Reja: Qism dasturlar




Download 24.9 Kb.
bet1/2
Sana09.11.2023
Hajmi24.9 Kb.
#96548
  1   2
Bog'liq
16-ma\'ruza
2-mavzu, 10-Mavzu Adobe Photoshop dasturida fayllar bilan ishlash, instumen, Био,физ,кимё лаб., 10-ma\'ruza, Tolstosheeva Razrabotka 17 (1), 4-маъруза такдимоти, 1-maruza (3), photo 2023-09-20 16-09-55, portal.guldu.uz-Maruza (1), File, 20-ma\'ruza rekursiv funksiyalar, 0102, 7-mavzu media maydon tuzilishi va ta`siri. Reja Axborotlashgan, B.BAhmedov

16-mavzu: PYTHON DASTURLASH TILIDA FUNKSIYALARNI YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISH
Reja:
1. Qism dasturlar;
2. Funksiya tanasini faollashtirish;
Tayanch so‘zlar. Qism dasturlar, funksiya, global, bir qiymat, argument, def.

Python dasturlash tili tarkibida dastur tuzish vaqtida ma’lum bir jarayonlar bir necha marta bajarilishi yoki bir necha marta murojat qilinishi mumkin. Dasturlash tillari tarkibida bir necha marta bajarilish kerak bo‘lgan jarayonlarni bir marta tasvirlab, keyin shu dasturga murojat qilish imkoniyati mavjud. Dasturlash tillari tarkibida bir necha marta bajarilishi mumkin bo‘lgan holatlarni qism dastur sifatida e’lon qilish va kerakli joyga shu qism dasturga murojat qilish mumkin.


Ta’rif: Dasturlash tilida yaratilgan dastur tarkibida ma’lum bir vazifani bajaruvchi kichik dasturlar qism dasturlar deyiladi.
Qism dasturlarning mohiyati berilgan masala tarkibi ma’lum bir vazifani bajarish kerak bo‘ladi, lekin masala tarkibida ham kichik bir vazifani bajarish kerak bo‘ladi shunday vazifalarni qism dastur yordamida hal etish mumkin. Bunday masalalar asosan matematik masalalar tarkibida ko‘p bo‘lishi mumkin, yoki boshqa sohalarda ham uchrab turadi. Masalan biror bir tashkilotning ma’lumotlar bazasi berilganda uning tarkibidagi xodimlarning oylik maoshini hisoblash jarayonini qism dastur yordamida hisoblash maqsadga muvofiq. Agar tashkilot ma’lumotlar bazasi tarkibidagi xodimlarning oylik maoshini qism dastur yordamida hisoblanmasa, har bir xodim uchun oylik maoshini hisoblash jarayonini keltirish kerak, qism dasturdan foydalansa har bir xodim uchun qism dasturga murojat qilib qo‘yiladi. Dastur tuzish vaqtida qism dasturlardan qachon foydalanamiz, agar siz hal etadigan masala yoki muommo tarkibida ma’lum bir jarayonlar ikki va undan ortiq sodir bo‘lsa,o‘sha jarayonni qism dastur sifatida e’lon qilish kerak va kerakli joyda qism dasturga murojat qilish kerak. Masalan, quyidagi masalaga e’tibor bering.

Bu masala tarkibiga e’tibor qaratsak, birdan n gacha bo‘lgan sonlaryig‘indisi bir necha marta bajarilyapti, bu masalani hal etish uchun tuziladigan dastur tarkibida birdan n gacha bo‘lgan sonlar yig‘indisini hisoblash jarayonini qism dastur qilib e’lon qilish kerak. Agar qism dastur sifatida e’lon qilinsa, masalani hal etishda qism dasturga ikki marta murojat qilish asosida berilgan masalani hal etish mumkin.
Yuqorida keltirilgan masalalarga o‘xshash masalalarni hal etish usulini samarasini oshirish uchun qism dasturlardan foydalaniladi. Qism dasturlar python dasturlash tilida qisqacha qilib funksiyalar deb ataladi. Demak, funksiyalar ma’lum bir vazifani bajaruvchi dastur tarkibdagi qism dasturlar ekan.
Ta’rif: Dasturlash tilida tuzilgan dastur tarkibidagi ma’lum bir vazifalarni bajaruvchi qism dasturlar funksiyalar deyiladi.
Dastur ishlash jarayoni samarasi asosan ikki tur bo‘yicha oshiriladi, ya’ni xotira hajmi va ishlash tezligi bo‘yicha. Dasturning ishlash tezligini oshirish uchun, albatta, dastur tarkibi sodda va ixcham bo‘lishi ta’lab etiladi. Dastur tarkibi sodda va ixcham bo‘lishi uchun imkoniyat boricha qism dasturlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Funksiyalar python dasturlash tilida ma’lum bir vazifani bajaruvchi dastur tarkibidagi kichik dasturlar, demak, funksiyani hosil qilish uchun datur tarkibida ma’lum bir vazifalar bir necha marta bajarilish kerak bo‘ladi. Python dasturlash tilida har qanday funksiya hech bo‘lmaganda bitta natija qaytaradi.
Dastur tarkibidagi funksiyaga uning nomi bilan murojat qilinadi, dastur bajarilish vaqtida funksiya nomi uchrasa, komplyator shu funksiyaning tanasiga murojat qilib natijani funksiya nomiga qaytaradi va dastur keyingi qadamlarni bajaradi. Python dasturlash tilida funksiyalar asosan ikki guruhga ajratiladi, ya’ni standart va standart bo‘lmagan funksiyalar. Standart funksiyalar python dasturlash tili tarkibida biror bir kutubxona tarkibiga joylashtirilgan bo‘ladi. Standart funksiyalar haqida mazkur qo‘llanmaning I-bobida batafsil yoritilgan. Standart bo‘lmagan funksiyalar dastur tarkibida yaratiladi va unga nomi bilan murojat qilinadi. Python dasturlash tilida dasturlashning asosiy qismlaridan biri funksiyalardir. Funksiyalarning foydasi shundaki, katta hajmli masala bir necha kichik bo‘laklarga bo‘linib, har biriga alohida funksiya yozilganda, masala yechish algoritmi ancha soddalashadi. Bunda dasturchi yozgan funksiyalar pythonning standart kutubxonasi va boshqa firmalar yozgan kutubxonalar ichidagi funksiyalar bilan birlashtiriladi. Bu esa ishni bir muncha osonlashtiradi. Ko‘p holda dasturda takroran bajariladigan amallarni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu funksiyani chaqirish mumkin. Funksiyani programma tanasida ishlatish uchun u chaqiriladi, yani uning ismi yoziladi va unga kerakli argumentlar beriladi.
() qavslar ushbu funksiya chaqirig‘ini ifodalaydi. Masalan: foo(); k =square(l);
Demak, agar funksiya argumentlar olsa, ular () qavs ichida yoziladi. Argumentsiz funksiyadan keyin esa () qavslarning o‘zi qo‘yiladi.
Funksiya tanasini faollashtirish
Python dasturlash tilida funksiyalardan foydalanish uchun, albatta, funksiyalarni dastur tarkibida alohida yozilish kerak. Funksiyalar python tilining ixtiyoriy joyida yozilishi mumkin. Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi. Funksiyalar yordamida programma modullashadi, qismlarga bo‘linadi. Bu esa keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi. Dastur yozilish davrida hatolarni topishni yengillashtiradi.
Funksiya nomi funksiya bajaradigan vazifadan kelib chiqqan holda qo‘yilishi maqsadga muvofiq, chunki dastur tuzuvchi mutaxassislar uchun umumiy holda tushunish oson bo‘lishi kerak. Masalan, ketma-ketliklarni yig‘indisini hisoblash funksiyasiga sum(), to‘rtinchi darajali ildizni hisoblash uchun sqrt4(), sonning ekubini hisoblash uchun ekub(), sonning ekukini hisoblash uchun ekuk() va faktorialni hisoblash uchun fakt() deb nomlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Funksiya tarkibiga kiritilishi kerak bo‘lagan o‘zgaruvchi argumentlar, albatta, qavs ichida vergul bilan ajratilib yozilishi kerak. Funksiya tanasini tasvirlash jarayoni ikki qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni funksiya sarlavhasi va funksiya tanasidan iborat bo‘ladi. Funksiya tanasini tasvirlash jarayonida funksiya sarlavhasidan keyin nuqtali vergul qo‘yilmaydi va def xizmatchi so‘z orqali boshlanib, natija return xizmatchi so‘zidan keyin probel bilan yoziladi.
Funksiya tanasini dastur tarkibiga yozishda funksiyaga murojaat qilishdan bir qadam oldin ixtiyoriy joyda yozish mumkin, murojaatdan keyin yozilsa dastur xatolik qaytaradi. Funksiya tanasi tarkibi yozilishida xuddi boshqa dastur tuzilishi kabi unda ishlatiladigan o‘zgaruvchilar e’lon qilinadi, buyruqlar nuqtali vergul yordamida ajratilish shart emas. Funksiyalarni python dasturlash tilida yozilish jarayonining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

Download 24.9 Kb.
  1   2




Download 24.9 Kb.