• Oilaviy qadriyatlarning tarbiyaviy taʼsiri qoʻyidagi holatlarda namoyon boʻladi
  • Liboslarni kiyishda taqlidchilikdan




    Download 2,57 Mb.
    bet9/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    Liboslarni kiyishda taqlidchilikdan qochish lozim. Jumladan, hozirgi kunda arab, turk, Yevropa xalqlari ayniqsa, ayollariga taqlid qilib libos kiyayotgan fuqarolar tez-tez uchramoqda. Taqlidchilikning yana bir koʻrinishi roʻmol oʻrashda koʻrinmoqda. Roʻmol oʻrash oʻzbek ayollarining qadriyati boʻlib kelgan. Lekin, ayni kunlarda roʻmolni tagidan qora doʻppi kiyish, turli shakllarda oʻrash taqlidchilikning koʻrinishi hisoblanadi. Shuningdek, yevropacha
    kiyimlar – mini-yubka, koʻkragi ochiq kofta va koʻylaklar, harir matodan tikilgan kiyimlar, topiklar kiyish tavsiya etilmaydi. Jamoat joylarida kalish yoki shippakda, uy kiyimida, badanga yopishib turadigan shim va sogʻliq uchun zararli boʻlgan sunʼiy matodan tikilgan kiyimlarda yurish man qilinadi.
    Oilaviy qadriyatlarning tarbiyaviy taʼsiri qoʻyidagi holatlarda namoyon boʻladi:
    Oilada ota-ona-sanʼatkor, bola-sanʼat asari, tarbiya jarayoni esa sanʼatning oʻzidir. Ota-onaning bir-biriga nisbatan oʻzaro hurmati, mehr-muhabbati, halolligi, pokligi, mehnatsevarligi, insonparvarligi, tinch-totuvligi, maʼnaviy saviyasi, eʼtiqodi, jamiyatdagi mavqeini koʻrgan bola kelgusida oʻzi ham shunday oila qurishni orzu qiladi, shunga intiladi.
    Aks-holda esa ota-ona va farzandlar oʻrtasida mehr-oqibatsizlik, oʻz hayotidan, jamiyatdan norozilik, oilada notinchlik, hech narsaga qiziqmaslik, beparvolik, loqaydlik, jizzakilik holatlari hukm suradi. Bu esa oilaning barbod boʻlishi uchun zamin hisoblanadi. Bunday nosogʻlom muhitda dunyoga kelib, tarbiyalangan bolalarda xiyonatga, turli noaxloqiy hatti-harakatlarga (ichish, chekish, oʻgʻrilik qilish, jinoyatchilik, giyohvandlik, turli buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga kirib qolish va boshqalar), ruhiy tanglik holatlariga moyillik kuchli boʻladi. Shuning uchun ota-onaning favrzand tarbiyasidagi masʼuliyati nihoyatda muhimdir.
    Buning uchun ota-ona dastlab sogʻlom farzandni dunyoga keltirishda reproduktiv salomatlikka amal qilishi, bola tarbiyasida tibbiy, psixologik, pedagogik, maʼnaviy-axloqiy bilim, malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishi, farzandning boʻsh vaqtini samarali tashkil etishi, qiz bola uchun ona, oʻgʻil bola uchun otaning har tomonlama naʼmuna boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi.
    Ota-onaning tinch-totuvligi va oʻzaro mehr-muhabbati ularning dunyoqarashi, maʼnaviy saviyasi, qiziqishi eʼtiqodi, moddiy tengligi, jamiyatdagi mavqei, husn-latofati, qalblarining, moyilligiga bogʻliqdir. Ushbu xususiyatlari bir-birlariga monand er-xotin tarbiyalagan farzandlar goʻzallikka ishtiyoqmand, ruhiy tetik, bagʻri butun, hayotga qiziquvchan, tinch-totuv oilaviy hayot kechirishga tayyor boʻlib oʻsadilar. Aks-holda ota-ona va farzandlar oʻrtasida mehr-oqibatsizlik, oʻz hayotidan, jamiyatdan norozilik, oilada notinchlik, hech narsaga qiziqmaslik, beparvolik, loqaydlik, jizzakilik holatlari hukm suradi. Bu esa oilaning inqirozi uchun zamin hisoblanadi.
    Bunday nosogʻlom maʼnaviy muhitda dunyoga kelib, tarbiyalangan bolalarda xiyonatga, turli noaxloqiy xatti-harakatlarga (ichish, chekish, oʻgʻrilik qilish, jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqalar) ruhiy tanglik holatlariga moyillik kuchli boʻladi. Shuning uchun er va xotin xotinning bir-biriga mosligi oila barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy aytganidek:”… Er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, oʻrtada boylik va saranjomlik boʻlur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan.
    Husni boʻlsa, koʻngilga yoqimli boʻlur, yaxshiligʻi boʻlsa jon ozigʻidir. Aqlli boʻlsa, turmush intizomli va roʻzgʻor kerak-yarogʻi tartibli va saranjomli boʻladi”.
    … Nosoz juft uy uchun ham achchiq va yashirin kasallikdir. Uyatsiz boʻlsa, koʻngil undan ozorlanadi, yaramas boʻlsa, ruh undan azob tortadi. Tili yomon boʻlsa, kuyovning koʻngli yaralanadi. Yomon yoshlik boʻlsa, erga yuz qoralik keladi.
    Mayxoʻr boʻlsa, uy obodligi yoʻqoladi va buzuqi boʻlsa, uy ichi rasvogarlikka aylanadi”.2
    Shunday qilib, oilaviy qadriyatlar vositasida maʼnaviy madaniyatni shakllantirish asosida yigit va qizning oʻzlariga har tomonlama mos turmush oʻrtoq tanlashi oilaning baxtidir. Oilaviy qadriyatlarga amal qilmasdan bir-biriga nomunosib er yoki xotin – oilaning tanazzuli omilidir.
    Bugungi kunda oilaviy qadriyatlar vositasida oila maʼnaviyatini takomillashtirishda namunali oilalarning ilgʻor tajribalarini keng ommalashtirish, oila muammolariga oid qiziqtirgan savollar boʻyicha maslahatlar olish va berish maqsadida MOOKlar(Ommaviy ochiq onlayn saytlar)ni yoʻlga qoʻyish, vebinarlar (vebseminarlar, vebkonferensiyalar, vebdebatlar, veb murojaatlar, metodik vebsahifalar va b. q), internet tarmoqlarida “Oilaviy qadriyat sirlari” maxsus saytlari tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda esa yoshlarni sogʻlom oilaviy hayotga tayorlash masalalari boʻyicha, yosh oilalarning turmush borasida qiziqtirgan savollariga javoblar topishda, oila, taʼlim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining kengayishida, namunali oilalarning hayotiy tajribalaridan xabardor boʻlishda juda keng auditoriya (turli toifa oilalar, yoshlar, turli kasb ota-onalar, qaynona-kelinlar, yigitlar va qizlar, mutaxassislar va b. q.)ning qamrab olinish imkoniyati vujudga keladi.
    Ayollar uchun kiyinish madaniyati boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish, bayramlar arafasida tashkilotlarda ayollarga milliy liboslarda muntazam kelish taklif qilish, milliylikka urgʻu beruvchi plakatlarni muntazam targʻib etish, milliy liboslar koʻrgazmlari muntazam tashkil etish, taʼlim muassasalarida “Buvijonim kiygan liboslar”, “Zamonaviy oʻzbek liboslari”, “Sharq va Gʻarb milliy liboslari” tadbirlarini tashkil etish, turli xalqlarning asl milliy kiyimlari tarixini qiyosiy oʻrganish oilada mazkur qadriyat asosida oila maʼnaviyatini takomillashtirishda ijobiy samara berishi muqarrar.


    Download 2,57 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Liboslarni kiyishda taqlidchilikdan

    Download 2,57 Mb.