• Zero, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda: “Oila kichik Vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, Vatan tinch boʻladi”.
  • 5 yil davomida
  • “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat”
  • Sogʻlom ona – sogʻlom farzand”
  • ”2020–2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”qabul qilindi;
  • Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi
  • “Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari” , mahallalarda xotin-qizlar faollari,”Oqila ayollar” harakati
  • “mahallabay”,”xonadonbay”
  • Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari
  • ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari
  • -MAVZU. OʻZBEKISTONDA OILA INSTITUNINI YANALA RIVOJLANTIRISH VA YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHGA OID DAVLAT SIYOSATI




    Download 2,57 Mb.
    bet3/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    1-MAVZU. OʻZBEKISTONDA OILA INSTITUNINI YANALA RIVOJLANTIRISH VA YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHGA OID DAVLAT SIYOSATI

    Oilasi jamiyat tayanchi, insonning baxt qoʻrgʻonidir. Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Uning ijtimoiy-maʼnaviy barkamolligi davlat va jamiyat farovonligining negizidir. Darhaqiqat, jamiyat va davlat farovonligi, gullab-yashnashi oilalarning zamonaviyligi va uning maʼnaviy-axloqiy poydevorining mustahkamligiga bogʻliq. Shu boisdan ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmunida oila manfaatlarini huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan himoya qilish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda.


    Darhaqiqat, Oʻzbekiston mustaqilligi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlashda yanada keng imkoniyat yaratdi. Ayniqsa, mustaqilligimizning keyingi besh yilda oila institutining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini taʼminlash, uy mehnati va madaniy-maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning maʼnaviy-axloqiy asoslarini takomillashtirish, oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, oilada jamiyat talablariga mos komil insonlarni tarbiyalash, uni manfaatlarini huquqiy muhofaza etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar butun dunyo xalqlarining diqqat-eʼtiborida boʻlmoqda.
    Zero, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda: “Oila kichik Vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, Vatan tinch boʻladi”.
    Respublikamizda barcha toifalardagi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarni ijtimoiy-psixologik barqarorligini taʼminlash, oilada sogʻlom ijtimoiy muhitni yaratish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin yosh oilalar ajrimining oshib borishi, yoshlarning oilaga talab darajasida tayyor emasligi, taʼlim muassasalari tarbiyachi-oʻqituvchilari, ota-onalar, yoshlar, mahalla xotin-qizlar faollari va mutasaddi vazirlik va idoralar xodimlarining bu boradagi faoliyatlarini takomillashtirishni taqoza etmoqda.
    Buning uchun professional taʼlim muassasalarida yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda:

    • zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila – muqaddas”, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” konseptual gʻoyalarini ularning ongiga singdirib borish;

    • professional taʼlim muassasalarida yigit va qizlarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash;

    • professional taʼlim muassasalarida yigit va qizlarda oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.

    Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5938-son, 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” PF-60-son, 2022-yil
    1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-81-son, 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmonlari, 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori, Oʻzbekiston Respublikasmi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 820–son qarori qabul qilindi. Mazkur huquqiy-meʼyoriy hujjatlar ijrosini taʼminlash maʼlum darajada oʻz natijasini koʻrsatishi mumkin.
    Shuningdek, – soʻnggi 5 yil davomida oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 30 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilindi.
    Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida olib borilmoqda:
    – oila institutini mustahkamlash boʻyicha, eng avvalo, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” konseptual gʻoyasini hayotga tatbiq etish yuzasidan huquqiy – normativ bazani yanada takomillashtirish;
    – ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, jumladan, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni qulay sharoitlarga ega arzon va shinam uy-joy bilan taʼminlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish, oilalarda kambagʻalchilikni qisqartirish;
    – jamiyatdagi barcha institutlarning diqqat-eʼtiborini oilalar mustahkamligini taʼminlashga yoʻnaltirish, ularning oilalarni qoʻllab-quvvatlashdagi taʼsirini kuchaytirish, oilalarda gender tenglikni taʼminlash;
    – “Sogʻlom ona – sogʻlom farzand” tamoyiliga muvofiq oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, farovonligi va xotirjamligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish;
    – oilaning maʼnaviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash va mustahkamlash zamirida jamiyatning maʼnaviy takomilligiga erishish. Oilada maʼnaviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot boʻlgan turli xil zararli taʼsirlarga qarshi turishda oilaning oʻrni va ahamiyatini oshirish;
    – jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila instituti, fuqoralik jamiyati institutlarining taʼlim va tarbiya muassasalari bilan oʻzaro hamjihatligi mexanizmini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali, uzviy va uzluksiz amaliy hamkorligini taʼminlash;
    – zamonaviy oilani rivojlantirish, oilada ichki munosabatlar, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlar muammolari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni oʻtkazish, ular asosida oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va ajrashishlarning oldini olish va b. q.
    Mamlakatimizda mahalla va oila institutlarini yanada mustahkamlash borasida mazkur ustuvor masalalar boʻyicha soʻnggi yillarda asrlarga tatigulik muhim amaliy ishlar qilindi va ijobiy natijalarga erishilmoqda. Darhaqiqat,

    • Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi va Qonunchilik palatasida Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi gender tenglikni taʼminlash masalalri boʻyicha komissiya,”2020–2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”qabul qilindi; vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari boʻyicha maslahat kengashlari tashkil etildi;

    • 2020-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shahar va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi; mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy – maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimi joriy etildi;

    • ilk bor oila siyosatini belgilash borasida Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi qabul qilindi;

    • Xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi oʻrni va rolini oshirish, mehnat jamoalaridagi Xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlari orqali xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tuman va shaharlarida hududiy “Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari”, mahallalarda xotin-qizlar faollari,”Oqila ayollar” harakati tizimlari joriy etildi;

    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shahar va tuman hokimlari, taʼlim muassasalari rahbarlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, maslahatchisi lavozimi joriy etildi;

    • Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazirligi va uning huzurida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi;

    • 2018-yildan eʼtiboran, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi boʻlgan ayollarga moddiy yordam koʻrsatish, oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashda koʻmaklashishning yangi tizimi tashkil etildi;

      • ayollarning oilaviy tadbirkorlik sohasidagi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda joylarda aniqlangan xotin-qizlar muammolarini hal etish uchun 2021-yilda byudjetdan qoʻshimcha ravishda 1 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi. “Xalq banki” tomonidan joylarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarini ishlab chiqish va kredit olishda ularga amaliy yordam koʻrsatishning yangi tizimi joriy etildi;

    • ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlarni, ehtiyojmand oilalarni huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, oila institutini har tomonlama mustahkamlash boʻyicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida eng quyi boʻgʻin – mahalla va xonadongacha kirib boradigan vertikal “mahallabay”,”xonadonbay” tizimi joriy etildi;

      • ehtiyojmand oilalar uchun uy-joylar, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berishning insonparvar mezanizmi yoʻlga qoʻyildi;

    • 2022-yildan toʻliq ishga tushadigan “Ijtimoiy reestr”da ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda koʻrsatiladigan boʻldi;

    • mahalla fuqarolar yigʻinlarida oilalardagi nizo, ziddiyat, tazyiq, notinchliklar hamda ajrimlar, erta turmush va erta tugʻriqning oldini olish maqsadida Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari tashkil etildi;

    • oilada zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish maqsadida mamlakatimiz miqiyosida “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz jonishga qasd qilishning oldini olish” boʻyicha Respublikamizda 29 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari tashkil etildi. Shuningdek, oilaviy tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar uchun “Himoya orderi” yangi tizimi joriy etildi hamda ishonch telefoni, maxsus telegramm kanallari faoliyati yoʻlga qoʻyildi;


    • Download 2,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. OʻZBEKISTONDA OILA INSTITUNINI YANALA RIVOJLANTIRISH VA YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHGA OID DAVLAT SIYOSATI

    Download 2,57 Mb.