|
-MAVZU. OILAVIY QADRIYATLARNING – OILA FAROVONLIGINI TAʼMINLASHDAGI OʻRNI
|
bet | 7/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)3-MAVZU. OILAVIY QADRIYATLARNING – OILA FAROVONLIGINI TAʼMINLASHDAGI OʻRNI
“Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi
va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash,
ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz
uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib
kelgan va shunday boʻlib qoladi”.
Sh. Mirziyoyev
Sharqda oila – asrlar davomida shakllanib kelgan jamiyatning mustahkam poydevori, uni harakatga keltiruvchi qudratli maʼnaviyat oʻchogʻidir. Oilani mustahkamligi, farovonligi, tinchligi va xotirjamligi uning maʼnaviy poydevorining mustahkamligiga bogʻliq. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonida belgilab berilgan 7 ta yoʻnalishning beshinchi “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” yoʻnalishi boʻyicha 71-78 maqsadlarning mohiyati ham oilaning maʼnaviy poydevorini mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni va 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-146-son qarorlarida ham Yangi Oʻzbekistonda oila institutini rivojlanishida qadriyatlardan foydalnishga alohida eʼtibor berilgan.
Darhaqiqat, tarixiy, ilmiy-nazariy va hayotiy nuqtayi nazardan qaraganda oilaning maʼnaviy poydevori-oilaviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi.
Oilaviy qadriyatlar-moddiy va axloqiy-maʼnaviy qadriyatlardan iboratdir. Oilaning moddiy qadriyatlari-oilani iqtisodiy jihatdan ehtiyojlarini taʼminlashga xizmat qiladigan, avlod-ajdodlar tomonidan shakllantirib kelinadigan moddiy resurslardan iboratdir.
Yaʼni, oila aʼzolari tomonidan qadrlanadigan uy-joylar, shaxsiy iqtisodiy ehtiyojlarini qondiradigan kundalik roʻzgʻor buyumlari (koʻrpacha, yostiq, qozon-tavoq va b. q.,), mehnat anjomlari (oʻroq, ketmon, bolta, qaychi va b. q.,), tinch va farovon yashash uchun xizmat qiladigan mol-mulklar hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan kambagʻalchilikning oldini olish, ehtiyojmand oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar, yoshlar va barcha toifa fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash borasida asos solgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Mehr daftari” kabi yangi tizimlarning asl maqsadi ham oilalarni moddiy qadriyatlarini yanada barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Oilaning, jamiyatning moddiy barqarorligi, oila aʼzolarining baxtlilik indeksini namoyon etadigan indikatorlardan muhimi oila maʼnaviyati boʻlib, uning asl maqsadi-oila aʼzolarining umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, axloq-odob qoidalariga kundalik hayotida amal qilgan holda hayotdan rozi boʻlib yashash demakdir.
Oilaviy qadriyatlar-oila aʼzolari tomonidan qadrlanadigan, sulolalar gʻururiga aylangan, avloddan-avlodga maʼnaviy boylik sifatida oʻtib, boyib, takomillashib jamiyatda oila imijini namoyon etadigan dunyoviy va diniy anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, axloq-odob qoidalaridan iboratdir. Shuningdek, oila aʼzolari imijini belgilovchi axloq-odob qoidalari ham hisoblanadi.
Oilaviy qadriyatlarning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlib, ularga rioya etish oilaning, oila aʼzolarining jamiyatda tutgan oʻrnini belgilaydi. Oilaviy qadriyatlar milliy-umuminsoniy-milliy tizim asosida oʻzini-oʻzi namoyon etadi va takomillashib boradi.
Oilaviy maʼnaviy qadriyatlarning mazmuniy asoslari qoʻyidagilardan iborat:
milliy kiyimlar;
roʻgʻor yuritish qonun-qoidalari;
oilaviy marosimlar (toʻy va motam marosimlari, diniy va milliy bayramlar, rasm-rusumlar, urf-odatlar va b. q.,);
milliy kasb-hunar mahsulotlari (millatning ichki va tashqi dunyosini namoyon etuvchi milliy liboslar (nimcha, turli sumkachalar, kelinlar roʻmolchasi, kuyov toʻni va boshqa milliy liboslar), kashtachilik, kosonachilik, hunarmandchilik, zargarlik, doʻppidoʻzlik, tikuvchilik;
dehqonchilik mahsulotlari;
axloq-odob qoidalari.
Mazkur qadriyatlar oila maʼnaviyatini asosiy poydevori hisoblanadi:
oila maʼnaviyatining asosiy manbalari – milliy oilaviy qadriyatlar;
sharq va Gʻarb mutafakkirlarining oila maʼnaviyati borasidagi meroslari;
kitob – insonning maʼnaviy kamoloti poydevori hisoblanganligi uchun badiiy va sanʼat asarlari, ommabop risolalar, ilmiy-metodik qoʻllanmalar, darsliklar, esdaliklar;
oilaviy naʼmunali hayotiy tajribalar; OAV, matbuot, internet, videomateriallar, koʻrgazmali targʻibot mahsulotlari ( plakatlar, bukletlar va b. q) va boshqalardan iboratdir.
Tadqiqotlarga koʻra oilaviy qadriyatlar qoʻyidagi tarbiyaviy komponentlarni oʻz ichiga oladi:
|
| |