflanishi
Ruda yoki boshqa materiallardan metall ajratib olish uchun qo’llaniladigan
barcha jarayonlar metallurgik jarayonlar deyiladi. Metall ishlab chiqarish
qo’llanilayotgan jarayonlar uch guruhga bo’linadi:
1) pirometallurgik (yunoncha «pyr» so’zidan – olov ma’nosida)
jarayonlar yuqori haroratda (500-2000C), ko’pchilik hollarda qayta
ishlanayotgan materialning to’liq yoki qisman eritish bilan olib boriladi:
kuydirish, tiklovchi va oksidlovchi eritish, vozgonka, distillyasiya;
2) gidrometallurgik (yunoncha «hydor» so’zidan – suv ma’nosida)
jarayonlarda ruda yoki boshqa xom ashyolarga kislotalar, ishqor yoki tuzlarni
suvli eritmalari bilan ishlov berilib, ajratilishi kerak bo’lgan metall eritmaga,
bo’sh jinslar qattiq cho’kma holida qoldiriladi. Jarayon 20-300C haroratda olib
boriladi.
3) elektrometallurgik jarayonlar suvli eritmalardan yoki erigan tuzlardan
elektr tokidan foydalanib oksidlovchi-qaytaruvchi jarayonlarni o’tkazish
natijasida, bir elektrodda metall ajratib olinadi.
Pirometallurgik jarayonlarning turlari -yuqorida aytib o’tilganidek,
pirometallurgik jarayonlar metallurgik agregatlarda yuqori haroratlarda
o’tkazilgan uchun ayrim hollarda «yuqori haroratlar kimyo»si deyiladi. Ko’p
hollarda kimyoviy reaksiyalar ta’sirlashayotgan moddalarni agregat xolatini
o’zgarishi (erish, vozgonka, hosil bo’ladigan metallar yoki ularni birikmalarini
bug’lanishi) bilan yuz beradi. Bunday jarayonlarda ta’sirlashish qattiq, suyuq
12
(eritma), gaz holatlarini yuz beradi. Pirometallurgik jarayonlar harorat
ko’rsatgichiga va jarayonda qatnashayotgan komponentlarni xususiyatiga ko’ra
uch guruhga: kuydirish, eritish, distillyasiyaga bo’linadi.
Kuydirish deb materialni (ruda, konsentrat) kimyoviy va mineral tarkibini
ma’lum darajada o’zgartirish maqsadida, lekin mahsulotni erishi yuz
bermaydigan haroratgacha qizdirishga aytiladi. Kuydirish xom ashyoning turiga
qarab 500-1200C haroratda olib boriladi. Bu jarayon metallurgiyadan tashqari
kimyo va konchilik sanoatida ham keng qo’llanadi. Yuz beradigan jarayonlarning
xususiyatiga qarab, kuydirishning quyidagi turlari mavjud: oksidlovchi, tiklovchi,
sulfatlovchi, kalsinasiyali (toblash), xlorlovchi va ftorlovchi, aglomerasiya,
sulfat-xlorlovchi va boshqalar.
Oksidlab kuydirish – sulfidli va arsenidli (mishyakli) ruda va
boyitmalarga ishlov berish keng tarqalgan. Kuydirishning maqsadi mahsulot
tarkibidagi oltingugurt va mishyakni to’liq yoki qisman gaz fazaga o’tkazib,
asosan oksid, ayrim xollarda sulfat holidagi metalni olishdir. Kuydirish natijasida
oltingugurt gaz fazasiga SO2 shaklida, mishyak uchuvchan As2O3 shaklida o’tadi:
2MeS + 3O2 = 2MeO + 2SO2,
MeS + 2O2 = MeSO4
Oksidlovchi kuydirish shixtasi tarkibiga turli metallarni sulfidlari (pirit,
xalkopirit, xalkozin, kovellin, bornit, sfalerit, galenit, ayrim hollarda arsenopirit,
surma yaltirog’i va boshqalar), jins hosil qiluvchi minerallar (kvars, oxaktosh,
glinazem, kremnazem va boshqalar), uncha ko’p bo’lmagan miqdorda sulfatlar,
nodir metallar, namlik va boshqalar kiradi.
Mahsulotlarni gidrometallurgik ishlov berishga tayyorlash uchun
sulfatlovchi kuydirish qo’llanadi. Bu jarayonda ajratilishi kerak bo’lgan metallar
suvli eritmalarda oson eruvchi birikmalar (sulfatlar va oksidlar) shakliga, hamda
qiyin eruvchi oksidlar shakliga o’tkaziladi.
Sulfatlovchi kuydirish shixtasi, oksidlovchi kuydirish shixtasidan keskin
farq qilib, faqat ruda yoki konsentratdan iborat bo’ladi.
Tiklovchi kuydirish temir rudalari: qizil va qo’ng’ir temirtoshni qayta
ishlash uchun qo’llanadi. Natijada, magnitlanmaydigan oksidlar Fe2O3 va
Fe2O3·N2O magnetit holiga o’tadi:
Fe2O3 + CO = Fe3O4 + CO2,
bu esa temir rudalarini boyitishning eng samarali usuli – elektromagnit boyitishni
qo’llash imkoniyatini yaratadi.
Tiklovchi kuydirishning yana bir turi velslashdir. Bu qattiq fazadagi bir
qator metall oksidlarini ugletermik tiklash jarayoni bo’lib, yuqori haroratda
vozgon holida gaz fazaga o’tadi. Bunday nisbatan uchuvchan metallar guruhiga
Hg, Cd, Na, Zn, Mg kiritish mumkin. Velchlash jarayoni rux ishlab chiqarishda
(tqaynash=907C) keng qo’llanadi. Rux bilan birga kadmiy, ayrim hollarda
qo’rg’oshin vozgon holida o’chadi. Ushlab olingan vozgonlardan metall
gidrometallurgik qayta ishlash usuli bilan ajratib olinadi.
Kalsinasiyali (toblash) kuydirishning maqsadi - xom ashyo tarkibidagi
ruda minerallarni kimyoviy tarkibini o’zgartirishdir. Bunda ma’lum haroratgacha
qizdirish yo’li bilan beqaror kimyoviy birikmalar termik parchalanadi
(dissosiasiyalanadi). Bunday kuydirish 1000-1200C haroratda karbonatlar
CaCO3 → CaO + CO2
1200C haroratda gidrooksidlar
2Al(OH)3→ Al2O3 + H2O
uchun qo’llanadi.
Xlorlovchi kuydirish oksid yoki sulfidlarni suvda eruvchan yoki
uchuvchan xloridlarlarga aylantirish uchun o’tkazilib, Mg, Ti, Zr, Hf, Sn olish
texnologiyasida qo’llanadi. Rangli metallar metallurgiyasida xlor va xloridlar
1786 yilda rudadan oltinni va kumushni, 1877 yilda misni ajratib olishda
qo’llanila boshladi.
Bir qator metallarni (uran, berilliy) ishlab chiqarish texnologiyasida
xlorlovchi kuydirishga o’xshash ftorlovchi kuydirish usuli qo’llanadi. Ftorlovchi
kuydirishning maqsadi – metall oksidlarni ftoridlarga aylantirishdir. Masalan:
500-700C haroratda UO2 + 4HF = UF4 + H2O.
Metallurgik eritish – yuqori haroratda, ko’pchilik hollarda qayta
ishlanayotgan materialni to’liq erishi bilan boradigan pirometallurgik jarayondir.
Eritishning ikkita usuli mavjud: rudali va tozalovchi.
Rudali eritishda ruda yoki konsentrat (to’g’ridan-to’g’ri yoki oldindan
tayyorlanib) qayta ishlanadi. Asosiy kimyoviy jarayonlarni borishi bo’yicha
rudali eritish quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Tiklovchi eritish – rudalardan metall olishning eng qadimgi usuli bo’lib,
bu jarayonda oksidli birikmalar uglerodli qaytaruvchilar bilan qaytarib metall
olinadi va keraksiz jinsni shlakka o’tkaziladi. Umumiy holda erish qo’yidagi
sxema bilan ifodalanadi:
(MeO, SiO2, CaO, Fe2O3) + C + O2,N2 → Me + (SiO2, CaO, FeO) + CO2, N2
ruda metall shlak gazlar
Rangli metallurgiyada tiklovchi eritish qo’rg’oshin va qalay ishlab
chiqarishda qo’llaniladi.
2. Shteyn olish uchun eritish ayrim og’ir rangli metall rudalarini (mis,
nikel) qayta ishlaganda, ajratib olinayotgan metallni shteyn (sulfidlar
aralashmasi) deb nomlangan yarim tayyor mahsulotga o’tkazish uchun ishlatiladi.
Shteyndan tashqari o’zida ruda oksidlari va flyuslarni jamlagan shlak olinadi.
Shteyn olish uchun eritish neytral, oksidlab – qaytaruvchi, oksidlovchi
muhitda olib borish mumkin. Oksidlovchi sharoitda erish jarayoni olib borilganda
temir sulfidining bir qismi oksidlanishi natijasida va uni oksidlarini shlakka
o’tishi natijasida ajratib olinayotgan metall miqdori ko’p bo’lgan shteyn olinadi.
Bunday eritishni jamlovchi eritish ham deb atashadi.
Mis ruda va boyitmalarini shteynga eritish qo’yidagi sxema bo’yicha
boradi:
(CuFeS2, FeS2, SiO2, CaO)+(SiO2, CaO)+(O2, N2)→
ruda yoki konsentrat flyus havo
→ (Cu2S, FeS)+(FeO, SiO2, SaO)+(SO2, N2)
shteyn shlak gazlar
3) Qayta ishlanayotgan xom ashyoni elektrolizyorda eritish natijasida
olinadigan oksid yoki xlorid eritmalariga o’zgarmas tok ta’sir qilganda hosil
bo’lgan erigan tuzlarni elektroliz qilish – elektrolitik eritish deyiladi.
Eritmalarni elektroliz qilish quyidagi sxema bo’yicha boradi:
eritmani elektrolitik dissosiasiyalash MeO(MeSI2)→Me2++O2-(2SI);
Katodli jarayon: Me2+ + 2e → Me
Anodli jarayon: O2- - 2e → O2↑ yoki 2Cl- - 2e → Cl2
Natijada katodda suyuq yoki quyuq xolda metall, anodda esa gaz ajraladi.
Erigan tuzlarni elektroliz qilish jarayoni deyarli hamma metallarni olish
uchun qo’llasa bo’ladi, biroq bu usulning qimmatligi sababli, boshqa eritish
usullari ishlatib bo’lmaydigan paytda qo’llaniladi. Eritmalarni elektroliz qilish
usuli alyuminiy, magniy va boshqa engil va noyob metallarni olishda ishlatiladi.
4. Qiyin qaytariladigan metallar olishda, metallarga singuvchanlik
qobiliyati bor uglerodli qaytaruvchilar ishlatilganda, karbid MexS hosil bo’lish
yuz beradigan jarayon metallotermik eritish deyiladi. Bir qator engil va noyob
metallar olishda metallotermik usuldan keng foydalaniladi.
5. Reaksion eritish qayta ishlanayotgan xom ashyo tarkibida bir vaqtning
o’zida sulfid va oksidlarning o’zaro ta’siri natijasida metall olishga asoslangan:
2MeO + MeS → 3Me + SO2.
Reaksiyali eritish usuli bilan mis shteynlarini konverterlash jarayonida
xomaki mis va qo’rg’oshin olinadi.
Tozalovchi eritish olingan xomaki metallarni qo’shimchalardan tozalash
maqsadida o’tkaziladi. Uning asosini, tozalanayotgan metall va aralashmalarning
fizik–kimyoviy xossalaridagi farqlanishi tashkil qiladi. Rangli metallurgiya
amaliyotida tozalovchi eritishning bir necha turi uchraydi:
1) likvasion tozalash;
2) distillyasion tozalash;
3) oksidlovchi tozalash;
4) xlorli tozalash;
5) sulfidlovchi tozalash;
6) karbonatli tozalash
Ko’pgina hollarda oksidlovchi va likvasiyali tozalash usullari qo’llaniladi.
Oksidlovchi (olovli) tozalash usuli, eritmaga oksidlab ishlov berilganda
shlak tarkibiga asosiy metallga qaraganda kislorod bilan tez birikadigan keraksiz
qo’shimchalarni o’tkazishga asoslangan. Bunday jarayonga misol qilib, misni
olovli tozalashni keltirish mumkin.
Likvasiyali tozalash - biri tozalanayotgan metall bo’lgan ikki faza hosil
qilish va uni zichligi (likvasiya) bo’yicha bo’linishiga asoslangan. Keraksiz
qo’shimchalar bu vaqtda asosiy metallda erimaydigan boshqa bir fazada
jamlanishi kerak. Zichligiga bog’liq holda tarkibida keraksiz qo’shimchalar
bo’lgan faza yuzaga qalqib chiqadi yoki idish tubiga cho’kadi. Ikkinchi fazaning
15
hosil bo’lishiga sabab, sovutish vaqtida keraksiz qo’shimchalarning
tozalanayotgan metallda erishining pasayishi hisoblanadi. Likvasiya vaqtida
fazalardan biri suyuq, ikkinchisi esa suyuq yoki qattiq bo’lishi mumkin.
Likvasiyali tozalash usuli qo’rg’oshin metallurgiyasida keng qo’llaniladi.
Distillyasiya – qayta ishlanayotgan metall komponentlarini ularning
uchuvchanligiga bog’liq holda qaynash haroratidan biroz yuqori haroratda
bug’latish (haydash) imkonini beradigan jarayondir. Distillyasiyali jarayonlar
rudali xom ashyoni, shuningdek, metallarni tozalashda tez uchuvchan
qo’shimchalarni ajratish yoki metall qotishmalarni ajratishda ishlatiladi. Tozalash
maqsadida o’tkaziladigan distillyasiya rektifikasiya deyiladi. Distillyasiya
jarayonlar yaqin vaqtgacha rux metallurgiyasida keng qo’llanilardi va hozirda bir
qator noyob va engil metallar olishda ham qo’llanmoqda.
Gidrometallurgik jarayonlarning turlari - gidrometallurgik jarayonlar
sanoatda ko’pgina rangli metallar ishlab chiqarishda keng qo’llanilmoqda. Ular
nisbatan past (300S dan yuqori bo’lmagan) haroratda suyuq, ko’p hollarda suvli
muhitda o’tkaziladi. Gidrometallurgik jarayonlarni bugungi kunda keng
ishlatilayotganiga quyidagi yutuqlarini sabab qilib ko’rsatish mumkin:
- minimal issiqlik va energetik harajatlar bilan nisbatan yuqori bo’lmagan
haroratlarda (300C haroratgacha) kambag’al va boyitish qiyin bo’lgan rudalardan
metallarni (ayrim hollarda ruda qatlamini o’zidan – mis, uranni yer ostida tanlab
eritish) tanlab ajratib olish imkoniyati;
- atmosferani zaharli gazlar bilan zararlanishni yo’qligi;
- xizmat ko’rsatuvchi personallar uchun nisbatan yaxshi sanitar-gigienik
sharoitlarni mavjudligi.
Gidrometallurgik jarayonlar texnologiyasining asosiy bosqichlari
quyidagilar:
1) ruda mahsulotini qayta ishlashga tayyorlash;
2) ajratib olinishi kerak bo’lgan metalni eritmaga o’tkazish – tanlab eritish;
3) eritmani va qattiq cho’kmani bir-biridan ajratish;
4) eritmani zararli qo’shimchalardan kimyoviy usulda tozalash;
5) eritmadan metalni ajratib olish.
Gidrometallurgik jarayonlarning asosiy ko’rinishlari tanlab eritish jarayoni,
eritmalarni keraksiz qo’shimchalardan tozalash va eritmalardan metallarni
cho’ktirish hisoblanadi.
Tanlab eritish – qayta ishlanayotgan materialga ko’p hollarda gazsimon
reagent – kislorod, vodorod va boshqalar ishtirokida erituvchi ta’sir ettirib, ajratib
olinayotgan komponentni eritmaga o’tkazish (eritish) jarayonidir.
Tanlab eritish natijasida keraksiz qo’shimchalar bilan ifloslangan ajratib
olinayotgan metall eritmasi va asosan keraksiz jins komponentlari hamda qiyin
qaytariladigan birikmalardan iborat erimagan qoldiq (kek) olinadi.
Erituvchi sifatida suv, kislota, ishqor yoki tuz eritmalari ishlatiladi.
Erituvchi arzon, qayta ishlanayotgan materialga nisbatan yaxshi ta’sir kiladigan,
texnologik jarayon borayotganda qayta tiklanish imkoniga ega bo’lishi kerak.
Eritmalarni keraksiz qo’shimchalardan tozalashdan maqsad eritmalardan
cho’ktirish vaqtida ajratib olinayotgan metallga qo’shimchalarni tushmasligi yoki
cho’ktirish jarayoniga salbiy ta’sirni oldini olish hisoblanadi.
Tanlab eritish eritmalarini keraksiz qo’shimchalardan tozalash uchun
kimyoviy birikmalar ko’rinishida noorganik va organik reagentlar yordamida
cho’ktirish, gidroliz, durlash yoki sementasiya usullari ishlatiladi. Durlash vaqtida
eritmani to’yinishi, masalan, undan suv bug’latib chiqarilishi natijasida keraksiz
qo’shimcha cho’kma ko’rinishida cho’kadi. Sementasiya usulida cho’ktirish
eritmadan bir metallni unga nisbatan faol bo’lgan metall bilan siqib chiqarishga
asoslangan. Sementasiya usulida tozalashga sulfatli eritma tarkibidan misni rux
yoki nikel bilan siqib chiqarish usuli misol bo’la oladi:
CuSO4 + Me→ Cu + MeSO4
Eritmalardan metallarni erkin holda cho’ktirish suvli eritmalarni elektroliz,
cho’ktirish yoki bosim ostida, hamda kimyoviy birikmalar ko’rinishida gazsimon
qaytaruvchilar yordamida amalga oshirish mumkin.
Rangli metallar gidrometallurgiyasida (ayniqsa noyob va nodir metallar
metallurgiyasida) sorbsiya va ekstraksiya jarayonlari keng tarqalmoqda. Bu
jarayonlarni qo’llashdan maqsad qo’yidagi masalalarni yechish hisoblanadi:
- tanlab eritishda olingan eritmadan qimmatli metallni tarkibi bo’yicha
keyingi qayta ishlash jarayonlariga qulay bo’lgan boshqa eritmaga o’tkazish;
- suyultirilgan eritma va bo’tanadan metallni jamlab olish;
- eritmalardan metallni samarali ajratib olish va uni keraksiz
qo’shimchalardan tozalash;
- sorbsiya bilan birlashtirilgan tanlab eritish.
Ion almashinuv jarayonlari ayrim qattiq birikmalarni (ionitlar) eritmalar
bilan ta’sirlashuvi natijasida eritmadan ion yutib olish va ionit tarkibidan
o’shanday zaryadli va o’shancha miqdordagi ionlarni almashishga asoslangan.
Ionit sifatida ko’pincha yuqori sig’imli, kimyoviy barqaror, mexanik
mustahkamlikka ega, yuqori molekulyarli sintetik birikmalar (smolalar)
ishlatiladi.
Ekstraksiya deb erigan metall kimyoviy birikmalarini suvli fazadan, suv
bilan aralashmaydigan boshqa suyuq organik fazaga o’tkazish jarayoniga aytiladi.
Ekstragent sifatida organik kislota va ularning tuzlari, amin va aminli ishqorlarni
tuzlari, spirtlar, efirlar ishlatiladi.
Elektrometallurgik jarayonlarning turlari - Elektroliz – bu oksidlovchi
qaytariluvchi jarayon bo’lib, tashqi manbadan olinadigan doimiy elektr toki
ta’sirida elektrolitlarni suvli eritmalarida yoki ionli eritmalarida (rasplav) yuz
beradi.
Metallurgiyada elektroliz quyidagi hollarda qo’llanadi:
- mis, rux, oltin metallurgiyasida, ishqorlarni, kislotalarni, tuzlarni suvli
eritmalaridan (rudalarni tanlab eritish natijasida hosil bo’ladigan) ionlarni tiklash
(qaytarish) yo’li bilan metallarni ajratib olishda;
- pirometallurgik usulda olingan xomaki metallarni (mis, nikel, titan)
aralashmalardan tozalashda;
- erigan ftorid yoki xlorid oksidlaridan kimyoviy mustaxkam metall
oksidlarini (alyuminiy, magniy, berilliy, titan va boshqalar) tiklashda;
- metall buyumlarni yuzasida mustaxkam, korroziyaga bardoshliligi yuqori,
manzarali (dekorativ) qatlam (xromlash, nikellash, oltin bilan qoplash va
boshqalar) hosil qilishda.
Elektroliz jarayonida ionlar elektr toki ta’sirida ma’lum yo’nalishda harakat
qiladi: musbat zaryadlanganlar katodga, manfiy zaryadlanganlar anodga
yo’naladi.
Yuqorida keltirilgan jarayonlardan tashqari, metallurgik zavodlarda yana
bir qancha jarayonlar mavjud. Bu jarayonlarda kimyoviy reaksiyalar yuz
bermaydi, lekin metallurgik ishlab chiqarishda ahamiyati beqiyosdir. Bunday
jarayonlarga quyidagilar kiradi:
1) suyuq, qattiq, gazsimon mahsulotlarni tashish;
2) qattiq mahsulotlarni suyuq yoki ikki qattiq mahsulotni aralashtirish;
3) materiallarni quritish;
4) briketlash;
5) eritmalarni bug’latish;
6) changlarni ushlash;
7) zaharli va kerakli gazlarni ushlash va boshqalar.
Download 32.55 Kb.




Download 32.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonda metallurgiya sanoati. Reja

Download 32.55 Kb.