Oila va xotin-qizlar




Download 2,57 Mb.
bet6/74
Sana29.01.2024
Hajmi2,57 Mb.
#148139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

OILANING IJTIMOIY MAQOMI

Jamiyat negizi – oila yoshlar maʼnaviyatini tarbiyalashda asosiy tayanchdir. “Milliy mafkuramizga xos boʻlgan ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar oʻgiti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi”, – deb koʻrsatiladi. “Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida.


Haqiqatdan ham, har bir oilaning mustahkamligi, oila aʼzolarining tinch va farovon hayot kechirishi, oʻzaro hurmat va izzatda yashashi bu yoshlarni kelgusi oilaviy hayotga tayyorlashda muhim omildir.
Shuning uchun ham oilada ijtimoiy tarbiyaning oʻrni har qachongidan ham muhim boʻlib bormoqda. Zero, biz oila, uning jamiyatda tutgan oʻrni, oilaviy tarbiyada ota-onalar va bolalar munosabatlari kabi juda koʻp muammolar haqida fikr yuritamiz-u, ammo uning ijtimoiy jihatlari nazardan chetda qoladi.
Oilaning ijtimoiy maqomi uning jamiyatda tutgan oʻrni bilan belgilanadi. Buni biz quyidagilarda koʻramiz:

  • oilada nikohning toʻlaqonli boʻlishi (nikohda, nikohsiz, nikohi buzilgan oilalar);

  • oilaning darajasi (yosh oila, mustahkam oila, keksa oila);

  • nikohning tuzilishi (birinchi nikoh, ikkinchi nikoh va hokazo);

  • oilada koʻp bugʻinlilik (bobo-buvi, ota-ona, nabiralardan iborat oilalar);

  • oilada bolalar soni (serfarzand, kamfarzand oilalar).

Oilaning ijtimoiy maqomi sanalgan bu jihatlar uning moddiy taʼminoti bilan birga tarbiyaviy tomonlarini ham oʻz ichiga oladi. Uning nozik tomonlari koʻp. Masalan, oilada turmush tarzi ikkinchi nikohda birinchisiga qaraganda ijobiy boʻlishi mumkin, ammo bolalar va ota-onalar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar baʼzida uning psixologik muhitiga salbiy taʼsir etadi. Yoki oʻzbek oilalaridagi bobo, buvi, ota-ona, farzandlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir etish bilan birga, oilada uy-joy taqsimoti, moddiy-maishiy tomondan ziddiyatlar keltirib chiqarishi ham mumkin.
Oilaning ijtimoiy oʻrni, birinchidan, uning moddiy taʼminoti bilan belgilanadi. Bunga oilaning kirim-chiqimidagi moslik, uy-joy bilan taʼminlanganlik, roʻzgʻordagi madaniy-maishiy jihozlar, kiyim-kechaklarning yetarliligi kabilar kiradi. Agar bu ham talablarga javob bermasa, uning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi past darajaga tushib qolishi mumkin. Oila kam taʼminlangan taqdirda oʻrtacha darajada, moddiy tomondan taʼminlanganda esa uning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi yuqori darajada boʻladi.
Ikkinchi omil – oiladagi psixologik muhitdir. Bunga er-xotin, ota-ona va oila aʼzolarining oʻzaro munosabatlari, bir-birini:
tushunishi, tasavvuri va bir-biriga taʼsir etishi, oila aʼzolarining dam olishini qanday oʻtkazishlari kiradi. Bu holatlar ham yuqori, oʻrta va past darajada boʻlishi mumkin. Psixologik muhitning pastligi oilalarda nikohning buzilishi, bolalarning oiladan bezishi kabi ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab boʻladi.
Uchinchi jihat – bu oilaning ijtimoiy madaniyati darajasidir. U oila aʼzolarining bilimi, saviyasi va buning oilaning tarbiyaviy tomonlariga taʼsiri bilan belgilanadi. Bunday oiladagi ota-onalar oilaning eng yaxshi anʼanalarini davom ettiradilar, bolalarning axloqiy, mehnat, huquqiy, estetik tarbiyasi bilan muntazam shugʻullanib boradilar, oilada sogʻlom turmush tarzini yaratadilar.
Toʻrtinchi holat – oilada bolaga munosabat darajasi bilan belgilanadi. Bular bolaga va uning qiziqishlariga boʻlgan hurmat, eʼtibordir. Oilalar yuqoridagi jihatlari bilan sogʻlom oila va nosogʻlom oila turlariga boʻlinadi. Hozirgi bozor iqtisodiga oʻtish sharoitida baʼzi yoshlar toʻgʻri yoʻl topa olmay, yot taʼsirlarga berilib ketmoqda. Natijada oilada nosogʻlom muhit vujudga kelib, bu avvalo uning aʼzolariga, ayniqsa, balogʻat yoshidagi, oila qurish ostonasida turgan yoshlarga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda va nosogʻlom oilalarning paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda.
Shuning uchun ham bunday sharoitda biz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, oʻquv yurtlarida ularning ijtimoiy hayotiga koʻproq eʼtibor berishimiz kerak. Chunki bugungi talaba ertaga oila rahbari yoki uning faol ishtirokchisidir.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash deganda faqat ikkijihatdagi yoshning oila qurgandan keyingi hayotga tayyorligini emas, umuman oilaviy turmush tarziga tayyorligini tushunmoq zarur.
Maʼlumki, har bir oila alohida xususiyatlarga ega. Serfarzandlik, oilada erkaklarning hukumronligi, koʻpboʻgʻinlilik, oilada iqtisodiy-xoʻjalik ishlariga bir kishining rahbarlik qilishi oʻzbek oilalariga xos umumiy xususiyatlardir. Hozirgi davrda vujudga kelayotgan ayrim kamfarzand, nikohi buzilgan oilalarda farzandlarning voyaga yetishi va xoʻjalik yuritishiga har bir oila aʼzosining oʻzicha hissa qoʻshishi, milliy urf-odatlarga oʻta rioya etadigan oilalar yoki oʻta “zamonaviy” oilalarning tarkib topishi natijasida ularda tarbiyalangan yoshlarning oila qurgandan keyingi hayotida nomuvofiqliklar kelib chiqmoqda. Chunki turlicha xulq-atvor, xatti-harakat, turlicha turmush tarziga ega boʻlgan, ikki oila farzandlari qovushganda birinchi navbatda ijtimoiy nomuvofiqlikka sabab boʻladi. Masalan, yolgʻiz ona yoki ayol hukmron boʻlgan oilada oʻsgan qiz serfarzand, barcha milliy rasm-rusumlarga rioya etadigan oilaga tushganda qiynalib qolishi mumkin. Bunday gavjum oiladagi mehnat muhiti, yosh, tajribasiz, “erkin” oila farzandini toliqtirib qoʻyadi. Oʻta “zamonaviy” oilada oʻsgan qiz ham milliy urf-odatlar hukmron boʻlgan oilada oʻz oʻrnini topguncha barcha kelishmovchiliklar yuz beradi. Yangi oiladagi tartib, talablar hatto yosh oilaning buzilishiga ham olib kelishi mumkin.
Ana shunday holatlarda, oʻz uyida oila ilmidan saboq ololmagan qizga, bilim dargohida oila maʼnaviyatidan olgan saboqlar katta ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun ham bilim dargohlarida yoshlar oʻrtasida:

  • oila sirlari nimada?

  • serfarzandlik ulugʻmi, kamfarzandlik?

  • oiladagi mehnat muhitiga qanday koʻnikish mumkin?

  • oilada milliy urf-odatlar, sanʼat ustun boʻlishini istaysizmi? Nima uchun?

  • “zamonaviy” oila deganda nimani tushunasiz?

  • siz kelin (kuyov) boʻlgan oila sizga muvofiq kelmasa, kanday yoʻl tutasiz?

  • ajralib ketasizmi yoki oilani saqlashning boshqa yoʻllarini izlaysizmi?

  • qaysi holatlarda niqohni buzish mumkin emas?

  • erka qizlar va yigitlar oila qurganda qanday holatga tushishi mumkin?

  • oila aʼzolarining ilmiy salohiyati oilaviy hayotda qanday rol oʻynaydi? kabi muammolar yuzasidan umumiy mulohazalar bilan bir qatorda maslahatli va yakka holda suhbatlar, maʼrifiy treninglar oʻtkazish maqsadga muvofiq. Bu tadbirlar turli vaziyatlarda, turli muddatlarda oʻtkaziladi.

Demak, oila ijtimoiylik kasb etishi bilan bir qatorda u oʻta shaxsiylik ham kasb etib, uning “ichiga” oilaning oʻz aʼzolaridan tashqari har bir kishining qoʻshilishi ham hamma vaqt ijobiy natija beravermaydi. Oʻzbek oilasining har
biri – bir “mamlakat”, uning esa oʻz boshligʻi, oʻz vaziri, oʻz fuqarosi bor. Oilaning mustahkamligi, farovonligi ham uning ana shu yetakchilariga bogʻliq.
Shuning uchun ham oilaning sogʻlomligi, barqarorligi, farovonligi, uning muammolariga bir butun, yaxlit tarzda yondashib, hal etiladi va oilaviy munosabatlar, sogʻlom psixologik muhit, oilada nikoh masalalari, farzandlar va ayol salomatligi, oila huquqi va iqtisodi, mehnat muhiti, oilaviy ziddiyatlarning kelib chiqishi sabablari, turmush tarzi va madaniyati muammoning ildizlarini chuqur oʻrganish va bular haqida har bir yoshni oila ilmi bilan qurollantirish zarur boʻladi.


Download 2,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Download 2,57 Mb.