|
oʻzaro muhabbat, biologik moslik asosiga oila barpo etish
|
bet | 5/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)oʻzaro muhabbat, biologik moslik asosiga oila barpo etish;
reproduktiv va jinsiy yetuklik;
oila va jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligi, barqarorligi uchun fidokorlik, tashabbuskorlik va ijodkorlik;
milliy oilaviy qadriyatlarga sadoqatlilik;
sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhit yaratish malaka va koʻnikmalariga ega boʻlish;
kommunikativ kompetentlik mezonlariga rioya etish;
oilaviy tarbirkorlik madaniyatiga ega boʻlish;
“Oʻz bolangizni, oʻz uyingizni, oʻz Vataningizni koʻz qorachigʻidek asrang!” shioriga fidoyilik;
“halollik vaksinasi” bilan emlangan boʻlish va “jaholatga qarshi-maʼrifat” gʻoyasiga amal qilish;
oilaparvarlik, mehnatsevarlik;
xalqlararo, millatlararo totuvlikka rioya etish.
Mamlakatimizda oila institutini rivojlantirish, oilada ichki munosabatlar, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlar muammolari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni oʻtkazish, ularning maʼnaviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash kabi ustuvor masalalar boʻyicha muhim natijalarga erishiladi.
2-MAVZU. OILA JAMIYAT TAYANCHI. ZAMONAVIY OILANING IJTIMOIY VA IQTISODIY ASOSLARI
Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalar mustahkamligining oʻrni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sogʻlomligiga bogʻliq boʻlganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sogʻlom boʻlishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, soʻng oʻzi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida oʻz davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini taʼminlovchi, hal qiluvchi omil boʻlgan inson kamolotida oilaning tutgan oʻrni beqiyosdir.
Oila bizning hayotimizdagi eng aziz dargoh! Faqat oilagina insonga baxtli boʻla olishi, oʻzini kimlargadir kerakli his eta olishi yoki, aksincha, oʻzini ezilgan, omadsiz sezishiga sabab boʻla oladi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga toʻsqinlik qiluvchi, uning inqiroziga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi kattadir. Chunki oilalarning nosogʻlomligi, noqobil va nizoli oilalar, ajralishlar sonining ortishi jamiyatga turli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon yetkazishi bilan birga, bunday nosogʻlom psixologik muhitli, nizo-janjalli, oʻzaro mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga kelib, shakllangan bolada ham keyinchalik nafaqat oʻz ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan shunday munosabat, balki atrofdagilarga, qolaversa, oʻzi yashagan jamiyatga nisbatan ham mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xudbin, turli jamiyat manfaatlari, yurt manfaatlariga zid boʻlgan salbiy tashqi kuchlar taʼsiriga oson beriluvchan, shu asosda esa oʻz oilasi, oʻz xalqi, oʻz yurti uchun xavfli odam boʻlib yetilishi mumkin.
Oilada tarbiyaga eʼtibor berilmasa, salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini donishmandlar koʻp bora taʼkidlashgan: “Millatlar sharafini yuqori martabaga koʻtaradigan narsa millionlar ila sanaladigan askarlar-u, dunyoda eng buyuk va zoʻr boʻlgan kemalar emas, balki eng oz eʼtibor beradiganimiz yo boʻlmasa, hech bir zamon eʼtibor bermasdan qoladiganimiz – oiladir. Oila nizomsiz boʻlsa, uning yomon oqibati butun millatga taʼsir etadi va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot oʻrnini tubanlik negiz quradi... Agar bir millatga bunday hol roʻbaroʻ kelsa, u millat kitobining soʻnggi varagʻi osiladi...”
Biz oʻz maʼnaviy hayotimiz va kelajagimizni qoʻrayotganda beqiyos milliy qadriyatimiz boʻlmish oilani asosiy tayanch deb bilamiz. Chunki oʻzligimizga qaytish, milliy urf-odatlarimizni eʼzozlash, kattalarga hurmat va kichiklarga gʻamxoʻrlik, odamiylik, halollik, olijanoblik, mehr-oqibat singari asl insoniy fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi.
Mamlakatimizda oila barqarorligi – jamiyat barqarorligi sifatida eʼtirof etilib, shaxsning oilada kamol topishi uchun barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga egadir, deb belgilab qoʻyilgan.
Oila jamiyatning eng muhim va mustahkam boʻgʻinidir. Oila inson hayotiga toʻkislik bagʻishlaydi, oila baxt keltiradi.
|
| |