• Avtomatlashtirilgan ish joylarni sinflash
  • Mutaxassisning avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ)
  • Texnik xodimning avtomatlashtirilgan ish joyi
  • Mavzu: Avtomatlashtirilgan ish joylar




    Download 113.24 Kb.
    Sana02.04.2024
    Hajmi113.24 Kb.
    #185379
    Bog'liq
    5-mavzu
    2-mavzu, 10-Mavzu Adobe Photoshop dasturida fayllar bilan ishlash, instumen, Био,физ,кимё лаб., 10-ma\'ruza, Tolstosheeva Razrabotka 17 (1), 4-маъруза такдимоти, 1-maruza (3), photo 2023-09-20 16-09-55, portal.guldu.uz-Maruza (1), File, 20-ma\'ruza rekursiv funksiyalar, 0102, 16-ma\'ruza, 7-mavzu media maydon tuzilishi va ta`siri. Reja Axborotlashgan, B.BAhmedov

    MAVZU: Avtomatlashtirilgan ish joylar
    Avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) - bu biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va tashkilot xodimlarining samaradorligini oshirish imkonini beradigan apparat va dasturiy ta’minotning majmuasidir. Odatda AIJ o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va tashqi qurilmalar bilan jihozlangan shaxsiy kompyuterdan iborat bo‘ladi.
    Avtomatlashtirilgan ish joylari:
    • mutaxassisning axborot va hisoblash ehtiyojlarini tezkor ta’minlashni va uning ish joyida joylashgan apparat va dasturiy vositalar to‘plamidir.
    • ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, tashkiliy va iqtisodiy boshqaruv. Avtomatlashtirilgan ish joyini tuzilmasi:

    Avtomatlashtirilgan ish joylarini texnologik asosi quyidagi vositalar to‘plami bilan ta’minlanadi:
    • "elektron pochta", "elektron kotib", "elektron yozma daftarchasi" va boshqalarni qo‘llab-quvvatlashning turli vositalarini o‘z ichiga olgan tezkor faoliyatning to‘plami;
    • axborotni izlash va tahlil qilish vositasi, jumladan turli xil axborot tizimlari, tahliliy fayllar, elektron grafik vositalar;
    • boshqaruv va iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, shu jumladan, iqtisodiy-matematik modellari, elektron jadvallarni, qarorlarni qabul qilish modellari; axborot bazalari bilan qo‘llab-quvvatlangan ekspert tizimlari (ET); sonly va matnli axborotlarni qayta ishlash vositalari.


    Avtomatlashtirilgan ish joylarni sinflash
    Avtomatlashtirilgan ish joylarini belgilarlar bo‘yicha quyidagi sinflarga ajratish mumkin (Rasm x.x.).
    Texnik bazaga muvofiq quyidagi avtomatlashtirilgan ish joylarni ajratish mumkin:
    • Korporativ EHM asosida yaratilgan AIJ. Ular tashkiliy – iqtisodiy boshqarma mutaxassisi xodimlari tomonidan katta ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatini beradi;
    • Shaxsiy kompyuterlar asosida yaratilgan AIJ. Bu avtomatlashtirilgan ish joyining eng sodda va keng tarqalgan ko‘rinishidir. Bunday holatda, avtomatlashtirilgan ish joyi foydalanuvchi o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborotni qayta ishlash bo‘yicha barcha vazifalarini bajaradi. Ixtisoslik bo‘yicha avtomatlashtirilgan ish joylarining quyidagi turlarini ajratish mumkin:
    • Rahbarning AIJ tezkor boshqarish va qarorlarni qabul qilish vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan. Rahbarning avtomatlashtirilgan ish joyi quyidagi imkoniyatlarni beradi:

    muayyan vaziyatlarga maksimal darajada moslashish bilan qarorlar qabul qilish;
    ✓ avtomatlashtirilgan korporativ ma’lumotlar bazasida joylashgan barcha ma’lumotlarga talab qilingan shaklda hisobotlarni qabul qilish;
    ✓ rahbarga yoki uning yordamchilariga tezkor ishlashni oshirish va zarur ma’lumotlarni topish tezligini ta’minlaydi;
    ✓ tashkiliy tuzilma va tashqi muhit bilan bog‘liq boshqa axborot manbalari bilan tezkor aloqa o‘rnatish imkonini beradi.
    Mutaxassisning avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) tahliliy ishlarni bajarishga imkon beradi. Mutaxassisning avtomatlashtirilgan ish joyi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
    ✓ shaxsiy ma’lumotlar bazalari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
    ✓ axborotning qo‘shimcha manbalari bilan muloqotni ta’minlash;
    ✓ tajribani hisobga olgan holda tahlil qilingan jarayonlarni modellashtirish.\
    Texnik xodimning avtomatlashtirilgan ish joyi bajaradigan kundalik ishlarni avtomatlashtirishga imkon beradi:
    ✓ ma’lumotlarni kiritish;
    ✓ arxivlarni saqlash va kartotekani olib borish;
    ✓ kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni qayta ishlash;
    ✓ rahbarning kunlik shaxsiy rejasini nazorat qilish va h.k.
    Download 113.24 Kb.




    Download 113.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Avtomatlashtirilgan ish joylar

    Download 113.24 Kb.