• Kiritish maydoni
  • Matnli izohlar maydoni
  • Maple dasturi haqida b. Bahmedov




    Download 0.66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana14.11.2023
    Hajmi0.66 Mb.
    #98492
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    B.BAhmedov
    2-mavzu, 10-Mavzu Adobe Photoshop dasturida fayllar bilan ishlash, instumen, Био,физ,кимё лаб., 10-ma\'ruza, Tolstosheeva Razrabotka 17 (1), 4-маъруза такдимоти, 1-maruza (3), photo 2023-09-20 16-09-55, portal.guldu.uz-Maruza (1), File, 20-ma\'ruza rekursiv funksiyalar, 0102, 16-ma\'ruza, 7-mavzu media maydon tuzilishi va ta`siri. Reja Axborotlashgan



    MAPLE DASTURI HAQIDA 
     
    B.BAhmedov 
     Farg’ona Davlat universiteti, fizika kafedrasi o’qituvchisi 
    Sh.Sh.Abduroxmonov 
    Farg’ona Davlat universiteti M21–02 guruh magistranti
    Kompyuter matematikasi sohasi bo`yicha dunyodagi lider bu Waterloo Maple 
    Inc (Kanada) kompaniyasi bo`lib hisoblanadi. Bu kompaniyaning ishlab 
    chiqaradigan mahsuloti Maple matematik dasturi bo`lib hisoblanadi. Maple muhiti 
    1980-yilda Waterloo Maple Inc (Kanada) firmasi tomonidan yaratilgan. Bugungi 
    kunda uning quyidagi versiyalari mavjud: Maple 5, Maple 6, Maple 7 va hokazo. 
    Maple – matematik oynali dasturi qisqa vaqt ichida keng qamrovli hisoblashlarni 
    bajarish imkoniyatiga ega. 1984-yildan boshlab Waterloo Maple Inc kompaniyasi 
    Maple dasturlarini sotuvga chiqara boshlagan. Maple dasturida ishlash qulay 
    bo`lib, asosan mexanika, muhandislik masalalari, matematik masalalar, geometrik 
    fazolar va grafiklar bilan ishlashga mo`ljallangan 4000 dan ortiq bo`yruqlar 
    mavjud. Mathcad 2000 dasturida esa atigi 300 ta buyruqlar bor. Maple 
    dasturlashsiz katta hajmdagi masalalarni yechish imkoniyatiga ega. Faqat 
    masalalarni yechish algoritmini yozish va uni bir necha bo`laklarga bo`lish kerak. 
    Bundan tashqari yechish algoritmlari funksiya va sistema buyruqlari ko`rinishida 
    hal qilingan minglab masalalar mavjud. Maple matematik va injener-texnik 
    hisoblashlarni o`tkazishga mo`ljallangan dasturlashning integrallashgan tizimi 
    hisoblanadi. U formula, son, matn va grafika bilan ishlash uchun keng imkoniyatli 
    tizimdir.
    Paket foydalanish uchun ancha qulaydir. Uning interfeysi shunchalik qulay 
    qilinganki, undan foydalanuvchi dastur varag`i bilan xuddi qog`oz varag`i singari 
    ishlaydi. Unga sonlar, formulalar, matematik ifodalar va hokozalarni yozadi. 
    Maple tizimi matn muharriri, kuchli hisoblash va grafik prosessoriga ega. 
    Matn muharriri matnlarni kiritish va muharrirlash uchun ishlatiladi. Matnlar 
    izohlardan iborat bo`lib, unga kiritilgan matematik ifodalar bajarilmaydi. Matn 
    so`zlar, matematik ifoda va formulalar, maxsus belgilar va hokozalardan iborat 
    bo`lishi mumkin. Maplening asosiy xususiyati matematikada umumiy qabul 
    qilingan belgilarning ishlatilishidadir. Hisoblash prosessori keng imkoniyatga ega. 
    U murakkab matematik formulalar bo`yicha hisoblashlarni bajaradi. Ko`plab 
    matematik funksiyalarga ega bo`lish bilan birga, qatorlar, yig`indi, ko`paytma, 
    hosila va aniq integrallarni hisoblash, kompleks sonlar bilan ishlash, hamda chiziqli 



    va chiziqli bo`lmagan tenglamalarni yechish, vektor va matritsalar ustida amallar 
    bajarish imkoniyatini yaratadi. 
    Maple dasturining oynasi barcha amaliy dasturlarning oynasi kabidir. 
    Maplening ishchi maydoni 3 qismga bo`linadi: 
    1. Kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri 
    > simvoli bilan boshlanadi
    2. Chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so`ng hosil 
    bo`lgan ma`lumotlar (analitik ifodalar, grafiklar va xabarlar) ni o`z ichiga oladi; 
    3. Matnli izohlar maydoni – ro`y bergan xatoliklar yoki bajarilgan 
    buyruqlarga izohlar, turli xarakterdagi xabarlar. 
    Buyruqlar satrini matnli rejimiga o`tkazish uchun uskunalar panelidan 
    sichqoncha yordamida T ni tanlaymiz. 
    Maple dasturi ham Windowsning barcha ilovalari kabi quyidagi 
    elementlardan iborat: 

    Sarlavha satri. Bu qatorda fayl nomi, sistemali tugmachalar joylashgan; 

    Menyu. Menyu bo`limlari 8 ta bo`lib, ular Maple dasturida ishlashni 
    osonlashtiradi; 

    Asboblar paneli. Foydalanuvchi uchun muhim va ko`p foydalaniladigan 
    buyruqlar uchun yorliqlar joylashtirilgan; 

    Ishchi stol yoki Maple hujjati (Worksheet). Mapleda yaratilgan hujjat 
    kengaytmasi *.mw bo`lib hisoblanadi. 
    Dastur ishga tushirilgandan keyin quyidagi menyu hosil bo`ladi:

    File – fayllar bilan ishlash va hujjatni chop etish. 

    Edit – hujjatni tahrirlash buyruqlari va almashtirishlar buferi bilan ishlash. 

    View – foydalanuvchi interfeysi ko`rinishini boshqarish. 

    Insert – o`rnatish amallari. 

    Format – formatlarni berish operatsiyalari. 

    Spreadsheet - jadvallarni berish amallari.

    Options – parametrlarni berish.

    Help – ma`lumotlar muhiti bilan ishlash. 

    Window – oynalarni boshqarish. 
    Matematik belgilarni kiritish palitra. Matematik belgilarni kiritish uchun 
    Palettes palitrasi ro`yxatidan foydalaniladi. Bu ro`yxat View menyusida joylashgan. 
    Ro`yxatda quyidagilar mavjud: 

    SYMBOL- alohida belgilarni kiritish (grek xarflar va ba`zi matematik 
    belgilar);

    FESSION- matematik operatorlar va amallar shablonini kiritish; 




    MATRIX – turli o`lchovdagi matrisalar shablonini kiritish; 

    VEKTOR – turli o`lchovdagi vektorlar shablonini kiritish 
    Menyudan pastda joylashgan har bir tugmacha belgilar palitrasini ochish 
    uchun ishlatiladi. Bu palitralar operatorlar, grek harflari, grafiklar va boshqalarni 
    o`rnatish uchun ishlatiladi. 

    Download 0.66 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.66 Mb.
    Pdf ko'rish